1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
2. Musulmon Renessansi (Uyg‘onish davri). O’rta Osiyo tarixi tarixshunosligi (Narshaxiy,
Tabariy, Beruniy, Maqsidiy va boshqalarning asarlari). 3. Mo‘g‘ullar istilosi va ularning hukmronligi davrida (XIII—XIV asrlar) Movarounnahrga doir tarixiy asarlar. 4. Temur va temuriylar davri (XIV—XV asrlar) ga doir O’rta Osiyo tarixshunosligi. 5. O’rta Osiyoning XVI asr — XIX asrning birinchi yarmidagi tarixiga doir asarlar. 6. Rossiya Sharqshunosligida Urta Osiyoga doir tarixshunoslik tarixidan. A) Rus Sharqshunosligi tarixiga muqaddima; B) Rossiyada Sharqshunoslikning ahvoli; C) Peterburg, Moskva, Qozon va Xarkovda XIX asrning birinchi yarmida Sharqshunoslikning ravnaqi. 7. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Rossiyada Sharqshunoslik rivoji va O’rta Osiyo tarixining o‘rganilishi; 8. Mustamlaka davrida (XIX asr birinchi yarmi va XX asr boshlarida) O’rta Osiyo tarixi tarixshunosligining ahvoli. 9. O’rta Osiyo tarixi tarixshunosligining 1920 yillardagi ahvoli. O’rta Osiyo tarixiga doir Vatanimiz tarixshunosligi tarixi bir necha o‘n yillarni o‘z ichiga oladi. Arab, fors-tojik, turkiy, eski o‘zbek tillaridagi qo‘lyozmalar, Rossiya va O’rta Osiyo Sharqshunosligi asarlari (kitob, risola, maqola, tarixiy qasida, xotira, taqrizlari) minglab nomlardan iborat bo‘lib, ulardan ba’zilari bosilib chiqqan va anchaginasi haligacha nashr etilmagan. Hozirgi vaqtda arab fors-tojik, eski o‘zbek (turkiy) tillar-dagi qo‘lyozmalar Ashxobod, Moskva, Sankt-Peterburg, Toshkent, Samarqand, Dushanbe, Boku, Qozon, Tiflis (Tbilisi), Ufa, Maxachkal’a, Kiev, Odessa, Lvov hamda boshqa shaharlarda saqlanmoqda. Bunday qo‘lyozmalardan ba’zilari O’rta Osiyo va Qozog‘iston diniy nazorati muassasalarida, shuningdek viloyat shaharlari va qishloqlarida saqlanmoqda. Ilmiy-tadqiqot oliygohlarida, arxivlarida, kutubxonalarda, muzeylarda, oliy o‘quv yurtlarida, masjid, madrasalarda, shaxsiy xonadonlarda ham tarixga oid qo‘lyozmalar bor. Ana shunday turli hududlarda sochilgan qo‘lyozmalarning hozircha aniqlangan miqdori 44 ming jilddan ziyodroqdir. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, XIX— XX asrlarga oid qo‘lyozmalar haqida juda ko‘p yozilgani holda XIII—XVIII asr-larga oid qo‘lyozmalar juda kam o‘rganilgandir. O’rta Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligini o‘rganish jarayonida uni davrlarga bo‘lish, mavzular va muammolar bo‘yicha bahsli masalalar tug‘ilishi mumkin. Shuningdek, har bir bobning muayyan bir xil hajmini talab qilish, hamma ham topishi qiyin bo‘lgan ko‘plab adabiyotlarni keltirish o‘rinsiz bo‘lur edi. Biz har bir bobda tarixshunoslikda qabul qilingan asosiy davrni yoritishda o‘quvchilarning zehni, qobiliyatiga, ular qo‘lyozma va toshbosma asarlarni, tarixiy manbalar va xotira, esdaliklarni bir-biridan farqlay olishiga ishondik. Urug‘chilik munosabatlari rivojlanib, sinflar vujudga kelgandan keyin o‘tmish haqidagi bilimlar, urug‘, qabilalar va ularning zodagonlarining avom oldida mavqei va etiborini belgilashga yordam bergan. Boshqacha qilib aytganda, ibtidoiy jamoa davrida o‘tmish haqida to‘plangan bilimlar jamiyat rivojida muayyan rol o‘ynagan. Sinfiy jamiyatta o‘tilishi, davlatning vujudga kelishi natijasida tarixiy bilimlarga ehtiyoj ortadi, tarixiy faktlarni tanlash va tahlil qilish sinfiy tus oladi. Har bir sinf o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z g’oyalar tizimini, o‘z madaniyatini yaratadi. Masalan, bir million yil avval mintaqaning iqlim sharoiti va geografik landshafti masalasini paleogeografik asosda tekshirmasdan turib xulosa chiqarish qiyin. Shu sohada qilingan tadqiqotlar Selungur g‘orida hayot davom etgan davr uchun mo‘‘tadil subtropikal iqlim sharoiti mavjudligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari million yillik da’voni asoslash uchun radiokarbon tahlili, chirindi kukunlarni mikroskopik o‘rganish (pыlsevыy analiz), g‘ordan topilgan odam bosh chanog‘i suyagining rentgenologik tahlili singari ilmiy tekshirish usullari ishga solindi. Qolaversa, Selung’ur g‘orining quyi paleolit qatlamidan topilgan tosh qurollarga berilgan texnik ishlov izlari jahon miqyosidagi shunga teng yoshda bo‘lgan yodgorliklardagi ishlov usulidan farq qilmaydi. Bular asosan qo‘l cho‘qmori yirik uchurindilar ajratish hisobiga paydo qilingan qirradan foydalanish imkonini beruvchi qurollar edi. Bu kabi dag‘al ishlov usullari jahonda mashhur quyi paleolit yodgorliklari bilan umumiy qonuniyatlarga ega ekan. Demak, o‘sha qadimiyatdagi ibtidoiy odamning toshga ishlov berish imkoniyatlari deyarli bir xil bo‘lgan. Yuqori paleolit va mezolit davrlarida mintaqa bo‘ylab odamzod hayoti juda katta texnik va ma’naviy taraqqiyot bosqichini o‘tagan. Bu davrda toshga ishlov berishning murakkab usullari amal qilgan. Mezolit davrida yanada takomilga erishilgan. Endi toshni silliqlab pardozlash usullari o‘ylab topilgan. Shu usullar bilan yuqori paleolit davrida ilk bora odamzod o‘zi tasavvur etgan ilohiy zot obrazini, ayniqsa inson uchun tabiiy yaqin zot bo‘lmish ona timsolini toshdan yo‘nib, silliqlab haykalcha ko‘rinishida yasashga erishdi. Bu hodisa insonning ma’naviy takomiliga yaxshi mis ol bo‘la oladi. Neolit davri insoniyat tarixida inqilobiy davr deb atalgan. Ma’nosi shundaki, odamzod ilk bora o‘zi uchun zarur narsalarni mehnati bilan ishlab chiqarish mumkin ekanligini anglab etdi. Bir tomondan dehqonchilik madaniyati kurtaklari, ikkinchi tomondan hayvonot dunyosini qo‘lga o‘rgatib, chorva xo‘jaligi ishlab chiqarish usuli paydo bo‘ldi. O‘rta Osiyoda ushbu madaniyat bosqichining ilk yodgorligi Joytun madaniyati nomi bilan ataladi. Ayni shu Joytun madaniyati bosqichida – mil.avv. VI-V ming yilliklarda mintaqaning shimoliy qismi hali nisbatan qoloq ibtidoiy holatda edi. Shu tufayli Kaltaminor madaniyati neolitini baholashda uning paydo bo‘lgan muhiti – shimoliy mintaqa iqlim va tabiiy sharoitlari hisobga olinmog‘i shart. Shu sababli joytunliklar dehqonchilik va ov xo‘jaligi asosida yashagan bo‘lsalar, kaltaminorliklar baliqchilik, ovchilik va termachilik asosida kun ko‘rganlar. Neolit davridan boshlab sopol pishirish texnologiyasi o‘zlashtirilgani holda janubiy mintaqa sopolsozligi shimolga nisbatan ilg‘or tendensiyalarni namoyon etdi. Kaltaminorliklar loy g‘o‘laklarini ustma-ust yopishtirish usuli bilan va choklarini ho‘l mato bilan ishqalash yordamida sopol buyumlarining asosini yaratishgan, ularni gulxanga qo‘yib pishirishgan. Eneolit davri va bronza davrining boshiga kelib, sopol pishirish texnologiyasida inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Sopol charxi paydo bo‘ldi. Demak, inson mexanik kuchni charx orqali uzatish texnologiyasini o‘zlashtirgan. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling