1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

Xomashyoni kimyoviy boyitish. Kimyoviy boyitish usuli xomashyo 
tarkibidagi birikmalarning kimyoviy reagentlar bilan reaksiyaga kirishishi 
natijasida hosil boʻlgan kimyoviy birikmani turli yoʻllar (choʻktirish, bugʻlatish, 
suyultirish, eritish va hokazo) bilan ajratib olishdan iboratdir. Masalan, mis 
kolchedani (CuFeS
2
) ni mexanikaviy yoʻl bilan CuS va FeS ga ajratib boʻlmaydi, 
chunki CuFeS
2
kimyoviy birikmadir. Boʻlarni ajratishda yagona yoʻl kimyoviy 
yoʻldir, yaʻni mis kolchedani kuydirilib qaytarilsa, FeO bilan Cu
2
S ga ajraladi. Bu 
aralashma qum ishtiroqida suyultirilganda FeO FeSiO
3
ga aylanib, shlak holida 
qoladi, Cu
2
S esa suyuqlanib oqib chiqadi. 
Bekorchi jinslarni flotatsiyali ajratish. Fizik – kimyoviy (flotatsion) usul 
mineral tarkibidagi birikmalarning bir xil suyuqlikda yoki erituvchida hoʻllanishi 
va eruvchanlik darajasi turlicha boʻlishiga asoslangandir. Tabiiy materiallar 
hoʻllanishiga koʻra suvda yaxshi hoʻllanadigan (gidrofil) va yomon hoʻllanadigan 
(gidrofob) turlariga boʻlinadi. 
Suvga maydalangan mineral tushirilganda hoʻllanadigan birikmalar suv ostiga 
tushadi, hoʻllanmaydiganlari esa suv yuziga qalqib chiqadi. Bu usul sanoatda keng 
qoʻllanilib, flotatsion boyitish deb yuritiladi (1.25 va 1.26 – rasmlar).
Tarkibida mis, oltin, qumush, platina boʻlgan minerallar sulfat kislota yoki 
ammiak bilan yuvilsa, mis eritmaga oʻtadi. Har qanday boyitish jarayoni natijasida 
xomashyo konsentratsiyasining ortishi bilan bir qatorda, undan chiqarib 
tashlanayotgan birikmalar boshqa sanoat tarmogʻi uchun qimmatli mahsulot 
boʻlishi mumkin ekanligiga doimo katta eʻtibor berish kerak.


1.25 – rasm. Hoʻllanmaydigan (A) va hoʻllanadigan (B) birikmalarni ajratish. 
1.26 – rasm. Havo yordamida aralashtiriladigan flotatsiya mashinasi:
1 – rezervuar kamera; 2 – toʻsiqlar; 3 – quvur; 5 – kollektor. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling