1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
-rasm. Sanoat uchun maqsadli va qoʻshimcha va yoʻldosh mahsulotlar
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
1.5-rasm. Sanoat uchun maqsadli va qoʻshimcha va yoʻldosh mahsulotlar
Ikkilamchi material resurslari xalq xoʻjaligiga kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarishda qisman yoki toʻla birlamchi xomashyolarga almashtirilmoqda. Kimyo sanoati, shunday qilib, nafaqat tabiiy resurslarning isteʻmolchisi, balki tabiiy xomashyolarlarni tejaydigan tarmoq sifatida ham oʻz oʻrniga egadir. Xomashyo resurslaridan kompleks va samarali foydalanish. Zamonaviy sanoatga yirik, toʻxtovsiz oʻsib boruvchi miqdordagi tabiiy mineral xomashyo talab etiladi. Xomashyodan kompleks foydalanish muammosi xalq xoʻjaligining muhim masalalaridan biri boʻlib, hozirgi zamon kimyosi va kimyoviy texnologiyasi bu masalani toʻgʻri hal qilishi uchun keng imkoniyatlarga egadir. Toʻgʻri tashkil etilgan texnologik jarayonlarda havoga yoki suvga chiqarib yuboriladigan biror gaz, suyuqlik yoki qattiq holatdagi chiqindi boʻlishi kerak emas. Bunday chiqindilar qancha kam boʻlsa, asosiy mahsulotning tannarxi shuncha arzon boʻladi va ishlab chiqarish hududining eqologik holati belgilangan meʻyor darajasida saqlab turiladi. Hozirgi vaqtda 20% dan ziyodroq kimyoviy birikmalar neftni qayta ishlash, yogʻochni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlash hamda rangli va qora metallurgiya sanoati korxonalarida xomashyodan kompleks foydalanish natijasida ishlab chiqarilmoqda. Masalan, tabiiy gaz termooksidlanganda asosiy mahsulot atsetilen bilan bir qatorda vodorod bilan is gazi aralashmasi (sintez gazi) hosil boʻladi va bu aralashma tozalanib metil va boshqa spirtlar olishda ishlatiladi. Neftni qayta ishlash vaqtida ajralib chiqadigan uglevodorod gazlari spirt, kauchuk, polietilen, polipropilen va shunga oʻxshash mahsulotlar olishda ishlatiladi. Domna jarayoni natijasida hosil boʻladigan azot va is gazi mineral oʻgʻitlar olishda ishlatiladi, yoki rangli metallurgiyaning gaz holatidagi chiqindilari eng arzon sulfat kislota ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Xomashyodan kompleks foydalanishning yana asosiy yoʻllaridan biri murakkab tarkibli xomashyoni ketma-ket qayta ishlash orqali qimmatli mahsulotlarga aylantirishdir. Sulfidli polimetall rudalarni kompleks qayta ishlash yoʻli bilan rangli metallar, oltingugurt, sulfat kislota hamda choʻyan olishda ishlatiladigan temir oksidlari olinadi. Neft va gazni dastlabki tozalash orqali oltingugurtni ajratib olinishi, birinchidan xomashyodan kompleks foydalanish imkoniyatini yaratadi, ikkinchidan esa, neft va gazdan olinadigan mahsulotlarning sifat tarkibini yaxshilaydi. Yoqilgʻini (koʻmir, torf, neft) yuqori haroratda qayta ishlab turli xil qimmatli mahsulotlar olish murakkab tarkibli organik xomashyodan kompleks foyldalanishga yaqqol misol boʻladi. Masalan, koʻmir kokslanganda metallurgiya uchun ishlatiladigan koksdan tashqari smola, koks gazi hosil boʻladi, boʻlardan esa qimmatli koʻpgina birikmalar – aromatik uglevodorodlar, fenollar, ammiak, etilen, vodorod va boshqalar olinadi. Keltirilgan misollar kimyo sanoatining xomashyosidan kompleks foydalanish xalq xoʻjaligining toʻgʻridan–toʻrgʻri iqtisodiy va eqologik samaradorligini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan rivojlanuvchi yoʻnalish ekanligini koʻrsatib turadi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling