1-§. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va uslublari. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/45
Sana29.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1733408
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
1-maruza. Kirish doc

Sanoat gazlarini tozalash. Bu jarayon sanoatning asosiy jarayonlaridan biri 
hisoblanib, oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻyadi: 

havo va atrof muhitning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik; 

qayta ishlash maqsadida qimmatbaho sanoat materiallari olish uchun gazdan 
qimmatbaho yoki zararli aralashmalarni ajratib olish; 

zararli gazlarning apparatlarni emirsh xususiyatini yoʻqotish. 
Bu vazifalarni bajarish uchun sanoatda quyidagi usullar qoʻllaniladi:
a) ogʻirlik kuchi va markazdan qochma kuch taʻsirida tindirish;
b) elektrostatik va inersiya kuchlari taʻsirida tindirish; c) yuvish va filtrlash. 
Sanoat chiqindi gazlari tarkibidagi gazsimon yoki bugʻsimon aralashmalar – 
suyuqliklar (absorbsiya) yoki kattiq moddalar (adsobrsiya) yordamida, shuningdek
katalitik oksidlash yoki kuydirish bilan ajratib olinadi. Gazlarni bunday tozalash 
usullari turli xil sanoat ishlab chiqarishlari uchun oʻziga xos xususiyat 
hisoblanadi(1.5- jadval; 1.17, 1.18-rasmlar.). 
1.5-jadval 
Gaz tozalash jihozlari va ularning qiyosiy tavsifi 
Jihoz turlari 
Dastlabki 
chang miqdori, 
mg/m
3
Ajralib 
chiqadigan 
changning 
oʻlchamlari, 
mkm 
Gidravlik 
qarshilik, 
mm suv ust. 
Tozalash 
darajasi, % 
Chang yigʻish 
kameralari 
– 
100 
– 
40–60 
Jalyuzali 
chang 
tutgichlar 
200–10
4
25 
90 
60–75 
Konussimon 
siklonlar 
1000 
15 
40–70 
90 va 
undan koʻp 
Batareyali 
siklonlar 
– 
15 
– 
95va undan 
koʻp 
Shlangli 
filtrlar 
200 

70–100 
99,5 va 
undan koʻp 
Hoʻl 
skrubberlar 
– 
0,1 
– 
99,0 va 
undan koʻp 
Elektr filtrlar 
– 
0,005 
– 
99,5 va 
undan koʻp 
Gazlarni tozalash uchun jihozlar tanlash koʻpgina omillarga bogʻliq boʻladi. 
Bular asosan quyidagilar hisoblanadi:


1) changning xususiyatlari (quruq, qovushqoq, tolalilik va hokazolar) va ular 
zarrachalarining oʻlchamlari;
2) gazning namligi va ular tarkibida dastlabki changning boʻlishi;
3) gazni zarur tozalash darajasi. 
Gazlarni zarur tozalash darajasiga erishish uchun turli turdagi gaz tozalash 
jihozlaridan iborat ikki va koʻp pogʻonali qurilmalardan foydalaniladi. 
Jadvaldan koʻrinib turibdiki, jalyuzali changtutgichlarning samaradorligi 
batareyali siklonlarnikidan kam boʻladi. Barcha changtutgichlar gazlarni faqat 
quruq, yopishqoq va tolali boʻlmagan changdan tozalash uchun yaroqlidir 
Gazni markazdan qochirma kuch taʻsirida tozalash usuli tezligi kamayib 
boruvchi gaz oqimining harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga asoslangan. Bu 
jarayon changlangan gazning harakat yoʻliga oʻrnatiladigan toʻsiq yordamida 
amalga oshiriladi. Chang zarrachalari toʻsiq sirtiga urilganda oʻzining dastlabki 
harakat 
yoʻnalishini 
saqlashga 
intilib, 
oqimdan 
ajraladi. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling