1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Sh. Shifman
(hozirgi Xo’jand) Iskandar rejasi bilan qurilgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Chek-
ka Iskandariyada grek-makedon qo’shinlarining horib-charchagan, yarador bo’lgan yoki qarib, qattiq janglarga yaramay qolgan jangchilari, yaqin-atrofdan ixtiyoriy ravishda kelgan so’g’diyonaliklar joylashtirilgan. Shahar aholisining ma`lum qismi asirlardan iborat edi. Iskandar rejasiga muvofiq, bunday shaharlar makedoniyaliklarning boshqa istilolari uchun tayanch istehkomlariga aylanishi kerak edi. Ammo Iskandar istilochilari O’rta Osiyo xalqlarini uzoq vaqt asoratda tutib turolmadi. Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Iskandar o’ziga qarshi bosh ko’targan So’g’diyonani uch marta qaytadan zabt etishga majbur bo’ldi. Ayniqsa O’rta Osiyo qabilalarining milliy qahramoni Spitamen boshchiligidagi vatanparvar kuchlarning istilochilarga qarshi ozodlik kurashi makedoniyaliklar uchun katta xavf tug’dirar edi. Uziga qarshi xalq harakatlarini bostirish uchun Iskandar juda ko’p harbiy va moddiy kuchlarii sarflashdan tashqari mahalliy zodagonlar bilan «do’stona» aloqalar o’rnatishga harakat qildi. Iskandar mahalliy zodagonlarning siyosiy ta`sirini va yer-mulklarini kengaytirdi. U mahalliy zodagonlarga saxovat bilan mol-dunyo, qul, cho’rilar sovg’a qilishdan tashqari, So’gdiyonaning boy va ta`sirli mansabdori Oksiartning qizi Ravshanak (yunon- rim manbalarida Roksana) ga uylandi. Iskandarning Ravshanakka uylanishi uning So’g’d-Baqtriya zodagonlari bilan aloqalarini mustahkamlash bilan birga ularni o’z tarafiga og’dirib olishga imkon berdi. Iskandar mana shu yangi siyosati bilan O’rta Osiyoni batamom o’ziga bo’ysundirishga erishdi, Shunga qaramay, Iskandarning qo’shinlari orasida uning siyosatidan norozi bo’lgan ayrim lashkarboshilar isyon ko’tarishga urindilar. Ammo ularning noroziligi shafqatsizlarcha bostirildi. Mahalliy zodagonlarning makedoniyaliklar tarafiga utishi Iskandarga O’rta Osiyodagi dehqonlar va chorvador jamoalari qarshiligini engishga hamda O’rta Osiyoni o’zining juda katta monarxiyasi qatoriga qo’shib olishga yordam berdi. Makedoniya istilochilariga ittifoqchi bo’lib olgan mahalliy zodagonlar O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy hayotining barcha sohalarida hukmron siyosiy va iqtisodiy kuchga aylandi. Keyinchalik xam Iskandar va uning vorislari (Salavkiylar va boshqalar) O’rta Osiyo xalqlari hayotida tarixan tarkib tolgan bu vaziyat bilan hisoblashishga majbur edilar. Xullas, Makedoniya istilosidan so’ng O’rta Osiyo xalqlarining xalqaro iqtisodiy, savdo aloqalari kuchayib bordi. Ayniqsa urta osiyoliklarning Iskandar qo’shinlari fath etgan Hindiston bilan yaqin aloqalar o’rnatishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. So’g’diyona va Baqtriyada ham yangi-yangi shaharlar qad ko’tardi. Tarixiy manbalarda Iskandar va uning lashkarboshilari O’rta Osiyoda 12 ta shahar bunyod etganligi aytiladi. Shu bilan birga olimlardan I. Sh. Shifman Iskandar qo’shinlarining So’g’diyonadagi vayrongarchiliklarini Chingizxon istilosiga o’xshatadi. Bu vayrongarchiliklar oqibatida mamlakat xalqi keskin kamayib ketdi. So’g’d aholisi Vatanlarini tark etib, boshqa yurtlarga bosh olib ketishdi. Grek-makedonlar Farg’ona, Ettisuv, Markaziy Osiyoni ham mustamlakalariga aylantirdilar. Iskandarning istilochilik siyosatini uning vorislari (selevkiylar) davom ettirdilar. Iskandar vafotidan 75 yil o’tgach, Baqtriya satrapi (noibi) Diodot o’zini mustaqil hukmdor deb e`lon qildi. Pompey Trog mubolag’a qilib ezishicha, minglab shaharlar Diodot qo’l ostiga o’tdi. Selevkiylar davlati miloddan avvalgi 255-250 yillarga kelib bo’shashdi. O’rta Osiyo xalqlari ba`zi davrlarda Hindiston va Xitoy bilan bir davlat bo’lib yashagan. Miloddan avvalgi II asrda yashagan Xan saroyi elchisi Chjan-TSyan asarlari, epigrafik yodgorliklar va arxeologik qazuv natijalari bunga guvohlik beradi. Ayniqsa, arxeologlarning olib borgan qazuv va kuzatuv ishlari tufayli qadimiy tariximizning juda ko’p noma`lum sahifalari ochildi. Bu ishlar o’sha zamonlardagi madaniy hayot muammolari, ishlab chiqarish kuchlari, tarixiy toponimika, tarixiy jo’g’rofiya, iqtisodiy aloqalar, xalqlarimiz etnogenezi (milliy kelib chiqishi) sohasida qimmatli ma`lumotlar beradi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling