1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

Mexanikaviy texnologiya xomashyolarni qayta ishlash vaqtida materiallarda 
sodir boʻladigan tashqi shakl va oʻlchamlar oʻzgarishlari hamda baʻzi vaqtda 
fizikaviy xossalarning oʻzgarishi bilan boradigan jarayon va usullarni oʻrganadi. 
Masalan, metall plastinkadan tishli gʻildirak ishlash yoki paxta tolasidan gazlama 
ishlab chiqarish shular jumlasidandir. Bunday ishlab chiqarishlarda asosan 
fizikaviy oʻzgarishlargina sodir boʻladi.
 Kimyoviy texnologiya boshlangʻich moddalarning kimyoviy tarkibi va 
ichki tuzilishi oʻzgarishi bilan boradigan jarayonlarni oʻrganadi.
Kimyoviy 
texnologiya – tabiiy materiallar yoki sanoat (maishiy) chiqindilarini xalq isteʻmoli 
tovarlari va ishlab chiqarish vositalariga kimyoviy usulda qayta ishlashning eng 
iqtisodiy va ekologik toza usullari haqidagi fan. 
Zamonaviy kimyo texnologiyasi tabiiy va texnika fanlari yutuqlaridan 
foydalangan holda fizik – kimyoviy jarayonlar, mashinalar va qurilmalar 
majmuasini, bu jarayonlarni amalga oshirishning optimal usullarini va turli xil 
moddalar, mahsulotlar, materiallar, mahsulotlarni sanoat ishlab chiqarishida 
boshqarishni oʻrganadi va ishlab chiqadi.
Taniqli 
fizik 
va 
kimyogar, 
akademik 
D.P.Konovalov 
kimyoviy 
texnologiyaning asosiy vazifalaridan biri, uning predmetini toza kimyodan ajratib, 
“jarayonlarning eng foydali yoʻnalishini belgilash va unga mos keladigan ishlab 
chiqarish qurilmalari va yordamchi mexanik qurilmalarini loyihalash” lozim deb 
hisoblaydi. 
Demak, kimyo texnologiyasini iqtisod, fizika, matematika, kibernetika, 
amaliy mexanika va boshqa texnik fanlar bilan yaqin aloqalarsiz tasavvur qilib 
boʻlmaydi.
Bunda moddalarning ichki tuzilishida va xossalarida chuqur oʻzgarishlar 
sodir boʻladi. Masalan, tabiiy gaz, neft, koʻmirni qayta ishlash natijasida tuzilishi 
va xossalari jihatidan boshlangʻich moddalardan tubdan farq qiladigan mineral 
oʻgʻitlar, plastlar, kimyoviy tolalar va boshqa turdagi mahsulotlar olinadi. 
Shu bilan bir qatorda mexanikaviy va kimyoviy texnologiyalar orasiga 
maʻjum bir chegara qoʻyib boʻlmaydi, yaʻni moddaning tashqi koʻrinishi va 
shaklining oʻzgarishi maʻlum bir kimyoviy jarayonlar orqali sodir boʻlishi 
mumkin, oʻz navbatida kimyoviy oʻzgarishlar mexanik jarayonlar bilan borishi 
mumkin. 
Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini 
tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va 
uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash 
Kimyoviy texnologiya ning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya 
jarayonining asosiy elementlari-xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. 
Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat 
va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi.
Zamonaviy kimyo sanoati rivojlanishining asosiy tendentsiyalari birinchi navbatda 
insoniyatning global muammolarini hal qilish bilan bogʻliq: yerning oziq – ovqat 
resurslari; sanoat uchun foydali qazilmalar; energiya manbalari; biosferaning 
ifloslanishining oldini olish. 


Kimyo texnologiyasida kimyo sanoati rivojlanib borar ekan, mustaqil ilmiy 
fanlar paydo boʻldi, masalan, kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari, 
umumiy 
kimyoviy 
texnologiya, 
kimyoviy 
texnologik 
jarayonlarni 
avtomatlashtirish va modellashtirish va boshqalar. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish usullari va jarayonlarining umumiy, muhim 
asoslari va qonuniyatlarini oʻrganadigan umumiy kimyoviy texnologiya ham 
mavjud.
Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xom ashyo va yarim 
mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini maʼlum ishlab chiqarish 
vositalari yordamida oʻzgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi. 
Kimyoviy texnologiya anorganiq moddalar texnologiyasi (kislota, ishqor, 
soda, tuz, mineral oʻgʻitlar va boshqa sanoati) va organiq moddalar texnologiyasi 
(sintetik kauchuk, plastmassa, kimyoviy tolalar, boʻyagich moddalar, spirt, organiq 
kislotalar va boshqa sanoati)ga boʻlinadi. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling