1- ma’ruza. Mavzu : “Muxandislik geologiyasi va gidrogeologiya” faniga kirish Ma’ruza rejasi
Download 249.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
Abu Rayxon Beruniy (973 - 1048) uzining arab tilida yozgan bir kator
asarlarida yer, mineral rudalar, geologik jarayonlar tugrisida juda ajoyib fikrlarni aytib utadi. U yerning dumalokligiga ishonish bilan birga, uning kattaligini xam birinchilar katorida ulchaydi. Beruniyning astronomiya traktatidagi sxematik kartasi kadimgi dunyoni yaxshi bilganligidan dalolat beradi, u bu soxada Garb geograflaridan oldinda turgan. Beruniy usha vaktdagi uzining kartasiga afsonaviy mamlakatlar va Kaspiy buyi mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va Xindistonning geologiyasini tiklashga urinib, okar suvlar faoliyati xakidagi ilmiy fikrlarni chiroyli kilib tasvirlab beradi. Beruniy ayrim «olimlar»ning xudoning xoxishi bilan arikdagi suv orkaga karab okishi mumkin, degan notugri fikrlarini fosh etib, suv okimining asl ma’nosini yechib va u tabiat konunlariga mos prosess ekanligini tasdiklab beradi. Uning fikricha, suv markazga intilish kuchiga ega, binobarin u pastdan yukoriga oka olmaydi. Tog bagridan bulok yoki yerdan fontan bulib chikayotgan suvlarni Beruniy yerdagi bosim kuchiga boglab tushuntirgan. Daryo yotkiziklari xakida esa Beruniy uzining «Axoli yashaydigan yerlar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini aniklash» nomli asarida bunday deydi: «Kimki bu xakida fikr yuritar ekan, u shunday xulosaga keladi: tosh va shagallar xamda mayda zarrachalar turli kuch ta’siri bilan togdan ajraladi; keyin ular uzok vakt davomida suv va shamol kuchi tufayli kirralari sinib silliklashadi xamda yumalok shaklga kiradi. Ulardan uz navbatida mayda donachalar – kum va changlar paydo buladi. Agar bu shagallar daryo uzanida tuplansa, orasiga gil va kum kirib, bir butun «xamirga» aylanadi. Vaktning utishi bilan aralashgan narsalar suv tagida kumilib ketadi…» «Agar biz ana shunday dumalok toshlardan tashkil topgan toglarni uchratsak, ular albatta yukorida bayon kilganimizdek paydo bulgan, desak buladi. Toshlar yer ustida yoki katlamlari orasida uchrashi mumkin. Bunday prosess uzok vaktni talab etadi va bizning tasavvurimizdan tashkaridagi doimiy uzgarishlar bilan bevosita boglangan xolatda yuz beradi». Beruniyning zamondoshi, buyuk olim, tabiatshunos va faylasuf Abu Ali ibn Sino (980-1037) xam geologiya fanining rivojlanishga uzi xissasini kushdi. Ibn Sinoning geologik dunyokarashlari uning ilmiy komusi – «Ashshifo» (Kalbni davolash) degan kitobning «Tabiat» degan bulimida yoritilgan, shu kitobning beshinchi kismi meteorologik xodisalarga doir. Bu kismning ikki bobi jinslarga, masalan, minerallarning paydo bulim sabablariga va meteorologik xodisalarning kelib chikish masalalariga bagishlangan. (1) Ibn Sino tog jinsi va minerallarning fizik xossasini, tog va vodiylarning paydo bulish sharoitlarini tekshirgan va ular xakidagi gipotezani rivojlantirgan. Mashxur ozarbayjon matematigi astronomi Muxammad Nasriddin tabiatshunoslik soxosidagi juda kup ishlari bilan birga minerallar xakida «Javoxirnoma» degan asarni yaratdi. Bu asarda 34 mineral-zumrad, la’li, shpinel, feruza, lazurit, agat, yashma va boshka minerallarga xarakteristika bergan. 1545 yilda polyak olimi Nikolay Kopernikning «Osmon jismlarining aylanishi tugrisida» degan asari nashr kilindi. Kopernik yer uz uki atrofida va boshka planetalar bilan esa birga Kuyosh atrofida aylanishini isbot etdi. O‘rta Osiyoda matematika (aljabr) va astronomiya fanlarini rivojlantirishda mashxur olim Ulugbek goyat katta kuch va gayrat sarfladi. Osmon jismlarini tarkalish konunini, xarakatini, sonini jumladan, Kuyosh sistemasini birinchilar katorida tugri talkin kildi. Tabiatshunoslik soxalarida kup yangiliklar yaratagan M.V.Lomonosov (1711-1765) geologiya va mineralogiya soxasida xam salmokli ishlar kildi. Lomonosov usha vaktgacha geologiya va mineralogiya soxasida yigilgan materiallarni tuplab, nazariy jixatdan asosladi va uni shunday ilmiy darajaga kutardiki, Garbiy Yevropa tabiatshunoslari bu darajaga 100 yildan keyin yetdi. (1, 2.) M.V. Lomonosovning 1757 yilda chikkan «O sloyax zemnыx» («Yer katlamlari xakida») kitobida – «Yer uz tarixiga ega, uning bu tarixi xamma vakt uzgarib, rivojlanib turadi, toglar paydo buladi, ular yemiriladi, yangi jinslar xosil buladi», deydi. M.V.Lomonosovning fikrlari uning geologiya fanining asoschisi ekanligidan darak beradi. XIX asrning ikkinchi yarmida yashagan Vladimir Onufriyevich Kovalevskiy Download 249.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling