1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad ibn Zufar ibn Umar
Narshaxiy. «Buxoro tarixi»
Bu asar «Kitob-ul-ansob» majmuasining muallifi Sam’oniy dalolat berishiga qaraganda, tarixchi Narshaxiy qalamiga man-subdir. Narshaxiy Buxoro viloyatida Narshax qishlog‘ida tug‘il- gan. Uning to‘la ismi Abu Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Shariq (899—960 y) dir. Gap shundaki, arab tilida yozilgan bu asarning asl nusxasi bizgacha etib kelmagan yoki hozircha topilgani yo‘q. Bizgacha etib kelgan «Buxoro tarixi» so‘z boshisida yozilishicha, kitobni 1128 yili arab tilidan quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy o‘z do‘stlari taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Quboviyning yozishicha, u tarjima jarayonida kitobdagi ortiqcha tasvir va keraksiz joylarni qisqartirgan, ammo asl mohiyati va maz-munini qoldirib, keyingi tarixiy voqealar bayonini o‘zidan qo‘shgan. Kitobning 1939 yilda Tehronda nashr etilgan nusxasidan ko‘rinadiki, «Buxoro tarixi»ga keyinroq ham boshqa mualliflar xomonidan qo‘shimchalar kiritilgan. Bu haqda eronlik olim Muhammad Toqi Bahor o‘ziniig 1958 yili Tehronda nashr etilgan «Malik ush-shuaro» kitobida guvohlik beradi. Tarixiy nuqtai nazardan, tarjimon Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al Quboviy bunday xabar qiladi: Narshaxiy asarining do‘stlari taklifiga binoan arab tilidan forschaga tarjima qilinishining sababi, asarni ko‘pchilik o‘qib tushunishiga qulay bo‘lishi; qiziqarli bo‘lmagan o‘rinlar, ortiqcha arabcha o‘xshatishlar va jimjimador ifodalarni qisqartirib, kitobning ommabop bo‘lishi uchundir. Ikkinchi tarjimon Muhammad ibn Zufar ibn Umar esa 1178—1179 yillarda «Buxoro tarixi» ni fors-tojik tiliga tarjima qilganda, uni yanada qisqartirdi va yana qayta ko‘chirish, ko‘paytirish uchun tayyorladi. Kitobning bu tarjima nusxasini o‘qir ekanmiz, 1178— 1179 yilda yuz bergan tarixiy voqealardangina emas, 1220 yilgacha bo‘lgan voqealardan ham xabardor bo‘lamiz ! . Gap shundaki, tarixchi A. Suxareva 2 Eron olimi Muhammad Toqi Bahor 3 larning ma’lumot-lariga qaraganda «Buxoro tarixi» biz yuqorida tilga olganimiz-dan boshqa ko‘p kishilar tomonidan qisqartirilgan, qo‘shimcha kiri-tiltan va izohlangan. Shunga qaramasdan, hamma tarjimon va sharhchilar kitobning asl muallifi Narshaxiy ekanligini bir ovozdan tasdiqlaydilar. Bu asarning nomi haqida bir necha so‘z. O’z asariga Narshaxiy qanday nom bergani haqida ma’lumot yo‘q. Shuning uchun uning nomi turli yurt tarixshunoslik adabiyotlarida turli shakllarda ishlatiladi: «Tarixi Narshaxiy», «Narshaxiy tarixi», «Tarixi Buxoro» «Tahqiq ul-viloyat» («Viloyat haqiqatini aniq-lash»), «Axbori Buxoro» («Buxoro haqida xabarlar») va hokazo 4 . Shunga qaramay, u hozirgi tarix fanida «Tarixi Buxoro» bo‘lib qat’iy o‘rin oldi. VIII—XII asr Buxoro davlati tarixiga oid tarixshunoslik asosan «Buxoro tarixi» kitobidan olinganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu asarga bo‘lgan katta qiziqish uning jahon xalqlari tillariga ko‘p marta tarjima qilinishiga va ketma-ket nashr etilishiga sabab bo‘ldi. Masalan, fransuz Sharqshunosi Ch. Shefer 1892 yili Parijda «Buxoro tarixi»ni nashr etdi. Bu asarni Samarqand uezdining sobiq boshlig‘i, polkovnik N. Likoshin rus tiliga tarjima qilib, 1897 yili Toshkentda, o‘zbek ma’rifatchisi Mulla Sulton so‘zboshi bilan 1904 yili Buxoroda, Eron olimi, Mudaris Rizaviy 1939 yili Tehronda, Angliya Sharqshunosi R. Fray 1954. yili Kembrijda nashr etgan. Nihoyat, 1966 yili o‘zbek tilida Sodiq Mirzaev tarjimasida Toshkentda nashr etildi. Shunday qilib, asl muallif Muhammad ibn Ja’far, uning tarjimoni va davomchisi Ahmad ibn Muhammad, shuningdek, keyingi mutarjim va sharhlovchi Muhammad ibn Zufar «Buxoro tar- xi»da VIII—XII asrlarda yuz bergan tarixiy voqealarni bayoi qilarkan, musulmon tarixshunosligi nuqtai nazaridan kelib chiqib, islom asoslari va fiqhni himoya qiladilar. Shu tufayli xalqning ahvoli va arab bosqinchilariga qarshi harakat (masalan, Muqanna boshchiligidagi xalq harakati) qoralanadi. Hukmron sinflarning unga qarshi harakati ma’qullanadi. Ammo shun-ga qaramay, XII—XIII asr tarixiy voqealarining xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga ko‘taradi. Busiz Urta Osiyo xalqlarining arablar hukmronligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoliga, keng xalq ommasining bosqinchilarga qar-shi kurashiga baho berish mushkul. «Buxoro tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir. Bu davr tarixshunoslikgi rivojida o’z hissani qo’shga yana bir qomusiy olim Abu Rayhon Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling