1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. V. Bartold
“Jome‘ ut-tavorix” (“Tarixlar majmuasi”) asarining muallifi mashhur qomusiy olim,
tarixchi, tilshunos, tabib va yirik davlat arbobi Rashiuddin Fazlulloh ibn Imoduddavla Abulxayr al-Xamadoniydir. Uning ota-bobolari ham o‘z zamonining o‘qimishli kishilaridan bo‘lgandar. Masalan, bobosi dastlab yirik qomusiy olim Nosiruddin Tusiy (1201-1274 yy.) bilan birgalikda Alamut qal‘asida Ismoiliylar xizmatida bo‘lgan, so‘ng mo‘g‘ullar tarafiga o‘tib ketgan. Otasi Imoduddavla Abulxayr o‘rta hol kishi bo‘lib, Hamadonda tabibchilik bilan kun kechirgan, keyinchalik Elxoniylar saroyiga taklif qilinib, u yerda ham o‘z kasbi bilan shug‘ullangan. Rashiduddin 1247 yili Hamadonda tug‘ilgan. Yoshligidan yaxshi o‘qib, ota kasbidan tashqari, ko‘pgina ilmlarni – ilohiyot, tabiiy fanlar, mumtoz adabiyot, tarix, geografiya va boshqa fanlarni puxta egallagan. Rashiduddin Elxon Abaqaxon (1265-1282 yy.) davrida uning shaxsiy tabibi bo‘lib xizmat qilgan, keyincha G‘ozonxon (1295-1304 yy.) va O‘ljoytuxon (1304-1317 yy.)lar vaziri bo‘lgan. Ushbu xonlarning homiyligi, ayniqsa o‘zining tadbirkorligi orqasida, davlatning moliyaviy muassasasi tamoman uning qo‘lida edi, Rashiduddin vazirlik yillari (1298-1317 yy.) o‘z davrining eng badavlat va nufuzli kishilaridan biriga aylandi. Halokuiylar davlatining turli viloyatlarida uning 80 000 gektar hosildor yer-suvi, bog‘lari, o‘nlab hammomlari, karvonsaroylari, hunarmandchilik va savdo do‘konlari, yaylovlarda esa 250000 qo‘yi, 30000 yilqisi, 10000 tuyasi bo‘lgan. Rashiduddinning shaxsiy boyligi, tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, 35 000 000 dinorga teng bo‘lgan. Uning ko‘p sonli o‘g‘illari, 16 nafar Bag‘dod, Rum, Gurjiston, Ardabil, Isfahon, Fors, Xuziston, Kirmon va Domg‘on vilochtlarining hokimi edilar. Rashiduddin feodal tarqoqlik va ayirmachilik tarafdori bo‘lgan ko‘chmanchi turk-mo‘g‘ul katta yer egalaridan farqli o‘laroq, o‘troqlik hamda markaziy davlat muassasini mustahkamlash tarafdori edi. Uning G‘ozonxon davrida o‘tkazgan ma‘muriy va moliyaviy islohotlari shunga qaratilgandi. Oxiri Rashiduddin elxoniylar saroyida hukm surgan fitna qurboni bo‘ldi. Endigina taxtga o‘tqazilgan Abu Sa‘idxon (1317-1335 yy.) Rashiduddinni saroydan chetlashtirdi. Oradan bir yil o‘tgach, u O‘ljoytuxonni zaharlab o‘ldirishda ayblanib, 1318 yilning 18 iyulida qatl etildi, barcha mol-mulki musodara qilindi. O‘shanda uning Tabrizdagi 600 000 jild kitobga ega boy kutubxonasi ham talon-taroj qilindi. Rashiduddin tarixda o‘zining yirik asarlari bilan ham nom qoldirdi. Ilohiyot ilmining ayrim masalalariga bag‘ishlangan “Al-majmuot ar-Rashidiya” (“Rashiduddinning majmualari”), tabiyotga oid “Al-osor val-ihya”(“Tirik narsalarning qoldiqlari”), “Bayon al-haqoiq” (“Haqiqatlar bayoni”), qurilish masalalariga bag‘ishlangan “Asila va ajiba”(“Ajib va asil narsalar”) va nihoyat, jahon tarixini o‘x ichiga olgan “Jome ut-tavorix” uning qalamiga mansub asarlar jumlasidandir. Olimning bizning zamonamizgacha to‘la yetib kelgan birdan-bir asari ana shu “Jome ut- tavorix” bo‘lib, u o‘rta asr tarixnavisligining o‘ziga xos noyob asari hisoblanadi. Bu kitob o‘rta asr Sharq tarixchiligida yangi an‘anani boshlab bergan asar. Unda umumiy tarix sifatida musulmon mamlakatlari tarixi bilan birga, G‘arb mamlakatlari, Xitoy hamda Hindiston tarixini ham yoritishga intilgan, Sharq mamlakatlari tarixini umum jahon tarixining bir qismi, deb hisoblangan. “Jome ut-tavorix” asari 1301-1311 yillari orasida G‘ozonxonning topshirig‘i bilan yozilgan. Asar uch qismdan iborat: 1) mo‘g‘ullar va ular asos solgan davlatlar Ulug‘ yurt ya‘ni Mo‘g‘uliston, Elxoniylar davlati hamda mo‘g‘ullar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, Shimoliy Xitoy, Urta Osiyo va Yaqin hamda O‘rta Sharq mamlakatlari xalqlarining mo‘g‘ul istolchisigacha bo‘lgan qisqacha tarixi; 2) Sharq mamlakatlari xalqlarining islomiyotdan avvalgi tarixi, Arab xalifaligi va uning tarkibida tashkil topgan G‘aznaviylar imperiyasi, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati tarixi; Xitoy, qadimgi yahudiylar, franklar, Rim imperiyasi va Hindiston tarixi; 3) Yer kurrasi hamda yetti iqlim mamlakatlarining geografik holati. Afsuski, asarning so‘nggi, uchinchi qismi saqlanmagan. Qo‘lyozma 1318 yili Rashiduddinning shaxsiy kutubxonasi talon-taroj qilingan vaqtlarda yo‘qolgan bo‘lishi mumkin. Mazkur asar, ayniqsa uning turk va mo‘g‘ul xalqlarining Chingizxonga qadar kechgan tarixi Mahmud Koshg‘ariy va Alouddin Otamalik Juvayniy asarlari, Elxoniylar kutubxonasida saqlanayotgan “Oltin daftar”, Chingizxon va uning ota-bobolari tarixi, shuningdek, turk-mo‘g‘ul xalqlari tarixi va irvoyatlarini yaxshi bilgan kishilar, Po‘lod, Chjensyan, G‘ozonxon va boshqalarning og‘zaki axborotlari, G‘arb mamlakatlari, Xitoy va Hindiston xalqlari tarixiga oid qismlari o‘sha vaqtlarda Eronga kelib qolgan frantsiyalik ikki katolik rohib, ikki xitoylik olim va kashmirlik rohibning ishtirokida yozilgan. To‘plangan ma‘lumotlarni tartibga solish ishlarini muallifning yordamchilari Abdulla Koshoniy hamda Ahmad Buxoriylar bajarganlar. “Jome ut-tavorix” asarining ayniqsa turk-mo‘g‘ul xalqlari tarixini o‘z ichiga olgan qismi Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Kitobning O‘rta Osiyo, Eron va Kavkaz orti xalqlarining XIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid qismlari ham benihoyatda qimmatlidir. Asarning ayrim qismlari Katrmer (1836 y.), E.Bloshe (1911 y.), K.Yan (1941 y.), I.N.Berezin (1858-1888 yy.) tarafidan rus, frantsuz hamda nemis tillariga tarjima qilingan va forscha matni, so‘z boshi bilan chop qilingan. Uning o‘zbek tiliga qilingan ikkita tarjimasi bor. Ulardan biri Shayboniylardan Ko‘chkinchixonning (1510-1530 yy.) topshirig‘i bilan Muhammad Ali ibn Darvish Ali Buxoriy tomonidan qilingan va muqaddima va uch jilddan iborat. Bu tarjimaning noyob qo‘lyozmasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida 2 tartib raqami ostida saqlanmoqda. Ikkinchi tarjima esa 1556 yili Niso shahrida Solur bob ibn Qul Ali tarafidan Urganch hokimi Ali Sultonning (1572 yili vafot etgan) buyrug‘i bilan bajarilgan bo‘lib, uning qo‘lyozma nusxasi Ashgabadda Turkmaniston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot institutida saqlanadi. “Jome ut-tavorix” asarining to‘la ruscha tarjimasi 7 nafar mo‘‘tabar qo‘lyozmalar asosida 1946-1960 yillari Sankt-Peterburgda amalga oshirilgan. Amir Temur 1336 yili Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ildi. Uning otasi Turag‘ay barlos urug’idan edi. Temur dastlab «turli beklarning qo‘shinini boshqardi». 1360 yildan boshlab u 10 yil davomida goh u, goh bu feodal hukmdor tomonida kurashdi va bir vaqtning o‘zida barloslar qabila-sini o‘z atrofida jipslashtirib bordi. 1361 yilda u Tug‘lug‘ Temur tarafiga o‘tdi va buning evaziga Shahrisabz hamda Qarshi viloyatining hukmdori etib tayinlandi. Biroq, u Tug‘lug‘ Temurning raqibi — Balx hukmdori amir Husayn bilan ittifoq tuzdi. Ular birgalikda mo‘g‘ullarga qarshi isyon ko‘tardilar. Biroq mag‘-lubiyatga uchragach, O’rta Osiyoni tashlab Seyistonga qochishga maj-bur bo‘ldilar. Seyistondagi harbiy harakatlaridan birida Temur o‘ng qo‘li hamda o‘ng oyog‘idan yaralanadi. Shundan keyin u bir umr cho‘loq bo‘lib qoldi va kelgusida ulkan davlat tuzgan bu zot «Temurlang» (Oqsoq Temur) laqabini oldi. 1360 yilda Shahrisabz va Qarshining begi bo‘lgan amir Temur 1370 yilga kelib, ya’ni 10 yil ichida butun Movarounnahrning hukmroniga aylandi. Ibn Arabshoh ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Temurning otasi Turag‘ay xudojo‘y musulmon bo‘lgan, u olim va darveshlarning, ayniqsa shayx Shamsiddin Kulolning do‘sti bo‘lgan. Bu taqvodor zotning xoki Go‘ri Amir maqbarasiga qo‘yilgan yoki ko‘chirilgan. Temurning yangi diniy maslahatchisi hamda homiysi Said Baraka umrining oxiriga qadar Temurning maslahatgo‘yi va ma’naviy padari bo‘lib, Temur Xorazmga yurish qilganda ham ishtirok etadi. Said Baraka va termizlik sayidlardan so‘ng ma’lum bir nufuzga, obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan zotlar samarqandlik shayxul-islom Xoja Abdul-Avval va uning jiyani Xoja Isomiddin, keshlik Xoja Afzal va keshlik shayxulislomning o‘g‘illari Abdul-Homid va Abdurahmon hamda samarqandlik shayxul-islom alMaliklardan iborat edi. Ibn Arabshohning so‘zlariga ko‘ra, amir Temur Zohid Zoyi aldin Abu Bakr Toyobodiyni (1381 yil-dan Xuroson ruhoniylarining etakchisi, Xuroson yonidagi Toyobod qishlog‘idan chiqqan) o‘zi erishgan zafarlarda katta xizmati bo‘lgan Shamsiddin Kulol va Said Baraka qatori homiylaridan biri deb hisoblagan. V. V. Bartoldning ta’kidlashicha, «Shohruh davrining tarixchilari Chingizxon qonunlari oldida islom shariati yuqori mavqega erishgan bir paytda, tabiiyki, Temurning xudojo‘yligini va dinga bo‘lgan jonkuyarligini bo‘rttirib ko‘rsatishga moyil bo‘lganlar. Shubhasiz, amir Temur ulamo ahlining homiysi bo‘lgan, ular bilan tengma-teng muloqotlar olib borgan va ayniqsa payg‘ambar avlodlariga alohida hurmat bilan qaragan: sohibqironning o‘z tug‘ishganlaridan tashqari uning davlatida hayoti daxlsiz hisoblangan yakkayu-yagona odamlar sayidlar bo‘lgan deyish mumkin. Bundan tashqari, Hofizi Abru yozishicha, Temur dini islomni mustahkamlash uchun g‘amxo‘rlik qilgan, u hech qachon vaqflarning pul bilan bog‘liq ishlariga aralashmas edi. Bartold yana bir o‘rinda Temur tarixni juda yaxshi bilgan, deb yozadi. Bartoldning bu so‘zlari tarixchi Ibn Xaldunning Temur bilan bo‘lgan suhbati mazmuniga suyanib yozilgan. Tarixning bu sahifalarini batafsil yoritishdan maqsad Temurning Sharq tarixidagi juda murakkab o‘rnini ta’kidlashdan iborat. Bundan tashqari, agar Chingizxon umrining oxirigacha mo‘g‘ul tilidan boshqa tilni bilmay o‘tgan bo‘lsa, Temur o‘zining ona tili bo‘lgan turk tilidan tashqari, forsiyni ham yaxshi bil-gan va bu tilda olimlar bilan suhbatlar qurgan, o‘z saroyida tez- tez bo‘lib turadigan «qissaxonlik»lardan olgan tarixiy bilimlari bilan tarixchi Ibn Xaldunni ham hayratda qoldirishi turgan gap edi. Shuning uchun ham jahonda taniqli bo‘lgan Sharqshunos V. V. Bartold Temurni shunday ta’riflaydi: «U shaxmat o‘yiniga qiziqar va bu sohada yuqori darajaga erishgan; islom dini ta’limotining negizlarini shu darajada yaxshi bilardiki, diniy munozaralarni kuzatib borishi va ularda bemalol ishtirok etishi mumkin bo‘lgan. Bularning hammasi uning harbiy muvaffaqiyatlariga ham yordam bergan.» Tabiiyki, Temurning tarix sohasidagi bilimlari o‘tmishdan misollar aytib o‘z jangchilarini ruhlantirishga yordam berar, mahalliy viloyatlarda olib boriladigan hamda lashkarlarga har qanday urushdan ham ko‘proq o‘lja beradigan qirg‘in va talonchi-liklar shar’iy yo‘llar bilan oqlanardi. Shuning uchun ham ulkan harbiy kuchlar unga so‘zsiz ishonar va o‘ta sodiq edi. Temurning o‘zi bosib olgan yurt aholisiga bo‘lgan munosabati turlicha edi. Shubhasiz, Temur davlati o‘ta shafqatsizlik asosiga qurilgan va ushlab turilgan edi. Bunday shafqatsizliklarga Isfaxondagi 2 ming tirik odamdan hamda 70 ming kesilgan kalladan yasalgan minora va Siva zabt etilganida qo‘lga tushgan 4 ming asirning tiriklayin ko‘mib yuborilishi misol bo‘lishi mumkin. Musulmon jahongirining bunday vahshiyliklari oldida,— deb yozadi V. V. Bartold,— majusiy Chingizxon amri bilan musulmon mamlakatlarida amalga oshirilgan ommaviy qirg‘inlar ham hech narsa bo‘lmay qoladi. Shunday bo‘lsada, Temur imperiyaning madaniyatli aholisi uchun faqat yovuz hukmdor bo‘lgan emas. Temur dushmanlarning shaharlarini vayron qiluvchi bo‘lish bilan birga g‘ayratli yaratuvchi ham edi: uning amri bilan ajoyib bog‘lar yaratildi, muhtasham binolar qad ko‘tardi (birgina Samarqandda bunday binolar 20 mingdan oshiq edi), shaharlar, qishloqlar obod qilindi, yo‘llar tiklandi, sug‘orish inshootlari barpo etildi. Sharafiddin Ali Yazdiyning aytishicha, u hosil ko‘tarish mumkin bo‘lgan biron bir er bo‘lagining behuda yotishiga yo‘l qo‘yma-gan ekan. Uning yaratuvchilik faoliyati vayrongarchilik ishlari kabi kishini lol qoldiradi. O’rta Osiyodagi ko‘plab ulug‘vor me’morlik yodgorliklari Temur va uning avlodlari nomi bilan bog‘liq. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, Temurning saroylari avom xalq kira olmaydigan qilib mustahkamlangan edi. Agar Samarqandning Tepaqo‘rg‘on qal’asidagi Ko‘ksaroy asosan xazina va davlat arxivi vazifasini bajargan bo‘lsa, Samarqand atrofidagi bog‘lar («Sultoniya» va «Dilkusho» dan tashqari, bular Temurning shaxsiy qarorgohi edi). Samarqand va tevarak-atrofdagi aholi, boyu-kambag‘allar uchun tomoshagoh va dam olish maskani hisoblangan. Eng katta bog‘ To‘xta-Qarachi saroyining atrofini qurshab olgan edi (saroy xarobalari hozirgacha saqlanib qolgan). Samarqand bilan Shaxrisabz oralig‘idagi dovon ham ana shu nomni olgan. Bu saroy 1398 yili bino etilgan edi. Temur ko‘rsatmasi bilan faqat Movarounnahrda emas, balki zabt etilgan o‘lkalarda ham keng miqyosda sug‘orish ishlari olib borilgan. Temur o‘z hukmronligining dastlabki yillarida mamlakat poytaxtini belgilashda ikkilangan edi. XIV asrning 70-yillaridan Samarqand yirik siyosiy markaz tusini ola bordi va shu bilan shaharning yuksalishi avj oldi, Sharqning savdo-iqtisodiy, hunarmandchilik, ilmiy-adabiy markaziga aylandi. Hozirgi kunda bizgacha Temur va temuriylar yaratgan inshootlardan oz qismigina saqlanib qolgan, xolos, aksariyati yo‘qolgan, yo‘qotilgan, ayrimlari vayronalarga aylangan. Masalan, Samarqand qal’asida (Tepaqo‘rg‘on) 1371 — 1372 yillarda o‘sha davrning obro‘li kishilaridan biri bo‘lgan so‘fiy Nuriddin Basir yoki Qutbi Chahor-doxum uchun maqbara tiklangan edi. Bu obida 1868 yilning mayiga qadar juda yaxshi saqlangan. Chor Rossiyasi Samarqandni bosib olgach, shu yilning iyun oyidayoq Kaufmanning buyrug‘i bilan bu nodir yodgorlik er bilan yakson qilinadi. Shu tufayli ham bizga bu me’morchilik durdonasining faqat tarixi va tasviri — tarixchi rassom V. V. Vereshchaginning suratlarigina saqlanib qolgan, xolos. Hatto mana shu ko‘hna suratlar ham 1915 yilga kelibgina oshkor qilindi va bu haqda Turkistondagi rus ziyolilarigina ogoh bo‘ldilar, xolos. Hozir loyiha — tarx va unda ko‘rsatilgan o‘lchovlar bo‘yicha xulosa qilish mumkinki, Qutbi Chahordohum maqrabasi olti burchakli mahobatli gumbazi bo‘lgan bino ekanligi-ni ko‘ramiz. Uning devorlari sirlangan g‘ishtlar bilan, peshtoqlari yozma naqshlar va gumbaz qubbalari feruza rang bilan ziynatlangan edi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling