1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

1.1 - jadval 
Kimyo sanoatining ayrim tarmoqlari geografiyasi 
 
Sulfat kislota 
ishlab 
chiqarish 
Mineral 
oʻgʻitlar ishlab 
chiqarish 
Plastmassa 
ishlab 
chiqarish 
Kimyoviy 
tolalarni ishlab 
chiqarish 
Sintetik 
kauchuk ishlab 
chiqarish 
AQSh 
Xitoy 
AQSh 
Xitoy 
AQSh 
Xitoy 
AQSh 
Yaponiya 
AQSh 
Yaponiya 
Rossiya 
Kanada 
Germaniya 
Tayvan 
Fransiya 
Yaponiya 
Hindiston 
Fransiya 
Koreya 
Germaniya 
Ukraina 
Belorusiya
Koreya 
Yaponiya 
Braziliya 
Frantsiya 
Ukraina 
Xitoy 
Germaniya 
Italiya 
Germaniya 
Frantsiya 
Niderlandiya 
Indoneziya 
Xitoy 
Kanada 
Germaniya 
Italiya 
Italiya 
Gollandiya 
Ispaniya 
Indoneziya 
Rossiya 
Tailand 
Kanada 
Braziliya 
Oltingugurt ishlab chiqaradigan davlatlar – AQSh, Kanada, Meksika, 
Germaniya, Frantsiya, Polsha, Ukraina, Rossiya, Turkmaniston, Yaponiya va 
boshqalar. Sulfat kislotaning yirik ishlab chiqaruvchilari AQSh, Xitoy, Yaponiya 
va Rossiya (ular dunyo ishlab chiqarishining yarmidan koʻprogʻini tashkil qiladi). 
Mehnat unumdorligi boʻyicha kimyo sanoati farmatsevtika sanoatidan keyin 
ikkinchi oʻrinda turadi. Shu bilan birga, u avtomobilsozlik va kompyuterlarni 
ishlab chiqarishdan 1,4 marta, umumiy mashinasozlikdan – 1,7 marta, ishlab 


chiqarish sanoatidan – 1,9 marta va oziq-ovqat sanoatidan – 3,3 marta oldinda 
turadi. 
3-§. Oʻzbekistoda kimyo sanoatining rivojlanishi 
 
Kimyo sanoati Oʻzbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi 
va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni jadallashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib 
mineral oʻgʻitlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan. 
Resʻublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shoʻrsuv oltin gugurt koni 
1932 yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi. 
1940 yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – Chirchiq elektrkimyo 
kombinati (bugungi kunda «Maksam – Chirchiq» AJ) mahsulot bera boshladi. 
1962 yilda Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi(bugungi kunda «Fargʻonaazot» 
AJ) ishga tushirildi. 
1964 iylda Navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» AJ) 
mahsulot bera boshladi. 
1969 yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos – Maksam» 
AJ) ishga tushirildi. 
Hozirgi vaqtda «Maksam – Chirchiq», «Navoiyazot» va «Fargʻonaazot» 
aktsiyadorlik jamiyatlari azotli oʻgʻitlar – ammiakli selitra, karbamid, ammoniy 
sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos – Maksam», «Samarqankimyo» va «Qoʻqon 
suʻerfosfat zavodi» ochiq aktsiyadorlik jamiyatlar fosforli oʻgʻitlar – ammofos, 
suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va nitrokaltsiyfosfat – 
ishlab chiqaradilar. Ularni xom ashyo bilan Qizilqum fosforit kombinati 
tahminlaydi. «Elektroximzavod» QK – AJ oʻsimliklarni muhofaza qilish kimyo 
vositalarni ishlab chiqaradi. 
«Oʻzkimiyosanoat» AJ korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar 
turlaridan kelib chiqib quyidagi ishlab chiqarish majmualarga boʻlish mumkin: 

mineral oʻgʻitlar, noorganik moddalar va energetika, oltinkon va kimyo 
sanoatlari uchun kimyo reagentlar ishlab chiqarish majmuasi; 

organik kimyo, sunhiy tola va ʻolimer materiallar ishlab chiqarish majmuasi; 

oʻsimliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish majmuasi; 

kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi. 
“Oʻzkimiyosanoat” AJ korxonalari 170 – dan ortiq kimyo mahsulotlar turlari 
ishlab chiqariladi. 
“Oʻzkimyosanoat” AJning hozirgi investitsiya faoliyati Oʻzbekistonda ishlab 
chiqarish foydali boʻlgan, eng koʻp talab qilinadigan mahsulotlarni koʻpaytirishga 
qaratilgan: 
zamonaviy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va xorijiy va 
mahalliy sarmoyalarni jalb qilgan holda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini 
modernizatsiya qilish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini amalga oshirish; 
Oʻzbekistondagi kimyoviy korxonalarni xususiylashtirish va davlat 
tasarrufidan chiqarish jarayonlariga xorijiy investorlarni jalb qilish. 
Kompaniyaning 
investitsion faoliyatining koʻrsatilgan yoʻnalishlari 
Oʻzbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirish, uning ishlab chiqarish salohiyatini 


oshirish va bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining ishlashini taʻminlashda muhim 
boʻgʻin hisoblanadi. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo 
va Fargʻona viloyatlarida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab 
chiqarish va kimyoviy sanoatda murakkab texnologik jarayonlarni amalga oshirish 
uchun yirik loyihalarni amalga oshirish uchun qulay ishlab chiqarish 
infratuzilmasi, aloqa va logistika mavjud. 
Oʻzbekiston kimyo sanoati xalq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi boʻlib, 
respublikamiz qishloq xoʻjaligini azot va fosforli mineral oʻgʻitlar bilan 
taʻminlaydi, turli xil kimyoviy tolalar, paxta tsellyulozasi, poliester qatronlar, 
boʻyoqlar va laklar, kaustik soda, defoliantlar, yemiriladigan alkogol, yuvish 
vositalari va boshqa kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqaradi. 
Respublikada sanoatning rivojlanishi va kengayishi uchun barcha zarur 
sharoitlar mavjud, chunki Oʻzbekistonda kimyo sanoatida ishlatiladigan katta 
miqdordagi xom ashyo – tabiiy gaz, gaz kondensati, neft, oltingugurt, fosforitlar va 
boshqalar mavjud. 
Kimyo sanoati ogʻir sanoatning asosiy tarmogʻi boʻlib, xalq xoʻjaligida 
ahamiyati kattadir. Oʻzbеkiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan boʻlib, 
hozirgi zamonga mos kimyo mahsulotlarini ishlab chiqariladi, plastmassalar, 
sunʻiy tola va sintеtik kauchuk, lak – buyoqlar, kislota va ishqorlar, dori –
darmonlar, shuningdеk koʻplab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hozirgi 
vaqtda kimyo sanoati mahsulotlariga boʻlgan talab kundan kunga ortmoqda, 
shuning uchun Rеspublikada bu sanoat tarmogʻini rivojantirishga juda katta eʻtibor 
bеrilmoqda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun Oʻzbеkistonda ham Osiyo 
mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniqsa gaz, nеft, gaz kondеnsatlari, 
elеktr quvvati, koʻmir, sanoati va qishloq xoʻjaligi chiqindilari, minеral xom 
ashyolar hamda mеhnat rеsurslari juda koʻpdir. 
Oʻzbеkistonda bundan tashqari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, ohak, gips, 
oltingugurt konlari, rangdor mеtallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va 
boshqa xom ashyolarga boydir. Shuning uchun hozirgi zamon kimyo sanoati 
Oʻzbеkistonda rivojlanishi qulay va zururdir. 
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish 
uchun zarur boʻlgan xomashyo bazasi va shart – sharoitlar hammasi yetarli 
darajada mavjud boʻlgan boʻlsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo 
boʻldi. 
Oʻzbekistonda eng keksa kimyoviy ishlab chiqarish korxonasi (kichik –kichik 
sopol buyumlari ishlab chiqarishni hisobga olmaganda) 1906-yil Fargʻonada 
qurilgan Neftni qayta ishlash zavoddir. Ikkinchi shunday zavod Fargʻonada 
(Melnikov nomli) 1915-yilda qurildi. Ularda asosan kerosin olinar edi va yoritish 
maqsadida ishlatilgan (chiroqlarda yoqilgan). Keyinchalik Toshkentda lak – 
boʻyoq va soda zavodlari (1920 yil), Bekobod sement va ohak zavodlari (1926 yil) 
qurilib ishga tushirilgan. Oʻzbekiston sobiq ittifoq tarkibida eng yirik paxta 
yetkazib beruvchi xoʻjalik boʻlgani uchun, unda kimyo sanoatining vujudga kelishi 
asosan paxtachilik uchun zarur boʻlgan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish 
korxonalarining qurilishidan boshlandi. 1940-yilda Respublikamiz kimyo 


sanoatining gigant Chirchiq elektrokimyo kombinati qurilib ishga tushirildi. 
Kombinat oʻsha yilning oʻzidayoq qishloq xoʻjaligimiz uchun 1 ming 600 tonna 
mineral oʻgʻit ishlab chiqarildi. 1942-yilda Qoʻqon superfosfat zavodi, 1964-yilda 
Navoiy kimyo kombinati, 1969-yilda Olmaliq ammofos zavodlari, 2001-yilda 
Qizilqum fosforit zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985-yilga kelib Respublikamizda 
toʻyimli moddalarni 100% ga aylantirib hisoblaganda 1 mln. 592 ming tonna 
mineral oʻgʻit ishlab chiqarildi va oʻgʻit ishlab chiqarish boʻyicha Bolgariya, 
Vengriya, Polsha, Yugoslaviya, Chexoslovakiyadan ham oʻzib ketdi. Hozirgi 
paytda Oʻzbekiston Yaponiya bilan taxminan teng miqdorda oʻgʻit ishlab 
chiqarmoqda. 
Respublikamizda qurilish materiallarining asosi boʻlgan sement ishlab 
chiqarishning toʻngʻich korxonasi Bekobod sement zavodidir (1926-yil), keyingi 
yillarda Quvasoy (1932-yil) va Angren (1949-yil) sement zavodlari, 1968-yilda 
Ohangaron, 1978-yilda Navoiy sement zavodlari qurilib ishga tushirildi. Natijada 
Respublikamizning sementga boʻlgan ehtiyoji toʻla qondirildi. Bu esa 
Oʻzbekistonda qurilish ishlarining rivojlanishiga katta ijobiy taʻsir koʻrsatdi. 
Ikkinchi jahon urishidan keyingi tinch qurilish yillarida, chinni sanoati barpo etildi. 
Eng avval Toshkent chinni zavodi (1954-yil), keyinchalik Samarqand chinni 
zavodi (1975-yil), Angren chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish kombinati 
(1976-yil), Quvasoy chinni va shisha buyumlari zavodlari (1979-yil), Olmaliq 
(1980-yil) sulfat kislota ishlab chiqarish zavodlari, koʻpgina boshqa anorganik 
moddalar ishlab chiqarish korxonalari: Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati, 
Angren kimyometallurgiya zavodi, Qoʻytosh ruda kombinati, Muruntov togʻ 
metallurgiya kompleksi, Zarafshon gidrometallurgiya zavodi va boshqalar qurilib 
ishga tushirildi. 
Oʻzbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda 
juda tez surʻatlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, 
koʻmir, neft, gaz, yogʻoch chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va 
koʻmir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo 
sanoatining paydo boʻlishi va rivojlanishiga sabab boʻldi. 
Oʻzbekistonda 1976 – yilda 361 mlrd. m
3
gaz ishlab chiqarildi va bu sohada 
shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham oʻzib ketdi. 
Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1964 – yilda 
qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy 
gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 
respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez 
mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, 
metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. 
Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda boʻyalgan nitron 
ishlab chiqarila boshlandi. 
1969-yilda Fargʻona sunʻiy tola – atsetat ipagi ishlab chiqarish zavodi ishga 
tushirildi. Bu zavod yiliga 70 – 80 ming tonna atsetat ipagi ishlab chiqaradi. 1982 – 
yilda Chirchiq elektrokimyo kombinatida kaprolaktram ishlab chiqaruvchi yirik 
sex ishga tushirildi. Shuningdek, 1979 – 81 – yillarda ishga tushgan Olmaliq 
kimyo zavodida endilikda sintetik kir yuvish vositalari, shampunlar, mashina 


matolari, naftalin, loklar, boʻyoqlar, bolalar oʻyinchoqlari va boshqa oʻnlab 
mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 
Namangan kimyo zavodida polietilen plyonkalari, Jizzax va Ohangaron 
plastmassa quvurlari ishlab chiqarilmoqda. Shoʻrtan gaz kompleksi 2002-yilda 
qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna 
oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Bulardan 
tashqari respublikamizda Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi (1942-y), 
Yangiyoʻl biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi (1953-y), Toshkent va 
Fargʻonada polivinilxlor asosida sunʻiy charm zavodi, Toshkent va Guliston 
margarin zavodlari, Toshkent farmatsevtika, Fargʻona sunʻiy qorakoʻl zavodlari va 
boshqa oʻnlab qorxonalar organik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. 
Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati 
korxonalari, 3 ta qora metallurgiya sanoati korxonasi, 9 ta chinni va shisha 
buyumlari sanoati korxonalari, 13 ta yoqilgʻi sanoati korxonalari ishlab turibdi. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling