1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
3. Tarixni ilmiy idrok etish qadimgi Yunon tarixchilarining ilk qadamlaridan boshlangan.
Lekin, ular ham o‘zlarining sinfiy va Yunoniston ko‘zi bilan dunyoga qarash kabi nuqsonlarni aks ettirganlar. Shunga qaramay, Yunon tarixchilari ilk tarix nazariyalarining asoslarini yaratganlar. Muhimi, ular tarix qandaydir ilohiy kuch tomonidan boshqariladigan hodisa emasligini tushunib yetdilar. Asta-sekin tarixda sabab va oqibat tahlili paydo bo‘la boshladi. Sivilizatsion taraqqiyotning darajasi o‘ziga xos erishilgan yutuqlarning majmuaviy samarasi sifatida talqin qilindi. Klassik davr tarixchilarida tarixning uzluksiz aylanib turuvchi hodisa sifatidagi talqini yetakchi bo‘ldi. Bunga ko‘ra go‘yo tarix doimiy ravishda qaytib keluvchi va takrorlanuvchi hodisalar edi. Arastu va Aflotun tarixning o‘zgarishi va rivojini takrorlanib keluvchi hodisalarning oqibati deb o‘ylashardi. Ularning siklik yondashuvi hatto hozirgi zamon tarixchilariga ham ta’sir qilgan. XX asr tarixchisi Osfald Shplenger har qanday sivilizatsiya inson singari umr bosqichlariga, ya’ni bolalik, o‘smirlik, yetuklik va qarilik bosqichlariga ega deb hisoblardi. Xuddi shu g‘oya jamiyat va uning taraqqiyotiga nisbatan Hindistonning muhim ma’naviy merosi Bxagavat Gitada ham aks etgan. Aristotel o‘zining siyosat kitobida ushbu qarashni bunday ta’riflaydi: “Kimki narsa va hodisalarni kelib chiqishi, shakllanishi, rivoji va tanazzuli asnosida tushunsa, bu haqda eng aniq tasavvur olgan bo‘ladi”. Tarixga bunday qarash tarix bilimining tabiatini ham belgilab berdi. Holbuki tarix bilimi shunchaki empirik bilim bo‘lib qolsa, uning ijtimoiy mohiyati yo‘qqa chiqib qolgandayy bo‘ladi. Tarixga siklik qarashning kamchiligi shunda ediki, bu qarash tarix voqea-hodisalarining zamon taraqqaiyoti bilan bog‘liq hajmi, mazmuni va faktologik xilma-xilligi ortib borishini hisobga olmaydi. Tarixga ilmiy qarash insoniyat ongidagi mifologik tafakkur shaklini yengib o‘tilgandan boshlanadi. Bu bosqich mifdan logosga-hayoliy tasavvurdan mantiqqa tomon siljishni ta’minladi. Lekin logos-tarixga mantiq orqali baho berish bosqichi ikki yo‘lning boshi edi. Birinchi yo‘l tarixni ob’yektiv jarayon sifatida tushunish bo‘lsa, ikkinchisi tarixni ilohiy kuch, ya’ni olam-borliq ustidan o‘z irodasi va hukmini o‘tkazuvchi kuch bilan bog‘lash yo‘li edi. Olam ustidan, uning taraqqiyoti ustidan hukmron, ammo o‘zi mavhum zot-xudo, ilohiy zot, odamning xohishidan tashqari mavjud zot haqidagi fikrga tarixni bo‘ysundirish insoniyat o‘tmishini ilohiylashtirishga olib keladi. Bu kabi holatlarni hozirgi zamon turkman, tojik, qisman qozoq tarixshunosligida ko‘zda tutilmoqda. Ulardagi yetakchi g‘oya azaliylik, ilohiy tanlanganlik, hududlarida mutlaq darajada milliy egoistik egalik g‘oyasi, qo‘shni mintaqalardagi etnik diasporalari yashayotgan yerlarga ham hududiy da’vogarlik, qo‘shni xalqlarga nisbatan dushmanlik (adovat) ruhini targ‘ib qilish, ularning mavjudligini inkor etish, ma’naviy-madaniy duyosiga nisbatan mensimaslik kabi kayfiyatlarni uyg‘otishga urinish yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Tarixga ilmiy yondashuv masalasi falsafiy kategoriya bo‘lib, obyektiv bilim bilan o‘lchanadi. Tarixni bilishda ilmiylik meyori masalasida murakkablik mavjud. Zero, ilmiylikning o‘zini obyektiv talqin qilish tarixchi subyektining metodologik salohiyati, bilim darajasi, mushohada kengligi, umumiylikni xosliklar yig‘indisi deb tushunishi, xosliklarning ichki qonuniyatlari umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunishi kabilarni qay darajada idrok etishiga, qolaversa o‘z tushuncha va ideallarini voqeliklar tizimiga tadbiq qila olishga bog‘liqdir. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling