1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

1.17-rasm. Gaz tozalash qurilmasi 
Gazlarning yanada yaxshiroq tozalanishiga shlangli filtrlar, hoʻl chang 
tutgichlar va elektr filtrlar yordamida erishish mumkin. Shlangli filtrlardan 
gazmolni emiruvchi kimyoviy agressiv gazlarni tozalashda va yopishqoq va nam 
changni ajratishda foydalanib boʻlmaydi. 
Hoʻl usulda tozalash gazlarni changdan mayin tozalashda qoʻllaniladi va bu 
jarayon gazlarni suv yoki boshqa suyuqlik bilan yuvishdan iborat. Changlangan 
havo bilan suyuqlik orasidagi kerakli oʻzaro taʻsir hoʻl chang tutkichlarda yoki 
vertikal tekislik ustidan oquvchi suyuqlik yuzasida, shuningdek gaz tomchilari 
sirtida amalga oshiriladi. Gazlarni hoʻl usulda tozalash ularni sovutish va namlash 
mumkin boʻlganda, ajraladigan zarrachalar qimmatbaho boʻlmaganda samaralidir. 
Hoʻl usulda tozalashning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun yuvish suyuqligi 


shlak bilan birga chang tutkichlardan tindirgichlarga yoʻnaltiriladi va bunda 
suyuqlik tindiriladi. Bu usulning kamchiligi shundaki, bunda jihozlar suv taʻsirida 
korroziyalanadi. 
Quruq gazlarni tozalashda plastinali elektrofiltrlar, tutilishi qiyin boʻlgan 
chang va tumanni ajratishda, shuningdek mayin va obdon tozalashda esa quvurdan 
yasalgan elektr filtrlar ishlatiladi. Gazlarni elektr usulida tozalash gaz 
molekulalarining elektr razryadi yordamida ionlanishiga asoslangan(1.19-rasm.). 
Ikkita elektrod hosil qilgan elektr maydonda gaz tarkibidagi molekulalar 
ionlanadi, yaʻni molekulalar musbat zaryadlangan ionlarga va kuch chiziqlari 
yoʻnalishida siljiydigan elektronlarga ajraladi. Bunda elektrodlar orasida qisqa 
razryad sodir boʻlib, uning atrofida tojlanuvchi deb ataluvchi “toj”, qarama–
qarshisida esa yigʻuvchi deb ataluvchi “toj” hosil boʻladi. 
1.18-rasm. Tabiiy gazlarni tozalash qurilmasi 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling