1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Kirish doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNOLOGIYA
1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha Texnologiya haqida umumiy tushunchalar. Kimyoviy texnologik jarayonlarni oʻrganishda texnologiya turlari, texnologiyaning rivojlanishidagi asosiy yoʻnalishlar, ularning asosiy qonuniyatlari belgilovchi omillar boʻlib xizmat qiladi. Texnologiyani oʻrganishdagi belgilovchi tushunchalar quyidagilardan iborat: 1. Texnologiya, mexanikaviy va kimyoviy texnologiya 2. Kimyoviy texnologiya fani 3. Kimyoviy texnologiyani rivojlanishidagi asosiy yoʻnalishlar 4. Kimyoviy texnologiya asosiy qonuniyatlari. Xomashyodan tayyor mahsulot hosil qilinishiga qadar boradigan jarayonlar texnologiya hisoblanadi. TEXNOLOGIYA – maʻlum bir ishlab chiqarish jarayonlari yigʻindisidan iborat. Bu jarayonlarni oʻrganuvchi fan esa texnologiya fani hisoblanadi. Ishlab chiqarish turlarining nihoyatda koʻp boʻlishligi texnologiya turlarining ham turli – tuman boʻlishini taqozo etadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ularning turlari va sifat koʻrsatkichlariga bogʻliq ravishda texnologiya quyidagicha sinflanadi: texnologiya mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlariga koʻra: metallar, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻilar, qurilish materiallari, oziq – ovqat mahsulotlari, engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi (xalq isteʻmol buyumlari texnologiyasi) ga; xomashyo koʻrsatkichlariga koʻra: mineral, oʻsimlik va hayvonot xomashyolarini qayta ishlash texnologiyasiga; ishlab chiqarish bosqichiga koʻra: yigirish, qoʻshish, yigʻish, suyultirish, kuydirish texnologiyasi kabilarga boʻlinadi. TEXNOLOGIYA – termini grekcha soʻzdan olingan boʻlib: “texnos” – sanʻat yoki hunar va “logos” – fan soʻzlaridan tarkib topgandir. Demak, bu soʻzning toʻliq maʻnosi “hunar fani” demakdir. Lekin bu ibora hozirgi zamon texnologiyasini toʻla tasvirlab bera olmaydi. Bu fan xomashyolarni keng miqyosda xalq isteʻmol buyumlari va mahsulotlariga hamda ishlab chiqarish vositalariga aylantirish jara¬yonlarini oʻrganadi. Masalan, texnologiya fani rudalardan metallar olish, paxta tolasidan gazlamalar ishlab chiqarish, don mahsulotlaridan ozuqa mahsulotlari olish hamda boshqa turdagi xomashyolardan turli xil kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda sodir boʻladigan barcha jarayonlarni oʻrganadi. Shu bilan birga ana shu mahsulotlarni olishdagi iqtisodiy jihatdan qulay boʻlgan turli xil usullarni izlab topadi. Qayta ishlash vaqtida yuz beradigan jarayonlar fizik – mexanikaviy va kimyoviy boʻlishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarishning barcha turlarini ikki katta guruhda: mexanikaviy va kimyoviy texnologiyalarga boʻlib oʻrganiladi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling