1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
Oʻsimlik va hayvonot xomashyolari
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-rasm. Oʻsimlik xom ashyolari
Oʻsimlik va hayvonot xomashyolari. Oʻsimlik va hayvonot xomashyolariga
yogʻoch, zigʻir, kanop, yogʻlar, oʻsimlik moylari, hayvon terilari va shunga oʻxshashlar kiradi. Bular xalq xoʻjaligida ishlatilishiga koʻra ozuqali va texnikaviy xomashyolarga boʻlinadi. Ozuqali xomashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar – oʻrmonchilik, baliqchilik va qishloq xoʻjalik mahsulotlari (kartoshka, qand, lavlagi, sut, donlar, oʻsimlik, baliq va hayvon yogʻlari va hokazolar) kiradi. Oʻsimlik va hayvonotlarning texnikaviy xomashyolariga xalq xoʻjaligining yuqorida koʻrsatilgan tarmoqlarining oziq uchun yaramaydigan mahsulotlari kiradi. Bunday mahsulotlarni mexanikaviy va kimyoviy qayta ishlab, turmushda va sanoatda ishlatiladigan xomashyolar–paxta, yogʻoch, yogʻoch smolalari, poxol, zigʻir, kanop, hayvonlaro terisi va juni, baʻzi bir oʻsimlik va hayvon yogʻlari, hayvon suyaklari va hokazolar olinadi. Oʻsimlik va hayvonot xomashyolarini «ozuqali» va «texnikaviy» turlarga ajratish birinchi xilidan oziq – ovqatlar va ikkinchisidan faqat texnika mahsulotlari olinadi, degan gap emas. Sanoatda birinchi xil xomashyolar texnikaviy mahsulotlar va aksincha, ikkinchi xil xomashyolardan ozuqali xomashyolar olish keng miqyosda uchrab turadi. Lekin hozirgi paytda, iloji boricha, birinchi xil xomashyolarni texnika maqsadlari uchun ishlatmaslikka harakat qilinadi va bu masala kimyo sanoatini rivojlanishidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. Paxta, kanop va shu kabi oʻsimlik tolalari toʻqimachilik sanoatida ishlatiladi. Oʻsimlik xomashyolaridan kraxmal, alkaloidlar, dorivor moddalar, antibiotiklar, vitaminlar, boʻyoqlar olinadi. 1.1-rasm. Oʻsimlik xom ashyolari Hayvonot xomashyosi hisoblangan jun va moʻyna engil sanoatda, hayvon suyaklari elimlar, suyak uni olishda; goʻsht sanoati chiqindilari albuminlar, zardoblar olishda; hayvon yogʻlari turli xil moylar, glitserinlar olishda keng qoʻllaniladi. Qishloq xoʻjalik chiqindilaridan ham kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Har yili qayta tiklanadigan bu xomashyolar – makkajoʻxori poyasi, paxta sheluxasi, paxta momigʻi, kungaboqar, arpa va suli kepagi yaratiladi(1.1-rasm). Bunday xomashyo turlarini kimyoviy qayta ishlab turli mahsulotlar olish mumkin, ularning manbalari koʻpligi, amaliy jihatdan bitmas–tuganmas zahiraga egaligi ular asosida koʻpgina yangi kimyoviy korxonalar tashkil etishga imkon beradi(1.2-rasm). Hozirgi zamonning asosiy maqsadi texnika masalalari uchun ishlatiladigan ozuqali xomashyolar miqdorini keskin kamaytirish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy texnologiya yutuqlari muhim texnika xoʻjalik mahsulotlarini oziqsiz xomashyolardan olishga imkon beradi. Bunday xomashyolar sifatida toshkoʻmir, torf, slanets, neft, tabiiy gazlar, yogʻoch, oʻsimlik va qishloq xoʻjalik mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda. Masalan, sovun, yuvuvchi mahsulotlar, toʻqimachilik sanoati korxonalarida, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda, charm sanoatida, korroziyaga qarshi kurashishda, metallarni silliqlashda, metallarni qirqishda sovitgichlar sifatida har yili bir necha yuz ming tonnalab qimmatbaho ozuqali moylar ishlatiladi. Sanoatning 150 dan ortiq tarmogʻida keng miqyosda ishlatiladigan etil spirt ishlab chiqarish uchun ham juda koʻp yuqori sifatli don va kartoshkalar ishlatiladi. Xuddi shu singari sanoatda un, kraxmal sut kabi mahsulotlar texnika maqsadlari uchun ishlatiladi. Masalan, yogʻsizlangan sut tarkibida 3 – 4 % kazein bor. Bundan sanoat miqyosida kazein elim(kley)i olinadi, vaholanki bundan yaxshi pishloq olish mumkin. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling