1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


-rasm. Donachali filtrlar orqali suvni tozalash sxemasi


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

1.11-rasm. Donachali filtrlar orqali suvni tozalash sxemasi 
Uzlukli ishlaydigan filtrlar uzun filtrlash tsikllarida ishlaydi, chunki filtrni tez 
tez tozalab turish, yigʻish va ishlatish, ularning ish unumini tez kamaytirsada, 
biroq ular kichik korxonalar uchun oʻz ahamiyatini mutlaqo yoʻqotmaydi. 
Elash – maydalangan rudani elakning turli katta – kichiklikdagi teshiklardan 
oʻtkazishga asoslangan, yaʻni ruda maydalanganda undagi foydali va bekorchi 
jinslar tashkil etgan minerallar (yoki birikmalar) ning qattiqlik darajasiga qarab 
boʻlakchalarga ajraladi. Maydalangan fraktsiya elangan vaqtda bu boʻlakchalar 
elakning teshiklaridan oʻtib, alohida – alohida qismlarga ajratiladi. Sanoatda 
ishlatiladigan elaklar ikki xil: vertikal (tsilindr shaklida) va gorizontal boʻladi. 
Sanoatda nutch – filtr (1.12-1.13-rasmlar)asosan suyuqliklarni (kislota, ishqor va 
boshqalar) kristall moddalardan filtrlashda ishlatiladi. 
1.12- rasm. Ochiq nutch filtrlar sxemasi 
Ular juda katta boʻlib, filtrlash yuzasi kichik, biroq muayyan sharoitlarda 
filtr–presslarga nisbatan samaraliroq hisoblanadi. 


Nutch filtrlar odatda ochiq va yopiq turda boʻladi. Ochiq turdagi nutch filtrlar 
siyraklashtirilgan havo muhitida ishlsydi. 
Nutch – filtrlarning ishlash bosqichlari: 

suspenziya bilan toʻldirish; 

filtrlash; 

filtrni yuvish uchun suyuqlik bilan toʻldirish; 

choʻkmani yuvish; 

choʻkmani quritish; 

filtrlovch toʻsiqdan choʻkmani ajratish; 

filtrlovchi toʻsiqni regeneratsiyasi. 
 
1.13-rasm. Nutch filtrlar: yopiq nutch filtrlarning sxemasi 
 
Barabanli filtrlarsuyuqliklarni quyultirish va tindirishda ishlatilib, unda 
teshikli qattiq moddalardan tayyorlangan ancha puxta filtrlash toʻsiqlari bor. 
Barabanli vakuum – filtrlar yaxshilab yuvilgan va quritilgan choʻkindi hamda 
kontsentrlangan filtratni ayni vaqtda olishga moʻljallangan. Katta filtrlash yuzasi 
talab etilganda va choʻkindini yaxshilab yuvish talab etilmaganda uzluksiz 
ishlaydigan diskli vakuum – filtrlar ishlatiladi. Barabanli va diskli filtrlar bosim 
ostida ishlab, ulardan qiyin filtrlanadigan suspenziyalarni ajratish va qattiq fazani 
uchuvchi suyuqliklardan ajratishda foydalaniladiFiltrlash jarayoni suyuq bir jinsli 
boʻlmagan sistemalarni ajratishda samarali usul hisoblanadi. U laboratoriya – 
tekshirish ishlarida unumli ishlatiladi. Unda kimyo, oziq – ovqat, neftni qayta 
ishlash va xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida keng foydalaniladi(1.14-rasm). 
Sentrifugalash – bir jinsli boʻlmagan suyuq sistemalarni markazdan qochma 
kuchlar yordamida ajratish usullaridan biridir. Sentrifugalash jarayonlari 
sentrifugalar deb ataluvchi apparatlarda olib boriladi(1.15-rasm).



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling