1- ma’ruza. Mavzu : “Muxandislik geologiyasi va gidrogeologiya” faniga kirish Ma’ruza rejasi


Download 249.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana12.10.2023
Hajmi249.22 Kb.
#1700992
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ma\'ruza



1- MA’RUZA
Mavzu : “Muxandislik geologiyasi va gidrogeologiya”
faniga kirish
Ma’ruza rejasi. 
1.1 Faning eng muhim masalalari . 
1.2 Geologiya fani tarixi va umumiy ma’lumotlar 
1.3.Inshootlarni loyihalash va qurishda fanning ahamiyati,yutuq ,va vazifalari. 
Ma’ruza buyicha tayanch iboralari ruyxati 
Geologiya fani, geologiya fanining kismlari, mineralogiya, petrografiya, foydali 
kazilmalar geologiyasi, tarixiy geologiya, geomorfologiya, gidrogeologiya, 
injenerlik geologiyasi, birinchi Urta Osiyo olimlari, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali 
ibn Sino, XX asrdagi Urta Osiyo olimlari.  
1.1.Geologiya suzi kadimgi grekcha ikki suzdan tashkil topgan bulib «geo» - 
yer va «logos» – suz, fan, ya’ni yerni tekshiruvchi fan degan ma’noni bildiradi. 
Yer bilan astronomiya, geografiya, geodeziya, biologiya fanlari xam 
shugullanadi. Bu fanlar yerning paydo bulishi, uning tuzilishi, iklimi, axolisi, 
ekonomikasi, usimlik va xayvonot dunyosini urganadi. 
Geologiya yerning ustki va ichki kismini – kuruklik va okean tubini va unda sodir 
buladigan xodisalarning rivojlanish konuniyatlarini urganuvchi fandir. Geologlar 
yerni xilma-xil moddalar birikmasidan, mineral xom ashyo, ma’danlar va tog 
jinslaridan tarkib topgan (bitmas – tuganmas xazina makoni) sharsimon fizik jism 
deb karaydilar.
Yer pusti noorganik kismining paydo bulishi va undagi metall, nometall 
xamda yonilgi foydali kazilmalarning xosil bulishi. Yer tarixidagi xayvonot va 
usimliklar xayoti bilan yakindan alokadordir. Demak, geologiya fani yerda organik 
dunyoning paydo bulishi va yer pustining rivojlanishi tugrisidagi fandir kuyidagiga. 
(1,2)
Mineralogiya - minerallar xakidagi fan bulib, minerallarning kristallik 
xosasini, shakllarini, ichki tuzilishini va xosil bulishini urganadi. 
Petrografiya. Yer pustidagi magmatik tog jinslarini kelib chikish sabablarini, 
tarkibini va joylanish xolatini tekshiradi. 
Geoximiya. Yer pustida kimyoviy elementlarning tarkalish konuniyatlarini va 
ularning bir joyga tuplanish xamda siljish sabablarini urganadi. 
Litologiya - chukindi jinslarning xosil bulishi, tarkibi, strukturasi, va ular 
orasida foydali kazilmalarning tuplanish sabalarini tekshiradi. 
Foydali kazilmalar geologiyasi -  chukindi, magmatik va metamorfik jinslarni 
orasida xosil bulgan metalli va nometall foydali kazilmalarning xosil bulish 
sabalarini, joylanish xolatlarini urganadi. 
Dinamik geologiya - yer pustining (okean va kurukliklar) uzgarishiga olib 
keladigan tashki va ichki prosesslarni urganadi. 
Geofizika – yer pustining xamma zonalarida va yerning ichki kismlarida sodir 
buladigan fizik prosesslar va ular bilan boglik xodisalarni urganadi. 


Tarixiy geologiya - yer paydo bulgandan to shu davrgacha xosil bulgan yer 
pustining rivojlanish tarixini urganadi. 
Paleontologiya -  yer katlamlarida saklanib kolgan toshga aylangan xayvon-
usimlik (flora-fauna) koldiklarini tekshiradi. 
Geotektonika - yer pustining tuzilishini yoki undagi strukturalarning tarkalish 
va rivojlanish tarixini urganadi. 
Geomorfologiya - yer yuzidagi relyef shakllarini, ularning paydo bulish va 
rivojlanish sabablarini tekshiradi. 
Paleogeografiya - yer yuzida kadimgi davrlarda bulib utgan tabiiy geografik 
sharoitni urganadi. 
Gidrogeologiya - yer osti suvlarini xosil bulishi va katlamlar orasida 
tarkalishini xamda xalk xujaligidagi axamiyatini urganadi. 
Injenerlik geologiyasi - yer osti suvlari ta’siridan yer katlamlarida sodir 
buladigan tabiiy uzgarishlar va tog jinslarining fizik (kurilish soxasida) xossasini 
urganadi.
1.2.Kishilar ongida kadim zamonlardan beri ayrim geologik tushunchalar 
bulishiga karamay, geologiya fani mustakil fan sifatida yakindagina (bundan 200yil 
ilgari) vujudga keldi.
Geologiyaning ilmiy tarixini, barcha fanlarning tarixi kabi, jamiyat tarixi 
bilan boglik ravishda urganish lozim. 
Geologiya fani ishlab chikarish prosessi bilan uzaro boglikdir. 
Xozirgi geologiya – kidiruv ishlari eng avval xar bir rayonning geologik tuzilishini 
va unda uchraydigan foydali kazilmalarni sinchiklab urganish asosida utkaziladi. 
Sungra bu yerda mavjud foydali kazilmalarni kidiruv usuli, kazib olish yullari 
aniklanadi. (2, 3.) 
Geologiya fani va geologiya-razvedka ishlarining tarixi ruda xakida olingan 
batafsil ma’lumotlar, tog jinslari va minerallar, yerning tarkibi va tuzilishi xakidagi 
konkret ilmiy tushunchalar odamlarning asrlar davomida yer bagridan 
foydalanishidan tuplangan tajribalar natijasida vujudga kelgan. 
Geologiya xalk xujaligi talabini kondirishi bilan birga tabiat xodisalari 
xakidagi konuniyatlarni amalda tekshira boradi. 
Geologiya bilimlarning vujudga kelishida va rivojlanishida urta asr buyuk 
olimlari – Beruniy va Ibn Sino asarlari katta rol uynadi. (1)

Download 249.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling