1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Sayd G’ardiziy
- Fazlulloh Abul-Hayr Rashididdin
“Osor ul-boqiya”
Ayniqsa, bo‘lg‘usi tarixchilar uchun “Osor ul-boqiya” har tomonlama namuna bo‘ladigan qimmatli manbadir. Asar 1000 yili Jurjon shahrida yozib tamomlangan. Unda qadimgi O‘rta Osiyo, Yunon, Eron, Hind, nasroniy, yahudiy va boshqa xalqlarning islomiyatgacha bo‘lgan tarixi, urf-odatlari, bayramlari va asosan vaqtni hisoblash taqvim-xronologiya to‘g‘risida mukammal ma‘lumot beradi. Ushbu asarning XIV asrda yaratilgan mo‘‘tabar qo‘lyozmasiga nodir rasmoar ishlangan va bu noyob san‘at obidasi Shotlandiya poytaxti Edinburg shahri Universiteti kutubxonasida 161 raqam ostida saqlanmoqda. “Osor ul-boqiya”ning ruscha va o‘zbekcha tarjimalari Toshkentda 1957 va 1968 yillari chop etildi. Kitob Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur. Biz asar to‘g‘risida artiqcha ma‘lumotlarni keltirmadik, chunki bizning vazifamiz qimmatli yozma manbalar to‘g‘risida umumiy tushuncha, bilim va yo‘nalish berishdir. Ushbu kitob to‘g‘risida talabalar mustaqil ish jarayonida yoki laboratoriya ishi jarayonida chuqurroq va keng bilimga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari, yana “Tarixi Xorazm” va “Mashohiri Xorazm” (“Xorazmning mashhur kishilari”) nomlari bilan ham mashhur bo‘lib, uning ayrim lavhalari – parchalari Abulfazl Bayhaqiyning 1056 yili yozib tamomlangan “Tarixi Bayhaq” va Yoqut Hamaviyning “Mo‘‘jam ul-buldon” asarlarida saqlanib qolgan. Beruniyning “Kitob fi axborot al-mubayyizot val-karomita” (“Oq kiyimlilar va karmatlarning xabarlari haqida kitob”) asari ham tarix ilmi uchun alohida qiymatga ega. Unda o‘sha zamonlarda O‘rta Osiyoda keng tarqalgan ijtimoiy harakat – karmatlar harakati haqida diqqatga sazovor ma‘lumotlar bor. Xulosa qilib aytish mumkinki, Beruniyning asarlarida tarix ilmi uchun ma‘lumotlar juda ko‘p uchraydi, ammo ulardan tashqari nomi zikr etilgan asari uning katta tarixchi olim, etnograf bo‘lganligini ko‘rsatadi. G’aznaviylar davrining eng yirik tarixchilaridan biri Abu Sayd G’ardiziy hisoblanadi. U «Zayn-ul-axbor» («Xabarlar ziynati») tarixiy-didaktik asarning muallifidir. U 1048-1052 yillar orasida yozilgan. Gardiziy o’z davrining tarixchi va tarixshunosi sifatida shu asarida oldin o’tgan tarixchilarning asarlarini tahlil qiladi. Ular orasida Tabariy, Narshaxiy, Utbiy va boshqalar bor. Mo’g’ullar bosqini O’rta Osiyo xalqlariga cheksiz kulfat va fojialar olib keldi. Movarounnahr shaharlari xarobaga aylandi, hunarmandchilik va savdo inqirozga uchradi, dalayu vodiylar bo’shab, huvillab qoldi. Sharqning eng yirik va qadimiy o’chog’i Samarqand mo’g’ullar bosqiniga qadar juda katta shahar edi. Samarkand orqali Chingizxon huzuriga borgan Xitoy rohibi Chan-Chunning so’zlariga qaraganda, mo’g’ullar bosqinidan so’ng shaharda 25 ming oila, oldingi aholining chorak qismi qolgandi, xolos. Demak, ilgari bu erda 100 ming oila, ya`ni 400 mingdan oshiq kishi yashagan. 30 ming hunarmand Mo’g’ulistonga olib ketilib, mo’g’ul shahzodalarga tarqatilgan edi. XIII asr oxiri XIV asr boshlarida chingiziylar saroyida yashagan yirik tarixchi olim va siyosiy arbob Rashididdinning hayoti va ijodi mo’g’ullarning Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi hukmronligi davri bilan bog’liqdir. Fazlulloh Abul-Hayr Rashididdin Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling