1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

Zardushtiylik — dunyodagi eng qadimgi dinlardan biridir va insoniyat madaniyatiga ko‘p 
ta’sir ko‘rsatgandir. Ayni vaqtda, zardushtiylik dini eng murakkab, tushunish iyin bo‘lgan din-
lardan. Bundan 3500 yil muqaddam Osiyo dashtlarida vujudga kelgan bu din Erondagi uch 
qudratli davlatda (Kayoniylar, Ahmoniylar, Sosoniylar) uzoq- asrlar hukm surgan din bo‘lishi bilan 
birga, u juda ko‘p Sharq mamlakatlarida, xususan O’rta Osiyoda ham tarqalgan edi. Tarixiy 
manbalarda ilk marta tilga olina boshlagan vaqtlarda zardushtiylik ancha eskirib qolgan edi. 
“Avesto” zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobigina bo‘lib qolmay, u uzoq asrlarning 
tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, madaniyati, xalq og‘zaki ijodining manbai sifatida ham katta 
ahamiyatga egadir. “Avesto” Sharqning O‘rta Osiyo, Eron kabi bir qancha mamlakatlari tarixining 
asosiy manbalaridan biridir. “Avesto” da yaxshilik tarqatuvchi va uni o‘zida ifodalovchi qudratlar 
xudo Axuramazd"dan shodlik va baxt makoni qaerda, deb so‘raganda u kishilar o‘y-joy. 
ibodatxonalar kurgan, bola-chaqa qilgan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan erda. 
deb javob bergan. “Avesto”da bunday deb ezilgan “allaerdan unib chiqqanda devlar larzaga keladi, 
g‘alla ekinlarini urib-yig’ib olinayotganda devlar nola-fared chekadi, g‘alla yanchib(un) 
qilinaetganda ular qocha boshlaydi, xamir bo‘lishi guyo devlarning labiga qiziltilgan temir 
bosgandek ularni tumtaraqay qiladi”. Bu kitobning shu kabi parchalari odamlari mehnatsevar 
bo‘lishiga davat etadi.
Ovrupada zardushtiylik ta’limoti antik davr — qadimgi zamonlardayoq katta qiziqish 
uyg‘otgan, Zoroastr (Ozar, Zardusht) va uning ta’limoti haqida ko‘pchilik yunon va rimlik 
yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar yozgan. Sosoniylar sulolasi davrida III—VII 
asrlarda zardushtiylikning muqaddas kitobi —«Avesto» matnlari o‘rta forsiy tilda ko‘chirila 
boshlagan vaqtlardayoq mazkur din tarixshunosligi tug‘ila boshlagan edi: Abu Rayhon Beruniyning 
«Osoru ul-boqiya»—«Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida (X asr) zardushtiylik dini 
ha-qida ancha mufassal fikr yuritiladi. 


Yuqorida aytganimizdek, 
eng 
qadimgi 
zamonlardayoq 
zardushtiylik dini juda keng 
hududlarga tarqalgan bo‘lib, ilk 
o‘rta asrlarda mazkur din o‘rnini 
asosan islom dini egallagan. 
Nati-jada 
bundan 
avvalgi 
davrlarda 
mavjud 
bo‘lgan 
zardushtiylik 
diniga 
oid 
adabiyotlarning juda ko‘p qismi, 
Sosoniylar 
davrida 
amalda 
bo‘lgan «Avesto» to‘plamining 
taxminan to‘rtdan uch qismi 
yo‘qolib ketgan. Mana shu hol zardushtiylik ta’limoti tarixini va uning tarixshunosligini o‘rganish 
uchun katta qiyinchilik tug‘diradi. Shu ma’noda zardushtiylik mavzuining o‘zi qator tari-xiy-
madaniy muammolarni o‘rganish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Yirik eronshunos olim, London 
dorilfununi professori Meri Boys shu mavzuga doir quyidagi muammolarni sanab o‘tadi: — 
Qadimgi diniy ta’limotlarni tekshiruv jarayoni Qadimiy Sharq va antik dunyo mamlakatlari — 
ichikroq qabialar va shahar-davlatlardan yirik markazlashgan podshohliklar, so‘ng imperiyalarga 
qadar kechgan siyosiy taraqqiyotning umumiy yo‘na-lishlari o‘zaro bog‘liqdir. Ilk ulug‘ davlat 
«yirik davlat tuzil-masi»dan biri Ahmoniylar davlati (miloddan avvalgi VI—IV asrlar) edi. Bu 
davlat Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarini, butun O’rta Osiyoni va ba’zi yunon shahar-davlatlarini 
o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan edi.Keyinroq markazi Eronda bo‘lgan yirik Sharq davlatlari, 
unga qo‘shni O’rta Osiyodagi Parfiya (miloddan avvalgi III asr —milodnig III asrigacha), so‘ng 
uning o‘rniga kelgan.
Sosoniylar davlati (III—VIII asrlar) va Qadimgi Xorazm davlati (III—VII asrlar), ellinlar
(eladaliklar), so‘ng rimliklar «g‘arbi»ga qarshi va Sharqdan Xitoy ta’siriga qarshi turuvchi asosiy 
siyosiy kuchlar edilar. 
Eron, Afg‘oniston va O’rta Osiyo xalqlari tarixinin turli jihatlarini diniy mazmundagi 
matnlarsiz o‘rganish mumkin emas. Bu fikr «Avesto»ga ham tegishlidir.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling