1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


«Tafsir» kitobida umumlashtirilgan. Tabariy


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

«Tafsir» kitobida umumlashtirilgan. Tabariy - Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul 
shahrida tug‘ilgan, umrining ko‘p qismini Bag‘dodda o‘tkazgan va shu yerda vafot etgan. Tarixchi 
xalifalikning ko‘p shaharlarini aylanib chiqqan, birmuncha vaqt Ray, Basra, Kufa, Suriya va 
Misrda turgan. 


Tabariy davrining keng ma‘lumotli kishilaridan bo‘lib, o‘ndan ortiq kitob yozib qoldirgan. 
Musulmon qonunshunoslari orasida mavjud bo‘lgan ixtiloflar bayon etilgan “Kitob ixtilof al-
fuqaho” (“Faqihlar o‘rtasidagi ixtiloflar haqida kitob”), “Qur‘oni karim” oyatolri sharhiga 
bag‘ishlangan o‘ttiz (boshqa ma‘lumotlarga qaraganda qirq) jilddan iborat “Jome‘ al-bayon at-
ta‘vil al-Qur‘on” (“Qur‘on” so‘zlari ma‘nosining keng bayoni majmuasi”) va nihoyat, “Tarixi ar-
rusul va-l-muluk” (“Payg‘ambarlar va podshohlar tarixi”) ana shular jumlasidandir. Tarix ilmi 
uchun eng muhimi so‘nggi asar hisoblanadi. 
Tabariyning Turk hoqonligi haqidagi hikoyasi qiziqarlidir. O’rta Osiyodan ancha olisdagi 
Oltoy o’lkasida juda katta Turk hoqonligi davlati tarkib topdi (551-744 yillar). Bu davlat hududlari 
Koreyadan to Kora dengiz bo’yigacha, O’rta Osiyo va Xitoyni ham o’z ichiga olar edi.
Tabariy yozishicha, turklarning eng kuchli, jasur va qudratli hoqoni Sinnabu Yabg’u bo’lib, 
uning qo’shini ham juda ko’p edi. U juda ko’p lashkari bo’lgan eftaliylar bilan urushib, ularning 
podshosi Varzuni o’ldirdi. U Varzuning barcha qo’shinini, ularning boyligini va mamlakatini 
qo’lga kiritdi. 
«Biz 35 yildan buyon dashiy (dashtiy) larga qarshi tinimsiz kurashib kelamiz. Har yili biz 
juda ko’p askar va suvoriylarni jang maydoniga chiqaramiz, ammo shu vaqtgacha imperator 
(hoqon) hazrati oliylariniig madad kuchlarini olish baxtiga muyassar bo’lmadik. Bundan 6 yil 
muqaddam dashiylarning eng katta boshlig’i I-mi Kyu-di-bo (amir Qutayba) juda katta lashkarlari 
bilan etib keldi. Biz jangda dushman lashkarlariga katta zarar etkazdik, ammo bizning 
qo’shinimizdan ko’pchilik halok bo’ldi va yaralandi. Dashiylarning piyodalari va suvoriylari son-
sanoqsiz edi, shu tufayli bizning lashkarlarimiz ularga bas kelolmadi. Men o’z istehkomlarimizga 
qaytdim: so’ng dashiylar bizning shahrimizni qamal qildilar. Ular qal`a devorlarini buzish uchun 
300 ta devorbuzar kurilmalarpi olib keldilar, 3 joyda katta-katta xandaq-zovur qazidilar. Ular 
bizning shahrimizni va mamlakatimizni vayron qilishmoqchi. Faqiringizning siz hoqon xazrati 
oliylaridan iltimosim shulki, tezroq Chin lashkarlarini bizga yordamga yuborsangiz. Ammo 
dashiylarga kelsak, ularning kuch-qudrati faqat yuz yilga etadi, degan karomat bor. Bu yil ana shu 
muddat tugamoqda. Agar Chin lashkarlari bu erga etib kelishsa, kamina va uning qushinlari 
dashiylarni tor-mor keltirishimiz mumkin edi». 
Turli voqealar, qissalar va hikoyalar o’zaro bog’liq holda umulashtirilgan keng ko’lamdagi 
tarixiy asarlar IX asrning 2-yarmiga to’g’ri keladi. Arab tarixshunosligining ilk davri At-
Tabariyning «Tarixi ar-rusul va-l-muluk» («Payg’ambarlar va podshohlar tarixi) asari bilan 
yakunlanadi. Mazkur asar tarixiy obidalar, tarixiy hikoyalar, fol’klor (xalq og’zaki badiiy ijodi), 
afsonalarni o’z ichiga olgan mo’`tabar majmuidir. 
Arab tarixshunosligida shuningdek, ayrim mintaqa, iqlimlar davlatlar, mamlakatlar, 
shaharlarning tarixiga doir o’ziga xos ayrim tarixiy-qomusiy asarlar ham vujudga keldi. 
Chunonchi ibn Qutaybaning (889 yilda vafot etgan) tarixiy qomusi (entsiklopediyasi) 
Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Abu Rayhon Beruniyning (1048 yilda vafot etgan). «Osor-ul 
boqiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», shuningdek, musulmon olimi 
ash-Shabustariyning (998 yilda vafot etgan) xristian (masixiylar) monastirlari ibodatxonalari 
tarixiga oid asarlari shular qatoriga kiradi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling