yuviladi. Shu bilan birga, loy aralashmalari yuviladi.
Zamonaviy skrubberlarning
unumdorligi 200 tonnagacha, yuvish vaqti 2–12 minut. suv oqimining tezligi 3–6
m³ / t bilan.
Bu yerda skrubberlarning quyidagi turlari ajralib turadi:
toʻgʻridan-toʻgʻri, unda material va suv yuklanishdan
tushirishgacha bir xil
yoʻnalishda harakat qiladi;
teskari oqim, unda suv chiqadigan tomondan kiritilib yuvilgan material tomon
harakatlanadi.
Yuvishdan tashqari skrubberlar skrining materiallari
uchun ishlatilishi
mumkin, bu suv va mayda materiallarni ajratish uchun barabanga konusning
teshilgan qismini yopish orqali amalga oshiriladi.
Xomashyoni termik boyitish. Termik boyitish
turli xil birikmalarning
suyuqlanish darajasidagi farqiga asoslangan boʻlib, foydali birikmalarni bekorchi
jinslardan ajratishda qoʻllaniladi. Masalan,
oltingugurt, ohaktosh va gips
aralashmasidan iborat mineral termik pechlar orqali oʻtkazilganda oltingugurt oson
suyuqlanadigan modda boʻlgani
uchun tezda suyuqlanib, qolgan birikmalardan
ajralib oqib chiqadi.
Bundan
tashqari, minerallardagi asosiy komponentlarni konsentratsiyasini
oshirishda undagi birikmalarning parchalanish haroratidagi
farqiga asoslangan
holda ham termik boyitiladi. Masalan, fosforitlarga termik ishlov berilganda
ulardagi karbonatlarning parchalanishi hisobiga fosfatli
komponentlarning ulushi
ortadi. Bunday boyitishda nafaqat asosiy komponentlar kontsentrlanibgina qolmay,
xomashyolarning keyingi qayta ishlovi uchun kimyoviy aktivligi ham ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: