1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
1 mavzu

 “Zafarnoma” 
Temur haqida birinchi rasmiy tarix u hayotligida Nizomiddin Shomiy tomonidan tuzilgan 
bo‘lib, uning nomi ham «Zafarnoma» (g‘alabalar kitobi) edi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, 
bu majmua Temurning rasmiy tarixi bo‘lsa-da, Nizomiddin Shomiy uni saroydan olisda yozgani 
uchun bizning fikrimizcha, faktlar va tarixiy jarayonlar bayonida 
birmuncha xolislik bor. Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali 
Yazdiy kitoblari mustaqil asarlar bo‘lsa-da, ular bir-birlarini 
to‘ldiradilar va XIV asr oxiri, XV asr boshlarida O’rta Osiyo 
xalqlarining tarixini chuqurroq o‘rganish imkonini beradilar. 
Nizomiddin Shomiy kitobi Ovrupoda 1937 va 1956 yillari nashr 
etilgan bo‘lsa, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» si 
o’zbek tarixchilari va Sharqshunoslarining katta mehnatlari 
tufayli 1972 yili YUNESKOning qarori bilan Temuriylar davri 
san’ati tarixi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumga 
bag‘ishlab nashr etildi.
O’zbek klassik adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy 
Sharafiddin Ali Yazdiy haqida uning komilligi jumlai jahon to 
monidan e’tibor etilgan, deb yozgandi
1
. Sharafiddin Ali Yazdiy 


Yazddan uncha uzoq bo‘lmagan Taft shahrida (Eron) tug‘ilgan. 1415— 1435 yillari Shohruhning 
o‘g‘li, Ulug‘bekning akasi Ibrohim Sulton xizmatida bo‘lgan.
Ibrohim Sulton Sharafiddin Yazdiyga «Zafarnoma» ni yozishda homiylik qilgan. Ibrohim 
Sulton vafotidan so‘ng (838 hijriy—1435 milodiy) «Zafarnoma» muallifi Shohruh nabirasi, hijriy 
846, milodiy 1443 yil-da Sultoniya, Qazvin, Ray va Qum hokimi bo‘lgan Mirzo Muhammad 
tomonidan saroyga taklif etilgan. Abdurazzoq Samarqandiy

Temuriylar davri tarixiy vaziyatini 
ko‘rsatish uchun muallif quyidagi tarixiy faktni keltiradi: 1445—1446 yillari Shohruhning o‘g‘li 
Muhammad Sulton hokimiyatni egallash uchun o‘z ota-siga qarshi isyon ko‘taradi. Uning faol 
hamkorlari safida Sharafiddin Ali Yazdiy va Mirzo Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdullatif bor 
edi. Muvaffaqiyatsiz isyondan so‘ng Muhammad Sultonning ittifoqdoshi, Shohruhning nabirasi 
Mirzo Sulton Saarafiddin Ali Yazdiyni o‘z himoyasiga oladi va Hirotga yuboradi
3
, aftidan 
Sharafiddin Ali Yazdiyga jahonga taniqlik mutafakkir A. Jomiyning homiyligi seziladi. A. Jomiy 
biografi Kamoliddin Abdul — Vose’ yuqoridagi voqeadan so‘ng Sharafiddin Ali Hirotga 
kelganini, Injil nahri bo‘yida uning Jomiy bilan uchrashuvi yuz berganini yozadi. Gap shundaki, 
Sharafiddin Ali kabi Jomiy ham, o‘zini mashhur mutafakkir va tasavvufning ma’naviy otasi 
Muhammad Porsoning shogirdi hisoblar, shuning uchun uchrashuv chog‘i shoir ulug‘ tarixchining 
hayotga va o‘limga so‘-fiylik nuqtai nazarini bilishga qiziqqan
1
. O’quvchiga shuni ham ma’lum 
etib o‘tish qiziqki, Abdurahmon Jomiy bir necha yil o‘tgach, Ulug‘bek madrasasida bosh mudarris 
bo‘lgan chog‘lari «Mu-ammoi Qabir» kitobini boshlaydi va 1451 —1452 yillari tugatadi. A. 
Jomiyning biz qo‘lga kiritgan asari qo‘lyozmasi ikki mustaqil asardan iborat: birinchi asar asosan 
so‘fizm ma’qulotlari asoschisi Muhammad Porso g‘oyalariga bag‘ishlangan, «Muammoi Kabir» 
ning ikkinchi qismi esa Sharafiddin Ali Yazdiyning shu nomdagi asariga javob tariqasida 
yozilgan. Muammo janri adabiy-tarixiy olamda yangi oqim edi, u XV—XVI asrlarda hokimlar va 
mutafakkirlarining diplomatik aloqa vosita-siday edi. Sharafiddin Ali YAzdiy muammo janrining 
asoschi-laridan biridir. Bu janrning keyingi ijodkorlari A. Jomiy, A. Navoiy, 3. Vosifiy 
hisoblanadai.
Shunday qilib, Shohruh vafotidan so‘ng (hijriy 850, milodiy 1447), ehtimol A. Jomiy 
Hirotga qaytganidan so‘ng (1452 yil), ularning uchrashuvi yuz bergan bo‘lishi mumkin. 
Jomiyning bio-grafi Kamoliddin Abdul-Vose’ an Nizomiy shu haqda yozgan bo‘lsa kerak.
Sharafiddin Ali, uning Vatani Taft (Tafti Yazd) ga qaytishi xususidagi bahslarga kelsak, 
manbalarga qaraganda, u buyuk tarixchi umrining oxirigacha shu erdagi xonaqohda yashadi. Bu 
haqda Abdurazzoq Samarqandiy xabar beradi.
2
856 yilning rajab oyida (1452 yilning avgusti) 
Abdurazzoq Samarqandiy Iroqdan Xurosonga o‘tayotib Tafti Yazdda bo‘ldi. Shu erda Sharafiddin 
Ali bilan uning xonaqohida uzoq suhbatlashdi. Abdurazzoq Samar-qandiyning bu xabarini buyuk 
o‘zbek shoiri Alisher Navoiy tasdiqlaydi.
Shunday qilib, Sharafiddin Ali (858/1454 yil) Yazdda vafot etdi va o‘sha erda dafn etildi. 
«Zafarnoma» O’rta Osiyo xalqlarining nodir madaniy obidasidirki u faqat O’rta Osiyoning emas, 
butun Sharq mamlakatlari tarixi manbai, shuning uchun u hozirda ham Sharqshunos tadqiqot-
chilarning diqqatini o‘ziga jalb qilmoqda va o‘ziga xosligi, to‘plangan materiallarning 
haqqoniyligi bilan ko‘rsatilgan davr tarixiy manbalari ichida alohida o‘rin tutadi
4
. Gap shundaki, 
«Zafarnoma» tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi: 1) Muqaddima, u Temur shajarasiga 
bag‘ishlangan, unda turk urug‘lari va Chingizxonning to‘rt ulusi haqida umumiy ma’lumotlar 
beriladi, umuman, bular yuqorida sanab o‘tilgan asarlarda batafsil bayon qilingan (Masalan, 
Rashididdin, «Jome’ attavorix», Juvayniy, «Tarixi jahonkushan» va boshqalar). 2) Asosiy qism 
(Temurning o‘z tarixi). Muallif ma’lumotidan ko‘rinadiki, bu tarixiy asar Sharafiddin Alini 
saroyiga taklif qilgan Shohruhning o‘g‘li Ibrohim Sulton tashabbusi bilan yozilgan. Shoh o‘zining 


bobosi haqida maxsus kitob yaratishni istadi va u 822 (1419—1420 yy.) sohibqiron Temur haqida 
ma’lumotlar to‘plash haqida farmon berdi. Muqaddimada bu jarayon quyidagicha tas-virlangan. 
To‘plangan ma’lumotlar shohidlarning og‘zaki hikoyalari bilan taqqoslangan, so‘ng Sharafiddin 
Ali Yazdiy bu ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, Ibrohim Sultonga ular haqida fikrini aytgan, 
shundan so‘ng u «Zafarnoma» kitobini yozishga kirishgan.
Muallif to‘plangan ma’lumotlarni uch guruhga bo‘ladi: voqealar shohidlarining hikoyalari, 
ikkinchi va uchinchi o‘quv-chilar turi va fors manbalarining bilimdonlari. Barcha sanalar, o‘rinlar 
jug‘rofiy koordinatlar va ular orasidagi masofalar Ibrohim Sulton farmoniga ko‘ra har tomonlama 
tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng Sharafiddin Ali Yazdiyga beriladi. Bunda muallifga ko‘rsatma 
berilgandiki, birinchidan, badiiy nafosatli hamda tushunarli tilda bitilgan kitob bo‘lsin, 
ikkinchidan, muallif hujjatga qat’iy amal qilmog‘i, dastlabki bitiklardan chekinmasligi, hech 
narsani bo‘yab-bejamasligi shart edi. Shu yo‘sinda Temurning keng miqyosda rasmiy tarixi 
dunyoga keldi. Bir necha og‘iz so‘z «Zafarnoma» yozilish vaqtining tarixiy xronologiyasi haqida. 
Gap shundaki, asarning boshlanishi (832/1419) va tugatilishi (828/1424—1425) haqida Ali 
Yazdiy hamda zamondoshlari tomonidan berilgan ma’lumotlar bor. Lekin bahs boshqa mavzuda: 
Muallif asar ustida ishlashni davom ettirganmi, axir — 1454 yilgacha yashagan-ku? Ha, muallif 
asar ustida ishlashni davom ettirgan. Bu haqda quyidagi ma’lumot bor:
«Sohibqiron oliy hazratlarining «Zafarnomasi» ga Muqaddima muqaddas ramazon oyining 
21]-sanasida 1038 yili xudo panohida Samarqand shahrida bitildi, tangri uni kulfat va g‘amlardan 
saqlasin!» Gap bu erda O’zbekisron FA fondida saqlanayotgan «Zafarnoma» ga Muqaddima 
haqida bormoqda. Bugungi kunda Sharq tarixshunoslariga «Zafarnoma» ning 840/1436—1437 yy. 
sanasi bilan bitilgan qo‘lyozmasi ma’lum. Demak, 840 yilda «Zafarnoma» ning bir necha 
qo‘lyozmasi bo‘lgan. Asarning 1972 yil Toshkentda e’lon qilingan faksimil nashri ana shu 
qo‘lyozmalar-dan biri hisoblanadi. Ehtimol u boshqa nusxalarning asli bo‘l-gandir, bu haqda 
keyinroq fikr yuritamiz. Endi Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari yuzasidan keyingi 
yillarda olib borgan ishi haqidagi fikrimizni davom ettiramiz. Masalan, bu asarning muallifini 
yaxshi bilgan Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, «Zafarnoma» 828 yili (1424—1425) 
tugallangan, ammo muallif «Zafarnoma»ni to‘ldirish uchun 831 (1427—1428 yillar) yildan keyin 
ham ma’lumot to‘plashda davom etgan. Abdurazzoq Samarqandiyning bu fikriga suyangan o‘zbek 
Sharqshunosi Asomiddin Urinboev «Zafarnoma» ning 1972 yilgi nashrini tayyorlash chog‘ida, 
Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidanasarning ikkinchi (Shohruh tarixi) va uchinchi (Ibrohim Sulton 
tarixi) qismlarini yozgan, degan taxminni ilgari suradi va bu haqda kitob so‘zboshisida yozadi. 
Lekin A. Urinboev aytganiday «Zafarnoma» ning bu ikki qismi topilmagan, Shohruh va uning 
o‘g‘li Ulug‘bekning tarixi bitilgan «Zafarnoma» ning davomini esa Toj Salmoniy yozgan.
1897 yilda Rossiya imperiyasi birinchi marotaba «buyuk davlat» sifatida Parijdagi xalqaro 
ko‘rgazmada ulkan Rossiyaning chekka o‘lkalaridan keltirilgan eksponatlar bilan qatnashdi. 
Ko‘rgazma zallaridan biri O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, tabiiy-jug‘rofiy mavqeiga bag‘ishlangan 
edi. Chunonchi, bu erda bi-rinchi marotaba hamyurtimiz Mirzo Barot tomonidan tayyorlangan 
Samarqanddagi «Registon» ansambli maketi namoyish qilindi. O’rta Osiyo zalida «Zafarnoma» 
ning yuqoridagi nusxasi ham Muhiddin Hojining shaxsiy kolleksiyasidan olib ko‘rsatildi. Bu asar 
va uning badiiy qimmati haqidagi birinchi xabar (bezali-shi, husnixati, oltin va bo‘yoqlarda ajoyib 
ishlanganligi), 12 miniatyuraning o‘ziga xosligi, matndagi mazmunning naqshin ho-shiyali 
sahifalarda berilishi, 1899 yil Turkiston arxeologiya ishqibozlari to‘garagida N. G. Mallitskiy 
tomonidan amalga oshi-rildi. Bu xabar V. V. Bartoldni qiziqtirib qoldi. U 1902 yil Turkistonga 
«mavjud qo‘lyozmalarni tekshirish» uchun kelgan edi. So‘ng u 1904 yilgi safari haqida hisobotida 
bu qo‘lyozma mar-hum Muhiddin Hojiga tegishli ekanini yozgan edi. 1890-yillar-dayoq bu 


qo‘lyozma bilan professor A. A. Semyonov tanishgan va bu haqda o‘zining «XVII asr 
boshlaridagi Samarqand qo‘lyozmasi — Sharafiddin Yazdiy «Zafarnomasi miniatyuralari» asarida 
faxr bilan eslatib o‘tgan edi.
Tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan qarasak, rasmiy ohangda yozilishiga qaramay, Sharafiddin 
Ali Yazdiy «Zafarnoma» sida Temur faoliyatini va uning ziddiyatli shaxsini — mustabid shoh va 
Movarounnahrda markazlashgan buyuk feodal davlati bunyodkorini birmuncha odillik bilan 
yoritadi.
Sharafiddin Ali Yazdiy asari qo‘lyozma holida keng tarqalib ketgan, chunki asar uning 
zamondoshlari va keyingi asr tarix-chilari uchun ham dastlabki manba bo‘lib xizmat qildi. 
Sharafiddin Ali Yazdiyning tarixiy voqealarni bayon etish uslubi, ohangi ko‘p paytgacha 
o‘lkashunoslar, tarixchilar uchun namuna bo‘lib xizmat qildi. Masalan, XVI asrning mashhur 
tarixchilari, Mirxond (Ravzat us-Safo»), «Safo-farog‘at bog‘i», Xondamir («Habib us-siyar»—
«Do‘stlar atroblari») va boshqalar ham Sharafiddin Alining «Zafarnoma» siga suyanib ish 
ko‘rdilar. XV va XVI asrlardayoq «Zafarnoma» ning g‘oyasi va mazmuni Lutfiyni (1492 yilda 
vafot etgan) o‘zbekcha g‘azallar bitishga ilhomlantirgan bo‘lsa, mashhur shoir Abdurahmon 
Jomiyning shogirdi va jiyani Xotifiyga (927/1521 yilda vafot etgan) tojikcha-forscha she’rlar 
yozishga turtki bergan. Xotifiy o‘z asarini «Temurnoma» deb atadi. Ikkinchi nasriy tarjima o‘zbek 
tiliga O’rta Osiyo mutafakkiri, XVI asrning qomusiy olimi Muhammad Ali ibn Darvish Ali 
Buxoriy tomonidan dastlabki Shayboniylardan Ko‘chkunchixon (916/1510—936/1530) 
topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan. 1822—1823 yillari esa «Zafarnoma» ni Xiva shoiri 
Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammad So‘fi al-Xevaqiy o‘zbek tiliga qisqartirib tarjima qildi. 
Adabiyotda 1842 yil Hofiz Muhammad ibn Ahmad al-Ajamiy «Zafarnoma» ni turk tiliga tarjima 
qilgan, degan ma’lumot uchraydi.
«Zafarnoma» 1723 yilda fransuz va ingliz tillarida qisqartirilgan holida nashr etilgan. Rus 
Sharqshunosi A. Krimskiy ma’lumotiga ko‘ra, Italiya Sharqshunosi Bradutti «Zafarnoma» ni 
italyan tiliga tarjima qilgan, shuningdek, asarning Temurning Oltin O’rdaga qilgan yurishi 
haqidagi o‘rinlarining ruscha tar-jimasi ham bor. Bu parchalar 1936 yil Sharlua tomonidan forscha 
asl matnda va fransuzcha tarjima nashr etilgan. Temurning Hindistonga yurishi tafsiloti XIX asrda 
ikki bor tarjima qilingan. Nihoyat, Turkiston va Oltin Urda tarixi bilan bog‘liq katta-katta 
ma’lumotlar mamlakatimizda 1939 yil-da fors tilidan rus tiliga tarjima qilingan.
O’rta Osiyo tarixshunosligining durdonasi —«Zafarnoma» jahon tarixchilarining tadqiqot 
manbai bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunonchi, 1887—1888 yillari hind Sharqshunosi 
Mavlaviy Iloxdom tashabbusiga ko‘ra olti nusxa asosida «Zafarnoma» ning ikki jildligi 
Kalkuttada nashr etildi.
1958 yilda Muhammad Abbosiy tomonidan uch qo‘lyozma va yuqorida zikr etilgan Kalkutta 
nashri asosida Tehronda yangi nashr paydo bo‘ldi. Abbosiy foydalangan qo‘lyozmalarning ikkitasi 
mu-allif hayotligidagi nusxalardir: biri— sanasiz, Muhammad Abbosiyning shaxsiy mulki, 
ikkinchisi — Majlis kutubxonasida, (36782-son, ko‘chirish sanasi xijriy 840, 1436 yil), uchinchisi 
yana Majlis kutubxonasida bo‘lib, 36773-son, 1037/1637—1638 yilla-ri ko‘chirilgan.
Demak, A. Urinboevning haqqoniy ko‘rsatishicha, «Zafarnoma» ning fransuz va ingliz tiliga 
tarjima qilgan tarjimonlar, shu kungacha bibliografik noyob bo‘lsa-da, asarning beshdan bir 
qismini tashkil etgan muqaddima qismi tarjimasini tu-shirib qoldirganlar. Asarning Kalkutta va 
Tehronda nashr qi-lingan nusxalarida Muqaddima qismi yo‘q. Shuning uchun A. Urinboev 
tomonidan faksimal nusxa, kirish so‘zi, izoh va ko‘rsatmalar bilan tayyorlangan «Zafarnoma» 
matni asarning eng yaxshi nusxalarini o‘zida jamlagandir. Shubhasiz, «Zafarnoma» ning mazkur 


nashri O’rta Osiyo xalqlarining XIV asr oxiri, XV asr boshlaridagi hayotini o‘rganishda 
tarixchilarga yaqindan yordam beradi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling