turgan Gilon va Tabariston hokimi Marzubon ibn Rustam taklifi bilan tarix fanida qisqa
«Xronologiya» nomi bilan mashhur bo’lgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» risolasini
yozadi. Asar
muqaddimasida kun va tun nima, ularning majmui va boshlanishi, oy,
yil va
milodlarning,,mohiyati, bu masalada xalqlarning tafovutlari,
xalqlarning podsho, hokimlarga
munosabati, islomga e`tiqod
qiluvchi xalqlar, arablarning johiliyat davridagi bayramlari va
musulmonlarning nishonlaydigan kunlari haqida fikr yuritiladi.
Beruniy
«Xronologiya»,
Osoru-l-boqiya»
risolasida
an`anaviy
islom
dunyosi
tarixshunosligida odat bo’lgan shohlar va qaxramonlar faoliyati, siyosiy voqealar o’rniga xalqlar
madaniyati tarixi, ularning urf-odati va fe`l-atvori masalalariii yoritishga e`tibor beradi.
Shuning
uchun tarixchilar «Yodgorliklar»ga tarixiy-etnografik tadqiqot sifatida ham qaraydilar.
VIII-XII asr Buxoro davlati tarixiga oid tarixshunoslik asosan «Buxoro tarixi» kitobidan
olinganligini alohida ta`kidlash lozim. «Buxoro tarixi»da VIII-XII
asrlarda yuz bergan tarixiy
voqealarni bayon qilarkan, musulmon tarixshunosligi
nuqtai nazaridan kelib chi-qib, islom
asoslari va fiqhni himoya qiladilar. Shu tufayli xalqning ahvoli va
arab bosqinchilariga qarshi
harakat (masalan, Muqanna boshchiligidagi xalq harakati) qoralanadi. Hukmron sinflarning unga
qarshi harakati ma`qullanadi. Ammo shunga qaramay, XII-XIIl asr tarixiy voqealarining xolisona
bayoni uni qimmatli manba darajasiga kutaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: