1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


-rasm. Hoʻl gravitatsion boyitish sxemasi


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

1.22-rasm. Hoʻl gravitatsion boyitish sxemasi:
I, II, III choʻktirish kameralari; 1 – ogʻir (yirik donali) fraksiyani chiqarish; 2 – 
oʻrtacha fraksiyani chiqarish; 3 – engil (mayda donali) fraksiyani chiqarish. 
1.23 – rasm. Havo separatorining sxemasi:
1 – tsilindr; 2 – tashqi konus; 3 – ichki konus; 4 – ichki tsilindr; 5 – tarelka; 6 – 
ventilyator parragi. 


Quruq gravitatsion boyitishda markazdan qochma kuch printsipi asosida 
ishlaydigan havo separatorlari qoʻllaniladi (1.23 – rasm).
Separator konussimon tugallangan (2) tsilindr (1) dan iboratdir. Silindr ichiga 
konusli (4) tsilindr oʻrnatilgan boʻlib, u tarelka (5) va elektromotor yordamida 
harakatlanadigan qanotsimon ventilyator (6) bilan jihozlangan. Tarelka va 
ventilyator harakatga keltirilganda tsilindr ichida (strelka bilan koʻrsatilgan 
yoʻnalishda) havo oqimi hosil boʻladi. 
Maydalangan material aylanuvchan tarelkaga tushirilganda u ichki tsilindr 
kesimi boʻylab sochiladi. Materialning mayda qismlari havo oqimi bilan tashqi va 
ichki tsilindr oraligʻidagi boʻshliqqa chiqarib yuboriladi va ular tashqi tsilindr 
devorchalariga urilib konus (2) orqali (maydalangan qismlar) chiqib ketadi. 
Yirik qismlar esa ichki tsilindrning oʻziga tushib, tsilindr (1) orqali chiqib 
ketadi va bu qism qayta maydalanib, yana boyitish jarayoniga kiritiladi. 
Xomashyoni boyitishning elektromagnit usuli. Elektromagnit usuli bilan 
boyitish qattiq minerallarni magnit maydoniga nisbatan munosabatiga asoslangan.
1.24 – rasm. Elektromagnit separator (ajratgich) sxemasi:
1 – transportyor lentasi; 2 – transportyor barabani; 3 – elektromagnit; 4,5 –bunker 
(yigʻgich) lar. 
Maydalangan ruda magnit maydoniga ega ajratgich (separator) orqali 
oʻtkazilgach, ikkiga ajraladi, yaʻni magnitga tortiladigan metallar – minerallar va 
magnitga tortilmaydigan metallmaslar – minerallar. Elektromagnit ajratgichning 
sxemasi 1.24 – rasmda koʻrsatilgan. Bu ajratgichda magnit maydoni elektr toqi 
yordamida hosil qilinadi. Elektromagnit usuli, asosan, metallurgiya sanoatida 
rudalarni boyitishda keng qoʻllaniladi. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling