1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
“Tarixi jahonkushoy” (“Jahongir Chingizxon tarixi”) nomli yirik tarixiy asarni yaratgan
tarixchi XIII asrda o‘tgan yirik olim va davlat arbobi Juvayniydir. Uning to‘la ismi Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad al-Juvayniy. U 1226 yili G‘arbiy Xurosonning Juvayn hududiga qarashli Ozodvor qishlog‘ida badavlat va nufuzli siyosiy arbob oilasida tug‘ilgan. Otasi Bahouddin Muhammad Xorazmshoh Alouddin Muhammadning Xurosondagi noibi bo‘lgan, mo‘g‘ullar xuruji vaqtida Sulton Jaloluddin bilan birga ularga qarshi danglarda qatnashgan. Mo‘g‘ullar 1221 yili Nishopurni ishg‘ol qilgach, Bahouddin Muhammad Tusga qochib bordi va uning mustahkam qal‘alaridan biriga yashirindi. Lekin qal‘a hokimi uni bandga olib mo‘g‘ul lashkarboshilaridan Qo‘lbo‘lotga topshirdi. Qo‘lbo‘lot asirning ma‘lumotli va iste‘dodli shaxs ekanligini anglab, uni tirik qoldirdi. Keyincha Bahouddin Muhammad mo‘g‘ullar xizmatiga qabul qilindi va tovafotiga (1258 y.) qadar Xurosondagi mo‘g‘ul hokimlari Chintemur, Kirko‘z, Arg‘un og‘a huzurida sohib devonlik vazifasida turdi. Bahouddin Muhammaddan ikki o‘g‘il qoldi. To‘ng‘ichi Shamsuddin Muhammad 1262-1283 yillari Erondagi mo‘g‘ul hukmdorlari Elxonlardan Halokuxon (1256-1265 yy.) hamda Abaqaxon (1265-1282 yy.)ning vaziri, sohib devon bo‘lgan va mamlakatning idtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynagan. Bahouddin Muhammadning kenja o‘g‘li Alouddin yoshligidan yaxshi o‘qidi, arab, fors, keyinchalik mo‘g‘ul va uyg‘ur tillarini mukammal o‘rgandi, o‘rta asr fanining bir talay sohalarini puxta egalladi. U yoshligidayoq mo‘g‘ul hukmdorlari xizmatiga qabul qilindi va Kirko‘z hamda Arg‘un og‘aning devonida xizmat qildi. Alouddin Otamalik Juvayniy Arg‘un og‘a bilan uch marta 1246-1247, 1249-1251, 1252-1253 yillari Mo‘g‘ulustonga, Qoraqo‘rumga bordi. U 1256 yilning boshlarida Halokuxonning buyrug‘i bilan Ismoiliylar hukmdori Rukniddin Hurshoh huzuriga Maymanduz qal‘asiga elchi bo‘lib bordi va unga qarshilik ko‘rsatmay taslim bo‘lish haqidagi talabnomani topshirdi. Juvayniy Maymanduzni mo‘g‘ul qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilish chog‘ida Ismoiliylarning boy kutubxonasini talon-tarojdan saqlab qoldi. Alouddin Otamalik Juvayniy 1259 yili Iroq va Xuzistonga hokim, malik qilib tayinlandi. O‘shanda u Bag‘dod va uning atrofidagi joylarni obod qildi. Tarixchi Vassofning (XIII asr oxiri- XIV asrning birinchi yarmi) ma‘lumotlariga qaraganda, u katta mablag‘, 10000 oltin dinor sarflab Frot daryosidan Kufa va Najafga suv olib kelgan. Juvayniy bu lavozimda 20 yildan ortiq turdi. 1271 yili raqiblari qozi sayyid Tojiddin Ali ibn Muhammad, “Kitob al-faxriy” asari muallifi Abu Ja‘far Jaloluddinning otasi, boshchiligida unga qarshi zimdan kurash boshladilar. Oqibatda ular Juvayniyni mansabini suiiste‘mol qilib, xazinani bir qismini o‘zlashtirganlikda aybladilar. Juvayniy odam yollab qozi Tojuddin Alini o‘ldirtirdi, lekin bu bilan muxoliflarining ta‘qibidan qutulib qololmadi. O‘sha yilning o‘zida Abaqaxon Bag‘dod devonini taftish qilish uchun odam yubordi. Taftish natijasida 250 tuman, bir tuman 10000 kumush dinorga teng, kamomad borligi aniqlandi. Juvayniy qamab qo‘yildi va kamomad undirib olingandan keyin hibsdan ozod qilindi va o‘z mansabiga tiklandi. Oradan o‘n yil o‘tgach, 1281 yili, Tojuddin ismli bir shaxs uni yana xazinaga “qo‘l cho‘zishda” va yashirincha Misr bilan aloqa bog‘laganlikda aybladi. Bag‘dodning moliyaviy xo‘jaligi yana taftish qilindi va 300 tuman kamomad borligi aniqlandi. Bag‘dodning moliyaviy xo‘jaligi yana taftish qilindi va 300 tuman kamomad borligi aniqlandi. Juvayniy yana hibsga olindi, lekin kamomadgi to‘lashga so‘z bergani uchun qamoqdan ozod qilindi. Lekin, butun yer- suv va qimmatbaho buyumlarni sotsa ham kamomadning faqat 170 tumanini qopladi, xalos. Juvayniy yana qamoqqa olindi, uni qiynoqqa soldilar, Bag‘dod ko‘chvlari bo‘ylab yalangg‘och qilib olib o‘tdilar. Juvayniy To‘qudar Ahmad davri(1282-1284 yy.)da og‘asining yordamida hibsdan ozod etildi, musodara qilingan molu mulki qaytarib berildi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay, shahzoda Arg‘un Bag‘dod devonini qaytadan taftish qilish va Juvayniyning mol-mulkini musodara qilishni buyurdi. O‘sha vaqtda Juvayniy Ozarbayjonning Arronida edi. Bu xabar fojeaga olib keldi – 1283 yili Juvayniyning yuragi yorilib vafot etdi. Alouddin Otamalik Juvayniy Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi asari bilan shuhrat topti. Kitob 1260 yili yozib tamomlangan. “Tarixi jahonkushoy” asari uch qismdan iborat: 1)mo‘g‘ullar, ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon (1246-1249 yy.) davrigacha, shuningdek, Jo‘jixon, Chig‘atoyxon va avlodlari tarixi, 2)Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul hukmdorlari davridagi (1258-yilgacha) tarixi, 3) Eronning 1256-1258 yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Ismoiliylarning diniy-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati (1090-1258 yy.) tarixi. Ismoiliylar tarixi Maymanduzdagi kutubxonada topilgan asarlar, xususan Ismoiliylarning ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan Hasan Sabohning (taxminan 1055-1124 yy.) hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Sarguzashti sayyidno” (“Sayidimizning sarguzashtlari”) nomli kitob asosida yozilgan. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixi uchun “Tarixi jahonkushoy”ning I-II qismlari alohida qiymatga ega. Asarning Xorazm va Xorazmshohlar tarixiga oid qismi (II qism) bizgacha yetib kelmagan “Mashorib at-tajorib va g‘avorib al-g‘aroib” (“Imtihonni salqinlashtirish joyi va ajoyib narsalarning yuqori darajasi”), Faxriddin Roziyning (1210 yili vafot etgan) “Javome‘ ul-ulum” (“Ilmlar majmuasi”) kitoblari asosida yozilgan. Movarounnahr va Sharqiy Turkiston tarixi, shuningdek, Mo‘g‘uliston haqidagi xabarlar asosan muallifning shu mamlakatlarga qilgan sayohatlari vaqtida to‘plangan ma‘lumotlar asosida yozilgan. “Tarixi jahonkushoy”ning forsiycha matni Mirzo Muhammadxon Qazviniy tarafidan 1912, 1916 va 1937 yillari nashr etilgan. Asarning to‘la inglizcha va turkcha-usmonlicha (1 jildi) tarjimalari bor. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling