1- ma’ruza kirish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#221228
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
18-Ma'ruza

Nazorat savollari 
1.Chiziqli elektr motorlar qayerda ishlatiladi? 
2.Ularning tuzilishi qanday elementlardan iborat? 
3. Boshqa dvigatellardan bu motorlarning asosiy farqini tushuntiring? 
 
 


99 
 
17-MA’RUZA 
Lazer elektr texnologik qurilmalar to’g’risida asosiy ma’lumotlar. 
Reja 
17.1  Lazer qurilmalarning ishlash prinsipi va texnologik jarayondagi  o‘rni 
Progressiv texnologiyalar qatoriga material va buyumlarga yorug‘lik-nurli 
va  plazmali ishlov berish kiradi.  
Lazer  nuri  bilan  ishlov  berish.  Juda  katta  quvvatga  ega  lazer  tomonidan 
generatsiyalanadigan  kogerent  nur  modda  bilan  o‘zaro  ta‘sir  natijasida  intensiv 
issiqlik  ta‘sirini  ko‘rsatishga  qodir.  Nurni  fokuslanadigan  nuqtasida  moddani 
deyarli  bir  onda  erishi  va  parlanishi  sodir  bo‘lishi  mumkin,  bu  texnologik 
maqsadlar  uchun  ishlatiladi:  har  qanday  qattiqlik  va  qovushqoqlikga  ega  listli 
materialda  ko‘p  sonli  teshiklar  va  teshikchalar  hosil  qilish,  buyumlarni  bichishda 
materiallarni  kesish  va  hokazo.  Yorug’  nurli  (lazerli)  ishlov  berishni  qo‘llanilishi 
ko‘p  xollarda  unumdorlikni  ko‘p  marta  oshiradi,  texnologik  jarayonlarni  to‘la 
avtomatlashtirishga imkon beradi, mehnat sharoitlarini yaxshilaydi.  
Kogerent nurlar optik aktiv muhitlarda yaratiladilar, muhit atomlari oson 
qo‘zg‘atiladi  va  yuqoriroq  energetik  satxga  o‘tishadi,  keyin  esa  o‘z-o‘zlaridan 
past satxga qaytishadi va bunda oldin olingan energiyani konkret materialga xos 
ma‘lum  to‘lqin  uzunligidagi  nurlanish sifatida  tarqatishadi.  Kogerent  yorug‘lik 
oqimi  hosil  bo‘lishdagi  jarayonlar  kechayotgan  muhitga  bog‘liq  xolda  qattiq 
jismli,  gazli  va  suyuqli  lazerlar  mavjud.qattiq  jismli  lazerlarda  aktiv  muhit 
sifatida rubin (0,5% 3 valentli xrom qushilgan alyuminiy oksidi), neodim (5%-
gacha) qo‘shilgan shisha, neodim qo‘shilgan alyumoittriyli granat va boshqalar, 
gazli lazerlarda-azot yoki karbonat angidrid gazi ishlatiladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17.1-rasmda  rubin  kristallidagi  lazerni  tuzi-lishini  sxemasi  keltirilgan. 
Rubinli sterjen 2 ichki sirti ko‘zguli polirovka-langan elliptik qaytaruvchi 4 ichiga 
joylashtirilgan. 
Rasm 17.1. Rubin kristallida tayerlangan lazerni tuzilishi. 
Ellipsni  fokal  o‘qida  sterjenga  parallel  impulsli  ksenon  lampa  3  (damlash 
lam-pasi)  joylashgan,
 
u  impulsli  energiya  manbasi  1-ga  ulan-gan.  Energiya 
manbasi  sig‘imli  yig‘uvchi  bilan  birga  davomiyligi  millisekundani  qismlardan 


100 
 
o‘nlarigacha  bo‘lgan va amplitudasi 10
5
 A-gacha bo‘lgan tokni elektr impulslarini 
shakllaydi,  ular  razryad  bloki  orqali  damlash  lampasiga  beriladi.  Lampani 
yondirilishi kondensator zanjiridagi avtomatik kalitdan amalga oshiriladi. Rubinda 
hosil  bo‘layotgan  nurlar  5  ko‘zguli  linza  6-lardan  qaytadilar  va  natijada 
fokuslovchi  linzalar  7  tizimidan  o‘tib  ishlov  olayotgan  buyum  8-ga  chiqadilar. 
Optik  linzalar  7  yordamida  lazer  nurlarini  bitta  nuqtaga  yoki  chiziqga  fokuslash 
mumkin.  Birinchi  xolda  zagotovkada  yumaloq  teshiklar  hosil  bo‘ladi,  ikkinchi 
xolda  chiziqli  teshiklar.  Lazerni  nurlanish  impulsini  davomiyligi  0,2-5  ms, 
chastotasi  1-10  Gts.  Bunday  rejim  impulsda  katta  bo‘lmagan  o‘rta  quvvatda 
energiyani yuqori kontsentratsiyasini (bir necha 10 kVt) olishga imkon beradi. 
Lazerni  o‘rta  chiqish  quvvati  asosan  aktiv  elementlarni  (ayniqsa  rubinni) 
qizdirilishga yuqori sezgirligi bilan chegaralangan. CHiqish quvvatni ko‘paytirish 
uchun suv bilan sovutish ishlatiladi.  
Qattiq  jismli  lazerlar  kichik  energiya  sig‘imli  texnologik  jarayonlarda 
qo‘llaniladi:  yupqa  materi-allarni  nuqtali  payvandlash,  kimyo  va  yengil  sanoatda 
yupqa  plyonkalarga  ishlov  berish.  Energosig‘imli  jarayonlarni,  masalan,  qalin 
dielektrik  materiallar  va  matolarni  kesish,  chokli  payvandlash  va  boshqalarni 
amalga  oshirish  uchun  azotdagi  yoki  karbonat  angi-driddagi  quvvatliroq  gazli 
lazerlar qo‘llaniladi. Gaz qizimasligi uchun uni uzluksiz haydaladi va sovu-tiladi. 
Karbonat  angidriddagi  lazerlar  boshqalarga  qaraganda  yuqoriroq  FIK-ga  ega, 
ammo ularni nur-lanishi infraqizil diapazondaligi (10,6 mkm) kamchi-ligidir. Ko‘p 
materiallar infraqizil nurlanishni kuchsiz yutadilar. 
YUtilishni ko‘paytirish uchun ularni grafit yoki fosfatlar asosidagi yutishni 
yuqori koeffitsiyentiga ega suvoq bilan qoplanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling