1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

«Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘libgina qolmay, u O’rta Osiyo va Eron tarixi, 
madaniyatini, 
o‘ziga 
xos 
siyosiy 
tuzumini 
o‘rganish 
uchun 
katta 
ahamiyatga egadir.
 

 
«Avesto» shuningdek, O’rta Osiyodagi eng qadimiy qabilalar va elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotini o‘rganishda qo‘l keladi. Garchi, Shimoliy Qora dengiz bo‘yidagi skiflarning qabilalari 
zardushtiylik dinida bo‘lmasa-da, qadimiyat-antik davr adiblarining skiflar tili, madaniyati, ijtimoiy
hayot tarzi haqidagi fikrlarini Sharqshunoslik dilillari, xususan, «Avesto»ga oid manbalar orqali 
yaxshiroq tushunish mumkin. «Er yuzidagi eng qadimgi dinlar, jumladan, zardushtiylik haqida 
ilmiy-tadqiqotlar vujudga kelgan. Xorijiy olimlardan amerikalik R. Fray («Nasledie Irana»), farang 
Sharqshunosi E. Benvenist, belgiyalik professor J. Dyushen — Gyuyimen, shved eronshunoslari
X. Yu. Nyuberg va G. Videngran, daniyalik K. Barr, nemis olimi V. Xins asarlarini, olimlardan I. 
A. Aliev., V. I. Abaeva, M. A. Dandamaev, I. M. Dyakonov, V. A. Livshits, B. G. G‘afurov va 
boshqalarning asarlarini ko‘rsatish mumkin. 
Zardushtiylik dini tarixiga oid ko‘plab maqolalar va asarlar yaratilgan bo‘lsada, ammo 
mamlakatimiz xalqlari tarixida zardushtiylikning o‘rni va ahamiyati haqida jiddiy, umumlashma 
asarlar hanuz yuzaga kelmagan. 


London dorilfununi professori M. 
Boys Eron tarixi va madaniyatiga oid 
asarlari bilan zardushtiylikning o‘rta 
asrlardagi va yangi zamondagi tarixini 
o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. M. 
Boys 1963—64 yillarda Yazd vodiysi 
shimolidagi olib borgan dala-qazilma 
ishlari vaqtida hozirgi zardushtiylarning 
e’tiqodlari va rasm-rusmlarini o‘rgandi. 
Yuqoridagi ishlari natijasida Meri 
Boys 4 jilddan iborat «Zardushtiylik
tarixi» nomli yirik ilmiy asarini 
tayyorladi va qisman nashr etdi. Bu 
asarning qimmatli ahamiyatini e’tirof 
etgan holda unda zardushtiylikning 
keyingi davriga oid ma’lumotlar avvalgi 
davrlarga ko‘chirilganligi muayyan e’tiroz uyg‘otishini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Shuningdek, M. 
Boysning zardushtiylikning qachon vujudga kelganligi haqidagi fikrlari munozaralidir. Miloddan 
avvalgi (V asr oxiri) tarixshunoslar yozishicha, Gerodotning zamondoshi lidiyalik Ksanor Zardusht 
nomini tilga olgan. 
Keyingi tarixshunoslarning yozishicha, Ktesiy o‘z asarida Zardushtni assuriyaliklardan 
engilgan Baqtriya podshosi sifatida tilga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Ktesiy asari ancha ilgari 
qayta ishlangan bo‘lib, keyinroq o‘tgan qadimiyat olimlari ana shu qayta ishlangan nusxadan 
foydalanganlar. Ammo Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Zardusht haqida 
ma’lumot uchramaydi. Holbuki, Ksenofont Ahmoniylar davlatining ahvoli, xalq urf-odatlari va 
marosimlari bilan yaxshi ta-nish edi. Gerodot, Ktesiy va Ksenofont asarlarida keltirilgan 
ma’lumotlarni umumlashtirib, aytish mumkinki, Ahmoniylar davri (miloddan avvalgi VI—V asrlar) 
da hali Zardushtni hukmron din asoschisi deb hisoblashmagan. Zardushtiylik dini tadqiqotchilari E. 
Benvenist, A. K. Kristeisen, X. Nyuberg, V. V. Stru-ve va boshqalar ham shu fikrdalar. 
Xullas,O’rta Osiyoda zardushtiylik dini tarqalishi tarixining ochilmagan qirralari ko‘p. Bu 
ko‘plab ilmiy izlanishlarni taqozo etadi. 
Shunday qilib, yozuvning mavjudligi O‘rta Osiyo xalqlarida tarixiy bilimlarning rivoj 
topishiga xizmat qiladi. Yuqorida nomlari va marsiyalaridan, turli-turli xujjat,tamg‘a, pul va 
boshqalardan iborat yodgorliklar turk hoqonligi davlatining ijtimoiy-siyosiy hayoti, qabila va 
xalqlarning urf-odatlari, tillari va boshqalar haqida ancha mufassal malumot beradi. bu yozuv 
yodgorliklari u yoki bu xalqqagina mansub bo‘lmay, hozirgi O‘rta Osiyo xalqlarining mushtarak 
merosidir. Tarixiy voqealarni baen etish va talqin qilishda, shunday voqealar ”xudoning 
irodasi”bilan sodir bo‘ladi, deb hisoblovchi Sharq diniy sistemalari ham kata ahamiyatga egadir.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling