1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
17.2 rasm Plazmotronda elektr yoyi xosil bo‘lishi Plazmali ishlov deb texnologik maqsadlar uchun ma‘lum tartibda quvvatli (plazma) shakllangan ion-lashtirilgan gaz oqimi ishlatiladigan operatsiyalar guruhiga aytiladi. Oqim ishlov olayotgan material bilan to‘qnashgan joyda yuqori haroratlar hosil qiladi (bir necha mingdan o‘nlab ming graduslargacha). Plazma shakllanadigan jihozlar plazmotronlar nomini olishgan. Plazmotronda elektr yoyi (kuchli elektr za-ryadi) gaz muhit bilan o‘zaro ta‘sirda yuqori haroratli plazmani hosil qiladi. Ish printsipiga qarab plazmotronlar ikki asosiy turga bo‘linadi: yoyini 101 o‘tkazadigan (bilvosita ta‘sir etuvchi yoyli) (rasm17.2, a, b) va yoyni o‘tkazmaydigan (bevosita ta‘sir etuvchi yoyli) (rasm 17.2, v). Birinchi turdagi plazmotronda yoy 4 qiyin eruvchi material (volfram, grafit) dan tayyorlangan elektrod 1 va suv 3 bilan sovutilayatgan soplo 2 yoki elektrod 5 orasida yonadi, elektrod 5 ham soplodir, Rasm 17.2. lazmotronlarni tuzilishi. ammo kanaldan ajratilgan yoydan o‘tayotgan gaz ionlashadi va soplodan plazmani oqimi (mash‘ala) shaklida chiqadi. Ikkinchi turdagi plazmotronda yoy 4 vol-framli elektrod 1 va ishlov berilayotgan buyum 7 orasida yonadi. Plazmani oqimi bu xolda yoyni ustuni bilan to‘g‘ri keladi. Plazmotronni turg‘un ishlashi va soploni ish muddatini oshirish uchun elektr yoyni gazni qo‘shimcha oqimi bilan ixchamlashtiriladi (uydirmali stabillashtirish) yoki boshqa usullarni ishlatiladi. Ishchi gazlar sifatida argon, geliy, azot, ularni aralashmalari va havo ishlatiladi. Plazmani quvvati va yoyni kuchlanishini kanal 2-dan elektrod 1-ni tushirish yoki ko‘tarish bilan rostlanadi. Kesishni odatdagi usullariga dosh beradigan (kislorodli, yoyli yoki gaz flyusli) materiallarni kesish uchun plazma eng keng qo‘llaniladi: zangla-maydigan po‘lat, alyuminiy, mis, keramika, hamda metallarni, nometall buyumlarni va ularni bir-birlari bilan payvandlash uchun. Bundan tashqari plazmotronlar va plazmali qizdirish qurilmalari yuqori entalpli texnologik jarayonlarda qo‘llaniladi. Ular keng miqyosda termodinamik rejimlarni rostlashga imkon beradilar. Plazmali texnologik qurilmalar yuqori unum-dorlik, kichik o‘lchamlar bilan farqlanib turadi va sanoatni kimyoviy metallurgik soxalarida ko‘p texnologik jarayonlarni amalga oshirishga imkon beradi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling