1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati


O’rta Podsholik davrida Misr san’ati


Download 71.48 Kb.
bet10/22
Sana05.01.2022
Hajmi71.48 Kb.
#231207
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati

O’rta Podsholik davrida Misr san’ati

(Er.av. 21- 19 asr boshi.)


Qadimgi podsholik firavnlari olib borgan talon- tarojlik urushlari va ular tomonidan qurilgan gigant qurilmalar Misrning iqtisodiy qudratini pasaytiribgtna qolmay, firavnlar davlatining xam kuchsizlanishiga olib keldi.Chekka xududlardagi nomarxlar deb ataluvchi elatlar xukmdorlari er.av. 2400 yilga yaqin firavnga qarshi urush boshladilar. Misr endilikda mayda bo’laklardan iborat davlatga aylanadi. Natijada mamlakatda ichki nizo kuchayib, vaqti vaqti bilan qo’zg’olonlar bo’lib turib, quldorlar zug’umidan charchagan oddiy xalq katta qo’zg’olonlar qildilar.

Eramizdan avvalgi 21 asrda mamlakatni qaytadan birlashtirish boshlandi. Bu birlashuv o’sha vaqtda juda zarur edi. Quldorlar bir yoqadan bosh chiqarib,katta daryoni qo’lga kiritib, mamlakatda suv xo’jaligi bilan bog’liq ishlarni yo’lga qo’ydilar. Dexqonchilik keng rivojlandi.Butun 21 asr davomida nomlar o’rtasida daxshatli urushlar avj oldi. Bunday urushlarda g’olib – janubiy nomalar bo’lib,ularning boshida Fiva xukmdorlari turdilar. Nomarxlar butun Nil vodiysi ustidan xukmronlik qilib, X1 sulola firavnligini tashkil qildilar. 12-sulolalar xam vaqti-vaqti bilan nomlar xukmdorlari tomonidan tez-tez tayziqqa uchragan.Bunday murakkab shart- sharoitlarda Amenmxet I va uning vorislari quldorlarga tayanib, mamlakat birligi va xamjixatligini saqlab qoldilar. Shu bilan birga Misrning tashqi va ichki vaziyatini mustaxkamlashga xarakat qildilar.Misr iqtisodiyotining negizi bo’lmish – Fayum suv omborini bunyod etdilar. Bu qurilishni nazorat qilib,turish uchun Amenemxet poytaxtni o’zining jonajon nomasi – Fayumga ko’chirdi.Shu sabab Fayum siyosiy axamiyatga xam ega bo’ldi.

Yangi poytaxt bo’ysunmas qabix nomlar markazida joydashib, ular bilan kurashishni xam yengillashtirdi. Amenemxet I o’zining yangi poytaxtini – “Ittaun” deb atadi,buning ma’nosi –butun misr yerlarining egasi yoki xukmdori degani.

Amenemxet I mamlakatning ichki axvolini yaxshilash bilan birga, qo’shni xududlarni qo’lga kiritishni rejalashtirdi. Dastavval Nubiyaga yurish qilib, uni qo’lga kiritadi.U yerdan ko’plab qullar va oltin zaxiralari kelib turdi.

Misr iqtsodiyotining rivoji va xo’jalikning umumiy yuksalishi bu davrda ko’plab shaxarlarning yuzaga kelishi,o’zaro aloqalar va almashininuvlar,bularning barchasi – madaniy yuksalish va tasviriy san’atning rivojiga zamin yaratdi. O’rta Podsholik xaqiqatan xam eng axamiyatli davr xisoblanib, budavrda Qadimgi Misr san’ati va adabiyoti rivojlandi.Jumladan, medisina va matematika sohasida xam rivojlanish bo’ldi.

O’rta Podsholik davri san’ati o’zida barcha murakkabliklarni namoyon etadi. Siyosiy kurashlarda firavnlik bilan bir qtorda nomarxlar xam san’atdan qurol sifatida foydalandilar. Birinchi Fiva firavnligi o’z qudrati va saloxiyatini namoish qilish maqsadida qadimgi podsholik davriga xos me’moriy obidalarga taqlid qildilar.




Download 71.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling