1 – Laboratoriya ishi Mavzu
Download 306.82 Kb.
|
Laboratoriya
8-jadval
1.Shovqinni yutuvchisiz yuzali va yutuvchi yuzali kamerasida shovqin spektrini tadqiqot qilish.
9-jadval 2. Har xil tovush ajratgich (izolyatsiyalovchi) to’siqlar samarodorligini tadqiqoti.
Har xil shovqin yutuvchi va shovqinni ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) vositalarni samarodorligini solishtirish to’g`risida umumiy xulosa qiling. Tebranish Tebranish deganda butun bir sistemaning yeki aloxida nuktaning boshlangich holatiga nisbatan tebranma xarakatiga aytiladi. Tebranish orkali mashina va dastgoh detal va mexanizmlariga va hattoki mashinaning uziga ta’sir etuvchi dinamik nagruzkalar kelib chikadi. Masalan:egri king’ir yo’llardagi harakat, mashinadagi pichoq urishlari (yem,xashak tayorlashda) detallarni bir-biriga nisbatan noto’g’ri harakati va boshqalar. Tebranishning odamga nisbatan ta’siri umumiy va mahalliy bo’ladi.Umumiy tebranish poldan odam tanasiga beriladigan ta’sirga aytiladi.Mahalliy tebranish esa qul yoki oyoq orqali beriladigan tebranishga aytiladi.Tebranish chastotasi tebranish surilishi tebranish tezligi va tebranish tezlanishlari bilan xarakterlanadi.Tebranish kattaligi xuddi shovqinning kattaligi kabi uning absolyut qiymatlari bo’yicha emas, balki logorifm darajasida detsibelda baholash kerak. Logorifm darajasidagi absolyut kattalik quyidagi formula bo’yicha o’zgartiriladi. Lv=20lg(V/Vo); La=20lg(a/ao) Lv La - bu tebranma xarakatning tezligi va tezlanish (DB) V1a - tezlik o’rta kvadratik (m/s) va tezlanish (m/s2) Vo; ao - boshlangich tebranma kattalik va tebranish tezlanish (Vo=5.10-8 m/s),(ao=3.10-4 m/s2) Tebranma harakatning odamga ta’siri bosh og’riqni keltirib chiqaradi,uxlash qobiliyati yo’qoladi, qon bosimini oshiradi va qo’l oyoqda titrash kasalliklarini keltirib chiqaradi.Tebranish harakatning odamga bo’lgan ta’siri 3 dan 30 Gs gacha. Bunday tebranma kattalik odam organizmini ba’zi joylarida ya’ni qo’l, oyoq, yelka yoki tana kasallanishiga qadar olib keladi.GOST 12.1012-78 SSBT da tebranma harakat texnika xavfsizligi bo’limiga kiritilgan tebranma harakati 3 yo’nalishda bo’ladi. Mehnat muhofazasini standartlash sistemasiga asoslanib, tebranma harakatni normallashtirish,umumiy va lokal tebranmalar alohida koordinata sistemalarining bo’ylama o’qiga nisbatan 3 ta o’zaro perpendikulyar yo’nalishda bo’ladi. Umumiy tebranma harakat uchun X U o’qlar bilan (1-rasmga qarang) bog’liq. Bunda vertikal o’q, X gorizontal o’q ya’ni orqadan ko’krak qafasi yunalishiga 2; U gorizontal o’qi bo’lib harakati o’ng yelkadan chap yelkaga nisbatan o’q chizig’iga aytiladi. Lokal (mahalliy) tebranmalar uchun buylama o’qlar Xr,Ur bilan belgilangan (2-rasmga qarang). Bunda Xr o’qi qo’lning tebranish manbai bilan teng kelgan o’qiga mos keladi.O’q esa yelka old tomonining bo’ylamasiga yo’naltirilgan va Ur oqi bo’lsa, qo’lning ustki barmoqlarida tebranish manbaiga qarab yo’nalgan.Umumiy transport vositalari tebranmalarning ruxsat etilgan qiymati ilovaga keltirilgan. Misol uchun tezlanishi X ga 0.224 oktava bulgan chastota GS xisobida 0.8 buladi va xokazo.Tebranma harakatdan saqlanish uchun bir nechta usul bor.Manbada tebranma harakatning kamayishi (eng yaxshi usul,lekin hamma vaqt ham sodir bo’lmaydi). Deformalash usuli bilan tebranmani himoyalash: ya’ni mashina detallarini tebranish amplitudalarini (6) detallarga mo’rt qayishqoq materiallarni qo’llash bilan kamaytirish (rezina,mastika moy mahsulotlari).Tebranma yutuvchi vositalar: ya’ni mashinalarni qattiq yirik fundamentlarga o’rnatish tebranishni qoplovchi vositalar: ya’ni mashina konstruksiyasiga nisbatan tebranish manbasidan uning ba’zi elementlari bo’lmasligi bilan kelib chiqadi. Tebranmalarni qoplovchi vosita sifatida po’lat prujinalar va risorlar rezinaviy vositalar ishlatiladi.Tebranma harakatni qoplovchi vositalarni tanlashda uning samaradorlik himoyalanish darajasini hisobga olishda va tebranma chastotasining tebranmani qoplangan sistemaga nisbatiga tenglik darajasi 2 dan kam bulmasligi kerak. Agar tebranmaning majburiy chastotalari shaxsiy chastotasiga qaraganda to’g’ri bo’lmasa, unda tebranmani qoplovchi vositani ham foydasi bulmaydi.Unda sistemada rezonans paydo bo’lib tebranish o’sib boradi. Shuning uchun amaliyotda quyidagi qiymatiga (Ka) rioya qilishadi. Bu esa majburiy tebranmalar chastotasining oshishi hisobida yoki shaxsiy chastotaning kamayishi hisobida bajariladi. Tebranmalarning shaxsiy chastotasi kamayishiga sabab, mashinalarning og’ir vazn ostida qoplovchi vositalarning cho’kishidir. Bu quyidagi tenglama asosida aniqlanadi. fo=(1/2p) g/Xst g - erkin tezlanishining pasayishi m/s2 Xst -sistemaning vibroizolyator ta’siri,M Statik chuqish Xst sistema massasining ta’sirida amortizatorlar balandligi o’zgarishini ko’rsatib beradi. Uning o’zgarishi yo’li bilan amalga oshiriladi.Juda yumshoq amortizatorlar yaxshi cho’kish xususiyati orqali tebranishlardan himoya qiladi,lekin bu yerda o’zining chegarasi bor. Tajriba qurilmasining sxemasi. 1-Taxogenerator; 2-balans qilinadigan yuk 3-maxovik 4-doimiy tok manbaining elektro dvigateli 5-operatorning o’rindig`i 6- tebranishni qayd qilgich 7-rama; 8:13-ilgich; 9-elektrodvigatelni o’rnatgich (asos)10;14-qisish gaykasi; 11-rezinali tebranish so’ndirgich; 12-purjinali tebranish so’ndirgich; 15-o’tirgich asosi; 16-taxometr; 17-elektr manbasini ulagich; 18-elektr manbasi; 19-NVA-1 o’lchagichning kuchaytirgichi; 20-NVA-manbaning filtrlari; 21-taxminiy kuchaytirgich. Nazorat savollari: 1) Laboratoriya qurilmasining sxemasini keltiring va unga izoh bering: 2) Shovqinni o’lchovchi IShV 1 asbobning tuzilishi va ishlash prinsipi to’g`risida tushuncha bering, chizmasini chizing. 3) Birinchi topshiriq bo’yicha yozma ravishda tushuncha bering 4) Ikkinchi topshiriq bo’yicha yozma ravishda tushuncha bering. 5) Uchinchi topshiriq bo’yicha yozma ravishda tushuncha bering Download 306.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling