1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Kimyoviy texnologiyaning asosiy qonuniyatlari


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

Kimyoviy texnologiyaning asosiy qonuniyatlari. Kimyoviy texnologiyada 
texnologik jarayon kimyoviy va fizikaviy hodisalarni oʻrganadi. 
Kimyoviy texnologik jarayon qoʻyidagi bosqichlardan iborat: 
1. Reaktsiyaga kiruvchi moddalarni reaktsiya muhitiga kiritish. 
2. Kimyoviy reaktsiyaning borishi. 
3. Hosil boʻlgan mahsulotni reaktsiya muhitidan chiqarish. 
Reaktsiya kiruvchi moddalarni reaktsiya muhitiga kiritgandan keyin 
komponentlar diffuziya yoki konvektsiya yoʻli bilan aralashadi. 
Diffuziya yoki konvektsiyani tezlashtirish uchun komponentlarni majburiy 
aralashtirish mumkin. Aralashtirishni asta–sekin laminar oqimda yoki tez 
aralashtirish yoʻli bilan turbulent oqimda bajarish mumkin. Reaktsiya natijasida 
asosiy mahsulot hosil boʻladi va undan tashqari qoʻshimcha mahsulot ham hosil 
boʻlishi mumkin. Reaktsiya ketma – ket va paralel holatda, yaʻni bir vaqtda bunday 
jaryonlar natijasida asosiy va qoʻshimcha moddalar hosil boʻladi. Kimyoviy 
reaktsiyaning yakuniy maqsadi asosiy mahsulot ishlab chiqarishdir. Hosil boʻlgan 
mahsulotni reaktsiya muhitidan chiqarish esa turli xil usullar bilan amalga 
oshiriladi. 
Kimyoviy reaktsiyalarning tezligi, asosan, moddalarni reaktsiya muhitiga 
kiritish va hosil boʻlgan mahsulotni reaktsiya muhitidan chiqarishni sozlash (yoki 
tartibga solish) bilan oʻzgartiriladi. 
Issiqlik (harorat) va bosimni oshirish, aralashtirishni kuchaytirish hamda 
kontsentratsiyani oshirish usullari bilan diffuziya tezligini oshirish mumkin. Baʻzi 
holatlarda diffuziya tezligini oshirishda koʻp fazali muhitni bir fazali muhitga 
aylantirish yoʻlida foydalanilishi mumkin. 
Kimyoviy texnologiya asosiy qonuniyatlarini bilish uchun va ishlatish uchun 
asosiy omillardan biri texnologik jarayonning borish sharoitlarini va usullarini 
bilishdir. 
Kimyoviy texnologiya, dastlab, kimyoviy reaktsiyalarning ishlab chiqarishda 
eng yuqori iqtisodiy tejamlilik bilan boradigan shart-sharoitlarini oʻrganadi. 
Bunday shart – sharoit ishlab chiqarishda optimal sharoit deb ataladi. Optimal 
sharoitlar mehnat unumdorligini oshiradi hamda mahsulotni tannarxini bir oz 
pasaytiradi. 
Kimyoviy texnologiya qonuniyatlari reaktsiyaga kirishayotgan birikmalar 
kontsentratsiyasini, haroratini, bosimini, reaktsiya vaqtini va shunga oʻxshash 
optimal sharoitlarni koʻrsatadi. 
Bu optimal sharoitni topish uchun hozirgi zamonda elektron hisoblash 
mashinalaridan foydalanadi. Bu koʻrsatgichlarga koʻra tanlangan sharoitda 
reaktsiya olib borish uchun zarur apparatlar va jihozlar ixtiro etiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini olib borishda tanlab olingan sharoit va apparat 
konstruktsiyasi hamda texnologik sxemaning toʻgʻriligi haqida xomashyolardan 
foydalanish darajasi (yoki tayyor mahsulot miqdori) energiyaning solishtirma 
sarflanishi, yordamchi materiallar sarfi, apparatlarning unumdorligi kabi qator 
koʻrsatgichlar orqali fikr yuritiladi. Lekin optimal sharoitlarni tanlashda 
mahsulotning sifatiga hamda uning miqdoriga alohida eʻtibor berish zarur. 


Mehnat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish har qanday sharoitda ham 
birinchi masala hisoblanadi. Bundan tashqari, kimyoviy ishlab chiqarish atrof–
muhitga ziyon etkazmasligi zarur, yaʻni suv, havo va er zararli kimyoviy vositalar 
bilan ifloslanmasligi kerak. 
Kimyoviy texnologiya kimyo, kimyoviy termodinamika va kinetika 
qonuniyatlaridan hamda ishlab chiqarish tajribalaridan foydalangan holda 
kimyoviy reaktsiyalarni boshqarishni hamda reaktsiya uchun kerakli apparatlarni 
loyihalashning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi. 
Umumiy qonuniyatlarning ochilishi kimyoviy texnologiyaning muhim echimi 
hisoblanadi, chunki ular kimyoviy texnologiya fanining asosini tashkil etadi. 
Keyingi oʻn yillar mobaynida kimyoviy texnologiyani hamda alohida 
kimyoviy reaktsiya turlarini boshqarishning koʻpgina umumiy qonuniyatlari 
ochilib, ular yangi kimyoviy ishlab chiqarishlarning yuzaga kelishi va 
mavjudlarining takomillashuvini birmuncha tezlatmoqda. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling