1.16-rasm. Sanoat sentrifugasi
1.Markazdan qochma usulda ajratish – suspenziyalarni
teshikli barabanli
tsentrifugalarda ajratish jarayoni boʻlib, bunda har bir faza filtrlash toʻsigʻidan
oʻtadi, qattiq faza esa toʻsiqning ichki tomonida choʻkindi sifatida tutib qolinib,
keyin esa olib tashlanadi.Markazdan qochma filtrlash usuli yordamida choʻkindini
suvsizlantirishning yuqori darajasiga erishish mumkin.
2.Markazdan qochma usulda tindirish suspenziyalarni
yaxlit devorli
barabanlari bor boʻlgan tsentrifugalarda ajratish jarayonidan iborat. Ajraladigan
suyuqlik barabanning pastki tomoniga kiritiladi
va markazdan qochma kuch
taʻsirida devorlarga otilishi natijasida choʻkindi qatlami hosil boʻladi, suyuqlik esa
ichki qatlamni hosil qiladi, bu qatlam suspenziyaning
yangi portsiyasi yordamida
barabandan tashqariga siqib chiqariladi.
3.Markazdan qochma usulda tindirib tozalash – kolloid eritmalarda
markazdan qochma kuch taʻsirida suspenziyani ajratish jarayonidir.
Sanoatda
ayniqsa gorizontal, shnekli sentrifugalar va choʻkindini
inertsiya bilan chiqarib
tashlaydigan sentrifugalardan keng foydalaniladi. Sentrifugalar ishlashiga qarab
uzlukli va uzluksiz ishlaydiganlarga boʻlinadi.
Uzluksiz ishlaydigan sentrifugalarning uzlukli ishlaydiganlarga qaraganda ish
unumi koʻproq va ancha engil boʻlganligi uchun sanoatda koʻproq
joriy
qilinmoqda.
Hozirga paytda avtomatik sentrifugalar ancha unumli boʻlib, unda
sentrifugalash jarayonlari avtomatik ravishda bajariladi va bunda kam xizmat
koʻrsatuvchilar ishtirok qilishadi(1.16- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: