1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiy
“Zafarnoma”
Temur haqida birinchi rasmiy tarix u hayotligida Nizomiddin Shomiy tomonidan tuzilgan bo‘lib, uning nomi ham «Zafarnoma» (g‘alabalar kitobi) edi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bu majmua Temurning rasmiy tarixi bo‘lsa-da, Nizomiddin Shomiy uni saroydan olisda yozgani uchun bizning fikrimizcha, faktlar va tarixiy jarayonlar bayonida birmuncha xolislik bor. Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiy kitoblari mustaqil asarlar bo‘lsa-da, ular bir-birlarini to‘ldiradilar va XIV asr oxiri, XV asr boshlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixini chuqurroq o‘rganish imkonini beradilar. Nizomiddin Shomiy kitobi Ovrupoda 1937 va 1956 yillari nashr etilgan bo‘lsa, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» si o’zbek tarixchilari va Sharqshunoslarining katta mehnatlari tufayli 1972 yili YUNESKOning qarori bilan Temuriylar davri san’ati tarixi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumga bag‘ishlab nashr etildi. O’zbek klassik adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy Sharafiddin Ali Yazdiy haqida uning komilligi jumlai jahon to monidan e’tibor etilgan, deb yozgandi 1 . Sharafiddin Ali Yazdiy Yazddan uncha uzoq bo‘lmagan Taft shahrida (Eron) tug‘ilgan. 1415— 1435 yillari Shohruhning o‘g‘li, Ulug‘bekning akasi Ibrohim Sulton xizmatida bo‘lgan. Ibrohim Sulton Sharafiddin Yazdiyga «Zafarnoma» ni yozishda homiylik qilgan. Ibrohim Sulton vafotidan so‘ng (838 hijriy—1435 milodiy) «Zafarnoma» muallifi Shohruh nabirasi, hijriy 846, milodiy 1443 yil-da Sultoniya, Qazvin, Ray va Qum hokimi bo‘lgan Mirzo Muhammad tomonidan saroyga taklif etilgan. Abdurazzoq Samarqandiy 2 Temuriylar davri tarixiy vaziyatini ko‘rsatish uchun muallif quyidagi tarixiy faktni keltiradi: 1445—1446 yillari Shohruhning o‘g‘li Muhammad Sulton hokimiyatni egallash uchun o‘z ota-siga qarshi isyon ko‘taradi. Uning faol hamkorlari safida Sharafiddin Ali Yazdiy va Mirzo Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdullatif bor edi. Muvaffaqiyatsiz isyondan so‘ng Muhammad Sultonning ittifoqdoshi, Shohruhning nabirasi Mirzo Sulton Saarafiddin Ali Yazdiyni o‘z himoyasiga oladi va Hirotga yuboradi 3 , aftidan Sharafiddin Ali Yazdiyga jahonga taniqlik mutafakkir A. Jomiyning homiyligi seziladi. A. Jomiy biografi Kamoliddin Abdul — Vose’ yuqoridagi voqeadan so‘ng Sharafiddin Ali Hirotga kelganini, Injil nahri bo‘yida uning Jomiy bilan uchrashuvi yuz berganini yozadi. Gap shundaki, Sharafiddin Ali kabi Jomiy ham, o‘zini mashhur mutafakkir va tasavvufning ma’naviy otasi Muhammad Porsoning shogirdi hisoblar, shuning uchun uchrashuv chog‘i shoir ulug‘ tarixchining hayotga va o‘limga so‘-fiylik nuqtai nazarini bilishga qiziqqan 1 . O’quvchiga shuni ham ma’lum etib o‘tish qiziqki, Abdurahmon Jomiy bir necha yil o‘tgach, Ulug‘bek madrasasida bosh mudarris bo‘lgan chog‘lari «Mu-ammoi Qabir» kitobini boshlaydi va 1451 —1452 yillari tugatadi. A. Jomiyning biz qo‘lga kiritgan asari qo‘lyozmasi ikki mustaqil asardan iborat: birinchi asar asosan so‘fizm ma’qulotlari asoschisi Muhammad Porso g‘oyalariga bag‘ishlangan, «Muammoi Kabir» ning ikkinchi qismi esa Sharafiddin Ali Yazdiyning shu nomdagi asariga javob tariqasida yozilgan. Muammo janri adabiy-tarixiy olamda yangi oqim edi, u XV—XVI asrlarda hokimlar va mutafakkirlarining diplomatik aloqa vosita-siday edi. Sharafiddin Ali YAzdiy muammo janrining asoschi-laridan biridir. Bu janrning keyingi ijodkorlari A. Jomiy, A. Navoiy, 3. Vosifiy hisoblanadai. Shunday qilib, Shohruh vafotidan so‘ng (hijriy 850, milodiy 1447), ehtimol A. Jomiy Hirotga qaytganidan so‘ng (1452 yil), ularning uchrashuvi yuz bergan bo‘lishi mumkin. Jomiyning bio-grafi Kamoliddin Abdul-Vose’ an Nizomiy shu haqda yozgan bo‘lsa kerak. Sharafiddin Ali, uning Vatani Taft (Tafti Yazd) ga qaytishi xususidagi bahslarga kelsak, manbalarga qaraganda, u buyuk tarixchi umrining oxirigacha shu erdagi xonaqohda yashadi. Bu haqda Abdurazzoq Samarqandiy xabar beradi. 2 856 yilning rajab oyida (1452 yilning avgusti) Abdurazzoq Samarqandiy Iroqdan Xurosonga o‘tayotib Tafti Yazdda bo‘ldi. Shu erda Sharafiddin Ali bilan uning xonaqohida uzoq suhbatlashdi. Abdurazzoq Samar-qandiyning bu xabarini buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy tasdiqlaydi. Shunday qilib, Sharafiddin Ali (858/1454 yil) Yazdda vafot etdi va o‘sha erda dafn etildi. «Zafarnoma» O’rta Osiyo xalqlarining nodir madaniy obidasidirki u faqat O’rta Osiyoning emas, butun Sharq mamlakatlari tarixi manbai, shuning uchun u hozirda ham Sharqshunos tadqiqot- chilarning diqqatini o‘ziga jalb qilmoqda va o‘ziga xosligi, to‘plangan materiallarning haqqoniyligi bilan ko‘rsatilgan davr tarixiy manbalari ichida alohida o‘rin tutadi 4 . Gap shundaki, «Zafarnoma» tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi: 1) Muqaddima, u Temur shajarasiga bag‘ishlangan, unda turk urug‘lari va Chingizxonning to‘rt ulusi haqida umumiy ma’lumotlar beriladi, umuman, bular yuqorida sanab o‘tilgan asarlarda batafsil bayon qilingan (Masalan, Rashididdin, «Jome’ attavorix», Juvayniy, «Tarixi jahonkushan» va boshqalar). 2) Asosiy qism (Temurning o‘z tarixi). Muallif ma’lumotidan ko‘rinadiki, bu tarixiy asar Sharafiddin Alini saroyiga taklif qilgan Shohruhning o‘g‘li Ibrohim Sulton tashabbusi bilan yozilgan. Shoh o‘zining bobosi haqida maxsus kitob yaratishni istadi va u 822 (1419—1420 yy.) sohibqiron Temur haqida ma’lumotlar to‘plash haqida farmon berdi. Muqaddimada bu jarayon quyidagicha tas-virlangan. To‘plangan ma’lumotlar shohidlarning og‘zaki hikoyalari bilan taqqoslangan, so‘ng Sharafiddin Ali Yazdiy bu ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, Ibrohim Sultonga ular haqida fikrini aytgan, shundan so‘ng u «Zafarnoma» kitobini yozishga kirishgan. Muallif to‘plangan ma’lumotlarni uch guruhga bo‘ladi: voqealar shohidlarining hikoyalari, ikkinchi va uchinchi o‘quv-chilar turi va fors manbalarining bilimdonlari. Barcha sanalar, o‘rinlar jug‘rofiy koordinatlar va ular orasidagi masofalar Ibrohim Sulton farmoniga ko‘ra har tomonlama tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng Sharafiddin Ali Yazdiyga beriladi. Bunda muallifga ko‘rsatma berilgandiki, birinchidan, badiiy nafosatli hamda tushunarli tilda bitilgan kitob bo‘lsin, ikkinchidan, muallif hujjatga qat’iy amal qilmog‘i, dastlabki bitiklardan chekinmasligi, hech narsani bo‘yab-bejamasligi shart edi. Shu yo‘sinda Temurning keng miqyosda rasmiy tarixi dunyoga keldi. Bir necha og‘iz so‘z «Zafarnoma» yozilish vaqtining tarixiy xronologiyasi haqida. Gap shundaki, asarning boshlanishi (832/1419) va tugatilishi (828/1424—1425) haqida Ali Yazdiy hamda zamondoshlari tomonidan berilgan ma’lumotlar bor. Lekin bahs boshqa mavzuda: Muallif asar ustida ishlashni davom ettirganmi, axir — 1454 yilgacha yashagan-ku? Ha, muallif asar ustida ishlashni davom ettirgan. Bu haqda quyidagi ma’lumot bor: «Sohibqiron oliy hazratlarining «Zafarnomasi» ga Muqaddima muqaddas ramazon oyining 21]-sanasida 1038 yili xudo panohida Samarqand shahrida bitildi, tangri uni kulfat va g‘amlardan saqlasin!» Gap bu erda O’zbekisron FA fondida saqlanayotgan «Zafarnoma» ga Muqaddima haqida bormoqda. Bugungi kunda Sharq tarixshunoslariga «Zafarnoma» ning 840/1436—1437 yy. sanasi bilan bitilgan qo‘lyozmasi ma’lum. Demak, 840 yilda «Zafarnoma» ning bir necha qo‘lyozmasi bo‘lgan. Asarning 1972 yil Toshkentda e’lon qilingan faksimil nashri ana shu qo‘lyozmalar-dan biri hisoblanadi. Ehtimol u boshqa nusxalarning asli bo‘l-gandir, bu haqda keyinroq fikr yuritamiz. Endi Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari yuzasidan keyingi yillarda olib borgan ishi haqidagi fikrimizni davom ettiramiz. Masalan, bu asarning muallifini yaxshi bilgan Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, «Zafarnoma» 828 yili (1424—1425) tugallangan, ammo muallif «Zafarnoma»ni to‘ldirish uchun 831 (1427—1428 yillar) yildan keyin ham ma’lumot to‘plashda davom etgan. Abdurazzoq Samarqandiyning bu fikriga suyangan o‘zbek Sharqshunosi Asomiddin Urinboev «Zafarnoma» ning 1972 yilgi nashrini tayyorlash chog‘ida, Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidanasarning ikkinchi (Shohruh tarixi) va uchinchi (Ibrohim Sulton tarixi) qismlarini yozgan, degan taxminni ilgari suradi va bu haqda kitob so‘zboshisida yozadi. Lekin A. Urinboev aytganiday «Zafarnoma» ning bu ikki qismi topilmagan, Shohruh va uning o‘g‘li Ulug‘bekning tarixi bitilgan «Zafarnoma» ning davomini esa Toj Salmoniy yozgan. 1897 yilda Rossiya imperiyasi birinchi marotaba «buyuk davlat» sifatida Parijdagi xalqaro ko‘rgazmada ulkan Rossiyaning chekka o‘lkalaridan keltirilgan eksponatlar bilan qatnashdi. Ko‘rgazma zallaridan biri O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, tabiiy-jug‘rofiy mavqeiga bag‘ishlangan edi. Chunonchi, bu erda bi-rinchi marotaba hamyurtimiz Mirzo Barot tomonidan tayyorlangan Samarqanddagi «Registon» ansambli maketi namoyish qilindi. O’rta Osiyo zalida «Zafarnoma» ning yuqoridagi nusxasi ham Muhiddin Hojining shaxsiy kolleksiyasidan olib ko‘rsatildi. Bu asar va uning badiiy qimmati haqidagi birinchi xabar (bezali-shi, husnixati, oltin va bo‘yoqlarda ajoyib ishlanganligi), 12 miniatyuraning o‘ziga xosligi, matndagi mazmunning naqshin ho-shiyali sahifalarda berilishi, 1899 yil Turkiston arxeologiya ishqibozlari to‘garagida N. G. Mallitskiy tomonidan amalga oshi-rildi. Bu xabar V. V. Bartoldni qiziqtirib qoldi. U 1902 yil Turkistonga «mavjud qo‘lyozmalarni tekshirish» uchun kelgan edi. So‘ng u 1904 yilgi safari haqida hisobotida bu qo‘lyozma mar-hum Muhiddin Hojiga tegishli ekanini yozgan edi. 1890-yillar-dayoq bu qo‘lyozma bilan professor A. A. Semyonov tanishgan va bu haqda o‘zining «XVII asr boshlaridagi Samarqand qo‘lyozmasi — Sharafiddin Yazdiy «Zafarnomasi miniatyuralari» asarida faxr bilan eslatib o‘tgan edi. Tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan qarasak, rasmiy ohangda yozilishiga qaramay, Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» sida Temur faoliyatini va uning ziddiyatli shaxsini — mustabid shoh va Movarounnahrda markazlashgan buyuk feodal davlati bunyodkorini birmuncha odillik bilan yoritadi. Sharafiddin Ali Yazdiy asari qo‘lyozma holida keng tarqalib ketgan, chunki asar uning zamondoshlari va keyingi asr tarix-chilari uchun ham dastlabki manba bo‘lib xizmat qildi. Sharafiddin Ali Yazdiyning tarixiy voqealarni bayon etish uslubi, ohangi ko‘p paytgacha o‘lkashunoslar, tarixchilar uchun namuna bo‘lib xizmat qildi. Masalan, XVI asrning mashhur tarixchilari, Mirxond (Ravzat us-Safo»), «Safo-farog‘at bog‘i», Xondamir («Habib us-siyar»— «Do‘stlar atroblari») va boshqalar ham Sharafiddin Alining «Zafarnoma» siga suyanib ish ko‘rdilar. XV va XVI asrlardayoq «Zafarnoma» ning g‘oyasi va mazmuni Lutfiyni (1492 yilda vafot etgan) o‘zbekcha g‘azallar bitishga ilhomlantirgan bo‘lsa, mashhur shoir Abdurahmon Jomiyning shogirdi va jiyani Xotifiyga (927/1521 yilda vafot etgan) tojikcha-forscha she’rlar yozishga turtki bergan. Xotifiy o‘z asarini «Temurnoma» deb atadi. Ikkinchi nasriy tarjima o‘zbek tiliga O’rta Osiyo mutafakkiri, XVI asrning qomusiy olimi Muhammad Ali ibn Darvish Ali Buxoriy tomonidan dastlabki Shayboniylardan Ko‘chkunchixon (916/1510—936/1530) topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan. 1822—1823 yillari esa «Zafarnoma» ni Xiva shoiri Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammad So‘fi al-Xevaqiy o‘zbek tiliga qisqartirib tarjima qildi. Adabiyotda 1842 yil Hofiz Muhammad ibn Ahmad al-Ajamiy «Zafarnoma» ni turk tiliga tarjima qilgan, degan ma’lumot uchraydi. «Zafarnoma» 1723 yilda fransuz va ingliz tillarida qisqartirilgan holida nashr etilgan. Rus Sharqshunosi A. Krimskiy ma’lumotiga ko‘ra, Italiya Sharqshunosi Bradutti «Zafarnoma» ni italyan tiliga tarjima qilgan, shuningdek, asarning Temurning Oltin O’rdaga qilgan yurishi haqidagi o‘rinlarining ruscha tar-jimasi ham bor. Bu parchalar 1936 yil Sharlua tomonidan forscha asl matnda va fransuzcha tarjima nashr etilgan. Temurning Hindistonga yurishi tafsiloti XIX asrda ikki bor tarjima qilingan. Nihoyat, Turkiston va Oltin Urda tarixi bilan bog‘liq katta-katta ma’lumotlar mamlakatimizda 1939 yil-da fors tilidan rus tiliga tarjima qilingan. O’rta Osiyo tarixshunosligining durdonasi —«Zafarnoma» jahon tarixchilarining tadqiqot manbai bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunonchi, 1887—1888 yillari hind Sharqshunosi Mavlaviy Iloxdom tashabbusiga ko‘ra olti nusxa asosida «Zafarnoma» ning ikki jildligi Kalkuttada nashr etildi. 1958 yilda Muhammad Abbosiy tomonidan uch qo‘lyozma va yuqorida zikr etilgan Kalkutta nashri asosida Tehronda yangi nashr paydo bo‘ldi. Abbosiy foydalangan qo‘lyozmalarning ikkitasi mu-allif hayotligidagi nusxalardir: biri— sanasiz, Muhammad Abbosiyning shaxsiy mulki, ikkinchisi — Majlis kutubxonasida, (36782-son, ko‘chirish sanasi xijriy 840, 1436 yil), uchinchisi yana Majlis kutubxonasida bo‘lib, 36773-son, 1037/1637—1638 yilla-ri ko‘chirilgan. Demak, A. Urinboevning haqqoniy ko‘rsatishicha, «Zafarnoma» ning fransuz va ingliz tiliga tarjima qilgan tarjimonlar, shu kungacha bibliografik noyob bo‘lsa-da, asarning beshdan bir qismini tashkil etgan muqaddima qismi tarjimasini tu-shirib qoldirganlar. Asarning Kalkutta va Tehronda nashr qi-lingan nusxalarida Muqaddima qismi yo‘q. Shuning uchun A. Urinboev tomonidan faksimal nusxa, kirish so‘zi, izoh va ko‘rsatmalar bilan tayyorlangan «Zafarnoma» matni asarning eng yaxshi nusxalarini o‘zida jamlagandir. Shubhasiz, «Zafarnoma» ning mazkur nashri O’rta Osiyo xalqlarining XIV asr oxiri, XV asr boshlaridagi hayotini o‘rganishda tarixchilarga yaqindan yordam beradi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling