1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

Yozma yodgorliklar haqida gap ketganda, ularning paydo bo‘lish shart-sharoiti muallifning 
voqea-hodisaga shaxsiy munosabati, asar paydo bo‘lgan davrning ijtimoiy madaniy hodisalari, bir 
so‘z bilan aytganda tarixiy jarayonda shu asar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan barcha omillar 
hisobga olinishi lozim. Tadqiqotchilikda yoki ta’lim jarayonida u yoki bu yozma yodgorlikdan 
foydalanish o‘ziga xos yondashuv prinsiplarini talab qiladi. Chunki, har qanday yozma yodgorlik 
o‘z davrining mahsuli bo‘lib, muallif oldiga qo‘yilgan g‘oyaviy maqsad bilan belgilanadi. Demak, 
tarixiy nuqtai nazar o‘rganilayotgan tarixning ob’ekti tarixiy ekanligini hisobga olishni taqozo etadi.
2. Markaziy Osiyo xalqlari yozuv madaniyatining fonetik alfavitli tizimlariga mil.avv.VII-V 
asrlardan boshlab oshna bo‘lganlar. Dastlab, qadimgi xalqaro munosabatlar doirasida Old Osiyoga 
tarqalgan oramiy yozuvi bilan tanishganlar. Keyinchalik qadimgi Eron saltanati tarkibiga kirgan 
holda oramiy yozuvi ajdodlarimiz hayotiga rasmiy davlat yozuvi sifatida kirib kelgan. Mil.avv. 
IV-III asrlarda esa oramiy yozuvini mahalliy xorazmiy, parfiyoniy, sug‘diy, boxtariy tillarga 


moslashtirib, yangi yozuv tizimlari paydo bo‘lgan. Ushbu yozuvlarda bitilgan yodgorliklarning 
tarixiy talqini o‘ta murakkab vazifa bo‘lib kelmoqda. Gap shundaki, har to‘rtala yozuv asosidagi 
qadimgi tillar unutilgan. Ular “o‘lik” tilga aylangan. Shu sababli qadimgi yozuv yodgorliklarini 
o‘rganish eroniy va turkiy qadimgi tillar sohasida ma’lum bilim, tasavvur va ko‘nikmalar bo‘lishini 
talab qiladi. Eng muhimi o‘sha qadimiy yozuv va til materiallaridan kerakli tarixiy ma’lumotlarni 
chiqara bilish va yanada jiddiy ravishda bu ma’lumotlarning ob’ektivligini ta’minlash lozim bo‘ladi.
Yozuvlar vujudga kelguniga qadar epik asarlar (epos - grekcha so’z bo’lib, doston, rivoyat, 
afsona asarlarini anglatadi) tarixni o’rganish uchun yagona manba edi. (Masalan, yunon shoiri 
Homerning «Iliada», «Odisseya» dostonlari, O’rta Osiyo xalqlarining «Alpomish», «Manas», 
«Go’ro’g’li» dostonlari, Vladimir, Muromli Il’ya, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich kabi rus 
bahodirlari haqidagi dostonlar yoki «Igor’ jangnomasi» qo’shig’i...) 
Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turi. Ular insonning ijtimoiy 
faoliyati, aniqrog‘i odamlarning o‘zaro munosabatining natijasi o‘larok yaratilgan va o‘sha 
zamonlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘zida aks ettirgan manba sifatida o‘rta asr 
(VI—XIX asrlar) tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling