1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Tarixshunoslik tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

Tarixshunoslik tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. O’rta asrlarda yaratilgan 
ba’zi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayxon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan kolgan 
yodgorliklar» va «Xindiston», Abu Bakr Narshaxiyning «Tarixi Buxoro», Sharafiddin Ali 
Yazdiyning «Zafarnoma», Boburning «Boburnoma», Muxammad Yusuf Bayoniyning «Tarixi 
Xorazm», «Shajarai Xorazmshoxiy», Ahmad Donishning «Buxoro amirligining tarjimai hollari» 
va boshqalarda muayyan ma`lumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida 
taxliliy yondashuvga bo’lgan harakatlar kuzatiladi. 
O‘zbekistonda tarixshunoslik tarix fanining maxsus sohasi va alohida predmeti sifatida 
XX asrning II yarmida shakllandi. O’zbekiston FA Tarix instituti tashkil topgach, bir qator 
tarixshunoslar, jumladan V.X.Nepomnin, R.N Nabiev, I.K.Dodonov, L. M. Landa, X.I.Inoyatov, 
B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadqiq qilishga kirishdilar.1968 yil 
Tarix instituti qoshida «Tarixshunoslik» sektori, keyinroq bo’lim tashkil etilishi bu sohaning 
rivojiga katta hissa qo’shdi. (Bo’limni 1968-1988 yillarda t.f.d.B.V.Lunin, 1988-1992 yillarda 


t.f.n.V.A.Germanov boshqargan, 1992 yillardan t.f.d. prof.D.A.Alimova rahbarlik qilib 
kelmoqda). 
Istoriografiya tushunchasi ikki ma`noda qo’llaniladi: 
1. Tarixiy bilimlar taraqqiyoti va tarixiy tadqiqot usullariga doir fan ma`nosida. 
2. Muayyan tarixiy davrga yoki muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlar majmuasi 
ma`nosida (masalan, hozirgi davr istoriografiyasi). 
Shu maqsadlardan kelib chiqib, biz mazkur ishimizda quyidagi masalalarni ko‘rib 
chiqamiz:
1. Zardushtiylik tarixi tarixshunosligi. Uning tarixi va hozirgi ahvoli: Makedoniyalik Iskandar
istilosiga qarshi So‘g‘diyona xalqlarining ozodlik uchun kurashi tarixshunosligining ba’zi
muammolari (mil. avv. 329—327).

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling