1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini o’rganuvchi fan. Tarixshunoslik tarixiy bilimlar 
taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki ma`lum bir 
muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlarni o’rganadi va tahlil qiladi.Tarixshunoslik nafaqat 


tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan, Sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va b) tarixi 
bilan ham shug’ullanadi. 
 
Tarixshunoslik utmishda kechgan va bugunda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarning 
odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiy-tarixiy rivojlanish 
jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning o’sib borish 
jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda , ma`lum bosqich yoki davrda tarix 
fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo’nalishi bilan bog’liqlikda ifodalaydi, ijtimoiy-
siyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga ta`sirini, u yoki bu yo’nalishdagi rivojlanish va 
tanazzulga yuz tutish sabablarini aniqlaydi. 
Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan ilmiy-tadqiqot 
markazlari tarixini, unda faoliyat ko’rsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga 
qo’shgan hissalarini o’rganish kabi vazifalarni ham bajaradi. 
Alisher Navoiy tili bilan aytganda Alloh olamni yaratgan ekan, bundan uning murodi inson 
ekan. Inson paydo bo‘libdiki, uning mohiyati yolg‘izlikka emas ijtimoiylikka intilib kelgan. Eng 
ibtidoiy holatida ham inson tabiat oldida o‘zi singarilar bilan birlashgan. Shakllangan uyushuv esa 
tarixda o‘z bosqichiga ko‘ra turlicha ataladi poda, to‘da, urug‘, qabila va hokazo. Bas shunday 
ekan, tarix inson va jamiyat munosabatlari, o‘z navbatida jamiyatning tabiatga nisbatan hamda 
o‘zining yashashi, uchun muhim bo‘lgan iqtisodiy zahiralariga munosabati shakllari, ularning 
ijtimoiy huquqiy asoslari, davlat, uning siyosati orqali yuzaga keladigan turli vaziyatlar, voqea-
xodisalar tizimining o‘zaro bog‘lab turuvchi va farqlovchi qonuniyatlari – bularni chuqur 
tushunmay turib insoniyat tarixini idrok etish mushkul. Aksincha, jamiyat ayrim olingan individga 
nisbatan o‘zining turli qirralarga ega munosabatini shakllantiradi. O‘z navbatida bu ta’sirlar tizimi 
ijtimoiy birlik ichida ma’lum manfaatlar qatlamlari aro taqsimlanadi. Ya’ni tarixning ijtimoiy 
yo‘nalganligi masalasi paydo bo‘ladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling