1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

Inson va insoniyatsiz uning tarixi ham yo‘q. Insoniyat tarixning tabiat tarixidan farqi uning 
ijtimoiyligidadir. Faqat inson ongli ravishda o‘z o‘tmishini idrok etishga, ijobiy va salbiy 
oqibatlarini tajriba sifatida talqin qilishga qodir. Biroq masalaning bu echimiga qadar tarixni 
tushunish yo‘lidagi qarashlar turli-tuman va murakkab bo‘lgan.Butun borliqning tarixi sanoqsiz 
milliard yillar bilan, cheksizlikkacha darajada belgilanishi ma’lum. Biologik quyosh shu 
milliardlarning bir qismi, xalos. Insoniyat tarixi esa yanada kichik davrni tashkil etadi. Umuman 
 
 
Tarixshunoslik fanining asosiy 
vazifasi 
tarix fani rivojini chuqur va har 
tomonlama xolisona anglashdan 
muayyan taraqqiyot davrida 
to’plangan tarixiy bilimlarni tahliliy 
tadqiq etish 
,
amalga oshirilgan ishlarning 
natijasini chikarishdan hamda shu 
asosda tadqiq etilgan dolzarb 
muammolarni aniqlash 
kelgusi arning yo’nalishlarini 
belgilashdan, tarixchilarni muayyan 
tarixiy-ilmiy muammo doirasidagi 
adabiyotlarga yo’naltirishdan iborat 


borliq ichra jonli va jonsiz hayot haqidagi tarixiy tasavvurlar insonning ilmiy-nazariy va noilmiy 
empirik bilimlari mahsulidir. Demak o‘tmish (xoh tabiat, xoh jamiyat o‘tmishi) haqidagi bilimlar 
aslida ijtimoiy xodisadir. Ya’ni inson tomonidan, uning jamiyati erishgan darajalarda anglab 
etilgan (va ba’zan anglab etilmagan holda) talqin etilgan bilimlar majmuidir. 
Tarix fanining bosh maqsadi (bu haqda quyiroqda alohida to‘xtalamiz) jamiyat bosib o‘tgan 
taraqqiyot va tanazullar, yangidan jonlanishlar, sifat va miqdor o‘zgarishlarining sabablari, 
jarayonlarning kechishini, oqibatlarini, ichki qonuniyatlarini, tashqi omillarini, iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy shart-sharoitlarini tushuntirishdan iborat. 
Inson va tabiat deganda odamzodning tirikligi bevosita bog‘liq uyashagan muhitning hayot
omili sifatidagi o‘rni haqida gap boradi. Shu g‘oya asosida uning keng talqinini tarix va biosfera, 
etnos va biosfera munosabatlari sifatida talqin qilish fanda yangicha yondashuvga olib keldi.
Tarix bunga son-sanoqsiz guvohliklarni beradi. Ibtidoiy davrlardan boshlab inson va uning 
turli darajalardagi jamoasi o‘zining iqtisodiy ta’minlanishi barqarorligi, mo‘l-ko‘lligi uchun 
kurashib kelgan. Bu omilning mustahkamligi uchun jamiyat ichida tashkiliy xo‘jalik jarayoni, 
zahiralarni ehtiyotlash, tejash, me’yorlab taqsimlash kabilar qadimdan e’tiborda turgan. Tashqi 
olamda esa barqaror iqtisodiy imkoniyatlarni o‘zgalardan tortib olish, o‘zlashtirish kabilar 
jamoalar (urug‘ va qabilalar) o‘rtasida talash-tortish ob’ektlari bo‘lgan. Intensiv va ekstensiv 
iqtisodiy munosabatlar tarixiy jarayonlarning ichki va tashqi omillari bo‘lib kelgan. 
Davlatchilik jarayonlarining vujudga kelishida ham iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning 
ma’lum darajaga etishi, mehnat taqsimoti, mehnat samaralarining taqsimoti, bundagi notengliklar, 
mulkiy-ijtimoiy tabaqalanish kabilar yetakchi omil bo‘lgan. Davlat inson va uning jamiyatini 
ma’lum huquqiy asosda siyosiy boshqarish demakdir. Agar insonning manfaatlari davlat o‘rnatgan 
huquq tartibot tufayli kamsitilsa, bunday davlat bilan inson va uning jamoasi o‘rtasida ziddiyat 
chiqadi. Ziddiyat esa turli sotsial iqtisodiy talablar uchun kurash shaklida tarixiy voqealar 
sababchisi bo‘ladi. 
Tarix, madaniy-ma’naviy an’analar, qadriyatlarning shakli, mazmuni, mohiyati kabilarni 
tarix orqali onglarga singdirish doimiy dolzarb masala bo‘lib qoladi. 
Demak, xulosa o‘rnida quyidagilarni aytish mumkin: 
1. Tarixiy bilim ijtimoiydir. Bu bilim xoh inson va uning jamiyati haqida, xoh tabiatga xos 
bo‘lsin – uning shakllanishi, tizim holiga kelishi, to‘lishib, murakkablashib borishi, avvalo inson 
va uning tafakkuriga bog‘liq.
- Tarix inson va uning ijtimoiy hayoti jarayonlarining uzluksiz, voqea-hodisalari tizimini 
o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Masala bu voqea-hodisalar tizimi bo‘g‘inlarining ichki va tashqi 
omillarini, qonuniyat sifatida baholanadigan jihatlarini xolisona o‘rganish, to‘g‘ri xulosalar 
chiqarishdadir. 
3. Inson avvalo ilohiy musharraf zotligidan tashqari “tabiat mahsuli” hamdir. Zero, inson 
azal va abad tabiat imkoniyatlaridan manfaatdor. Qolaversa, inson biologik oliy mavjudotdir. Bas 
shunday ekan, inson va tabiat o‘rtasida mutanosiblik uchun kurash tarixning ajralmas qismidir. 
Chunki inson hayot muhiti uning iqtisodiy ta’limoti demakdir. Ana shu muhitga egalik uning 
ne’matlaridan foydalanish uchun kerak mehnat va ishlab chiqarish jarayonlari tarixning asosiy 
omillaridir. 
Tarixda shaxsning rolini ko‘rsatishda obyektiv tarixiy nuqtai nazaridan yondashish muhim 
ahamiyatga ega. Bu masalada g‘oyaviy-mafkuraviy talablardan kelib chiquvchi biryoo‘lamaliklar 
tarixni buzib ko‘rsatishga olib keladi. Masalan, mavjud adabiyotlarda Mahmud G‘aznaviyga 
salbiy baho berish tendensiyasi yetakchi o‘ringa ko‘tarilgan. Holbuki, o‘z tarixiy shart-sharoitiga 
ko‘ra Mahmud G‘aznaviy kuchli markazlashgan davlat tuzish maqsadi bilan ish ko‘rgan. Bu 
maqsadining vositasi tinimsiz urushlar bo‘lganligi zamonasining tarixiy shart-sharoiti bilan 
bog‘liq edi. Xuddi shu maqsad bilan harakat qilgan Ioaan IV (Grozniy)ning yurishlarini Rus tarixi 
oqlaydi. Ayni rus tarixnavisligida Amir Temur shaxsiga nisbatan bir yoqlama baho ustun bo‘lib 
kelgan. Lekin Yevropa tarixshunosligida Amir Temurning harbiy-siyosiy faoliyatini tarixiylik 
asosida yoritishga qaratilgan asarlar ham yo‘q emas.


Insoniyat tarixiga eng qadimgi munosabat masalasi odamzodning tabiatdan o‘zini ajratib 
qarash darajasidagi tafakkuriy bosqichdan boshlanadi. Ma’lumki, tarixda eng qadimgi yozuvli 
sivilizatsiya makonlari Mesopotamiya va Misr hududlarida paydo bo‘lgan. Ayni ularda yozuvning 
bo‘lganligi, yozma yodgorliklarini o‘qiga erishilganligi, ulardan ko‘plab ma’lumotlarni olish 
mumkinligi, jumladan, misrliklar va mesopotamiyaliklar o‘z o‘tmishlariga qanday qarashlari 
mavzuda qo‘yilgan masalani yoritishda muhim nazariy ahamiyat kasb etadi.
San’at va adabiyot o‘tmish xotirasi va kechuvchi zamonni aks ettiradi. Biroq san’at va 
adabiyot hodisalari ham tarixdan tashqarida emas. Shu sababli ularda aks etadigan voqea-hodisalar 
ma’lum badiiylashgan shaklda tarixiy jarayonning in’ikosidir. Lekin o‘tmishda chindan ham 
o‘ringa ega yoki o‘ylab topilgan o‘tmish voqe’ligining modeli fikrlardan tarixning ibratli 
xulosalardan, roviy va haqqoniy ifoda topadi.
Tarix haqidagi roviy gaplar muayyan ijtimoiy qatlamning, jamoaga xos psixologiyasini aks 
ettiradi.
Tarixni yaxlit va milliy darajada anglash uchun kollektiv xotira darajasida millat 
o‘tmishning manzaralarini tiklash an’anasi bo‘lmog‘i lozim. Tarixiy xotira aslida shudir.
Shu nuqtai nazardan tarixni tushunish masalasiga maxsus yondashilsa, bu jarayonning 
murakkab bosqichlarini ko‘rish qiyin emas. Uzoq o‘tmishda insoniyat o‘zi bosib o‘tgan yo‘lni 
xotirada saqlash imkoniyati cheklangani sababli o‘tmish to‘g‘risida xayoliy tasavvurlar yo‘lidan 
borishi tabiiydek bo‘lgan. Bunday yondashuv avvalo olam – borliqqa nisbatan, uning real 
mohiyatini tushunishdan fantastik tasavvurlar orqali fikr yuitish yetakchi bo‘lgan. Odatda 
o‘tmishni obrazlashtirish natijasida asotiriy tafakkur yuzaga kelgan. Tarixga nisbatan qo‘llangan 
asotir esa asos-e’tibori bilan real tarixni muayyan obrazlar tizimi orqali umumlashtirishga 
qaratiladi. Biroq bunda real tarixdan ko‘ra ko‘proq uning ma’lum ishoratlar tizimi aks etgan 
bo‘ladi. Demak, tarixga mifologik yondashuv afsonalarni real tarix qilib ko‘rsatish uchun 
vositaga aylanadi. Buni biz Yunon tarixchilik an’anasida kuzatishimiz mumkin. Qadimgi yunonlar 
o‘z tarixlarida o‘zlari o‘ylab topgan va muayyan tizimga solingan asotiriy obrazlarni hech 
ikkilanmay o‘z tarixlarining qismi deb hisoblar edilar. Shu sababli yunonlar yaratgan mifologik 
dunyo qadimgi Yunon jamiyatining osmonga, samoga ko‘tarilgan nushasiga aylangandek. Zevs 
oliy hukmdor xudo, barcha ma’bud va ma’budalar uning izmida va h.k. Bu model aslida Yunon 
jamiyatining boshdan kechirgan tarixiga obrazlashtirilgan kitobdek gap edi.
Shu qarashni Markaziy Osiyo mintaqasiga tadbiq etadigan bo‘lsak, Yunon modelining 
o‘ziga xos talqinini mahalliy mifologiyada, keyinchalik folklor ijodiyoti tizimida kuzatish 
mumkin. Jumladan, zardushtiylikka qadar tarixni asotir orqali talqin qilinadigan bo‘lsa, unda turli 
tabiat va jamiyatga xos ilohiyot tizimining mustaqil o‘z qaramog‘idagi sohalar bor ekanligini 
ko‘rish mumkin: Mitra borliq dunyoning ezgu qo‘riqchisi, Varaxran qudratli harbiy salohiyat 
bo‘lib, borliq dunyoni yomonliklardan asrovchi, Ardvisura hayotning eng muhim omili suv va 
boshqalar. Lekin zardushtiylik ana shu o‘ziga qadar amal qilgan diniy tushunchalarni yakka-
yolg‘iz irodat egasi Axuramazdaga bo‘ysundirdi. Shu davrdan boshlab jamiyatdagi davlatchilik 
jarayonlarining mohiyati Axuramazdaning yakkaligini e’tirof qilish orqali ilk podshochilik 
g‘oyalari asotiriy ravishda asoslangan edi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling