1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

Kimyoviy texnologiya fani. Kimyoviy texnologiya barcha kimyoviy 
jarayonlarni oʻrganadi. Kimyoviy reaktsiyalar ishlab chiqarish jarayonining asosini 
tashkil etsa, u holda bunday ishlab chiqarish kimyoviy ishlab chiqarishga kiritiladi. 
Masalan, sulfat kislota ishlab chiqarish, sintetik kauchuklar ishlab chiqarish va 
hokazo. 
Ip va jun gazlamalar ishlab chiqarishda ham kimyoviy oʻzgarishlar 
(oqartirish, boʻyash va hokazo) sodir boʻladi, lekin bu mahsulotlarni sunʻiy va 
sintetik tolalar kabi kimyoviy mahsulotlar qatoriga kiritib boʻlmaydi. 
Kimyoviy texnologiya fanining vazifasi ishlab chiqarishni u yoki bu sanoat 
tarmogʻiga kirishidan qatʻiy nazar sodir boʻlayotgan barcha kimyoviy jarayonlarni 
oʻrganishdan iborat. Masalan, tabiiy tolani boʻyash jarayoni ham, teridan charm 
mahsulotlari olinishi, neft va gazni qayta ishlab undan yonilgʻi va kimyoviy 
mahsulotlar olish kimyoviy texnologiyaga taalluqlidir. Lekin koʻpincha, kimyoviy 
texnologiya fani deyilganda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yaʻni kimyo 
sanoatining mahsulotlarini oʻrganadigan fan deb tushuniladi. 
Kimyoviy texnologiya kimyoviy jarayonlar, kimyoviy apparatlar hamda 
barcha jarayonlarning uzviy bogʻliqligini oʻrganadi va kimyoviy texnologiya 
sistemasi deb ham yuritiladi. 
Kimyoviy texnologiyani rivojlantirishdagi asosiy yunalishlar. Kimyo 
texnologiyasi rivojlanishining oʻziga xosligini va bir – biriga uzviy bogʻliqligini
quyidagi asosiy yunalishlar asosida koʻrsatish mumkin:

asbob – uskunalar ishining unumdorligini jadalligini oshirish; 

davriy jarayonlarni, uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish; 

qoʻl–mehnati koʻp talab etiladigan ishlarni mexanizatsiyalash; 

jarayonlarni avtomatlashtirish va maʻlum masofadan turib boshqarish; 

toza va kontsentrlangan sifatli mahsulot ishlab chiqarish; 

energiyani kam sarf etish; 

texnologik jarayonda bosqichlarni kamaytirish

chiqindisiz texnologiya yaratish va atrof – muhitni muhofaza qilish; 

biokimyoviy texnologiya.



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling