1-§. Amaliy geometriya fanining maqsadi va vazifalari Magistrlar uchun o’qitiladigan amaliy geometriya fani umum


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana14.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1198757
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mashg\'ulot

Geometrik fazo. Geometriyada bir jinsli (bir xil) ob’ektlarning to’plami 
geometrik fazo deb yuritiladi. 
Geometrik fazoni nuqtalar, chiziqlar yoki sirtlar to’plamlaridan tuzilgan deb 
qarash mumkin. Ma’lumki, chiziqlar va sirtlar nuqtalardan tashkil topadi. Nuqta esa 
birinchi va boshlang’ich geometrik tushunchadir. Demak, geometrik fazoni shakl 
deb qarash mumkin. 
Real ob’ektlarni o’rganish xossalariga qarab geometrik fazolar ham turlicha 
bo’ladi. Masalan, real ob’ektni Yevklid aksiomalari sistemasi bo’yicha o’rganilsa, 
Yevklid fazosi hosil bo’ladi. Yevklid fazosi uch o’lchamli (R
3
) fazodir. Tekislik 
Yevklid fazosida ikki o’lchamli (R
2
) bo’ladi. Biz o’rganayotgan geometriya Yevklid 
geometriyasi deb yuritiladi. Yevklid fazosining kengaytirilgan modelini birinchi 
bo’lib ulug’ rus geometri N.I.Lobachevskiy (1792-1856) yaratdi. Bu model 
Lobachevskiy geometriyasi deb yuritiladi va bu geometriyaning o’ziga xos 
aksiomalar sistemasi mavjud. 

4-§ Oddiy geometrik shakllarning holat parametrlari. 
Ma’lumki, fazo cheksiz ko’p geometrik shakllar to’plamidan tuzilgan. Bu 
shakllar to’plamidan aniq biror shaklni ajratib olish uchun yordamchi qo’shimcha 
shartlar kiritishga to’g’ri keladi. Bunday qo’shimcha shartlardan biri geometrik 
shaklning holatini (vaziyatini) va shaklini (ko’rinishini) aniqlovchi parametrlarini 
hisoblash zarur bo’ladi.
Biror shaklning tekislikdagi yoki fazodagi holatini aniqlashga uning holat 
parametri deb nomlaymiz va uni P

deb belgilaymiz.
Biror shaklning tekislik yoki fazodagi shaklini aniqlovchi parametrga uning 
shakl parametri deb nomlaymiz va uni P
sh 
deb belgilaymiz. shakllarning holat va 
shakl parametrlar to’plamini P deb belgilaymiz va u P=P
h
+P
sh 
bo’ladi. 
1.1. 
Nuqtaning to’g’ri chiziqdagi holat parametrlarini aniqlash (3-rasm). 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling