1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
yopiq zanjirlariga bo‘linishi mumkin. Ochiq ta‘sir ko‘rsatuvchi zanjir tizimida
teskari aloqa bo‘lmaydi, shu sababli u yoki bu sabab bilan belgilangan qiymatlaridan og‘gan chiqishdagi parametrning qiymatlari qanday bo‘lishligidan 82 qat‘iy nazar, kirishdagi boshqaruvchi signal o‘zgarmay qolaveradi. Misol sifatida, o‘zgartirgich O‘dan oziqlanib, tarkibiga bajaruvchi organ BO va kinematik aloqa (KA) ni olgan mexanizmni harakatga keltiruvchi dvigatel M ni olib ko‘rish mumkin (13.2- rasm). CHiqishdagi o‘zgaruvchi bo‘lib, odatda, mexanizmning BO nini tezligi, yoki siljishi xizmat qiladi; unda mexanizm bilan dvigatel o‘rtasida dag‘al aloqa mavjud bo‘lganda, dvigatel rotorni og‘ish burchagini yoki tezligini rostlaydi. Ayni bir paytda, tizimning boshqa o‘zgaruvchilarini, masalan yakor yoki stataor tokini, o‘zgartirgichning kuchlanishini va chastotasini, dvigatelning qo‘zg‘alish tokini va hokazo nazorat qilish imkoniyati ham mavjud bo‘lishi mumkin. O‘zgartirgich O‘ chiqishi rostlanuvchi energiya manbasini ifodalaydi. O‘zgarmas tok EYU si uchun bu o‘zgartirgich–chiqishidagi kuchlanishni rostlovchi o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beruvchi o‘zgartirgichdir. O‘zgaruvchan tok EYU si uchun esa chastota bilan bir qatorda kuchlanish ham o‘zgarishi mumkin bo‘lgan chastota o‘zgartirgich sanaladi. 13.2-a rasmda ifodalangan o‘zgartirgich, dvigatel va mexanizm asosiy vazifasi elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan iborat bo‘lgan elektromexanik tizimning kuch qismi tashkil etadi. O‘zgartirgichga, dvigatelga va mexanizmga oziqlantirilayotgan tarmoqning kuchlanishini yuklama momenti o‘zgarishi sifatida qo‘zg‘atuvchi ta‘sir keladi. Bu qo‘zg‘atishlar chiqish koordinatasini oldindan yozib qo‘yilgan qiymatlaridan og‘ishiga sababchi bo‘ladi. Bu og‘ishlarning qiymatini statikada va uning xarakterini dinamikada berilgan qiymatlarda aniqlash o‘zgartirgichning, dvigatelning va mexanizmning parametrlari orqali bajariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling