1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

Narshaxiy. «Buxoro tarixi»
Bu asar «Kitob-ul-ansob» majmuasining muallifi Sam’oniy dalolat berishiga qaraganda
tarixchi Narshaxiy qalamiga man-subdir. Narshaxiy Buxoro viloyatida Narshax qishlog‘ida tug‘il-
gan. Uning to‘la ismi Abu Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Shariq (899—960 y) 
dir. Gap shundaki, arab tilida yozilgan bu asarning asl nusxasi bizgacha etib kelmagan yoki 
hozircha topilgani yo‘q. Bizgacha etib kelgan «Buxoro tarixi» so‘z boshisida yozilishicha, kitobni 
1128 yili arab tilidan quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy o‘z do‘stlari 
taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Quboviyning yozishicha, u tarjima jarayonida kitobdagi 
ortiqcha tasvir va keraksiz joylarni qisqartirgan, ammo asl mohiyati va maz-munini qoldirib
keyingi tarixiy voqealar bayonini o‘zidan qo‘shgan. Kitobning 1939 yilda Tehronda nashr etilgan 
nusxasidan ko‘rinadiki, «Buxoro tarixi»ga keyinroq ham boshqa mualliflar xomonidan 
qo‘shimchalar kiritilgan. Bu haqda eronlik olim Muhammad Toqi Bahor o‘ziniig 1958 yili 
Tehronda nashr etilgan «Malik ush-shuaro» kitobida guvohlik beradi.


Tarixiy nuqtai nazardan, tarjimon Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al Quboviy 
bunday xabar qiladi: Narshaxiy asarining do‘stlari taklifiga binoan arab tilidan forschaga tarjima 
qilinishining sababi, asarni ko‘pchilik o‘qib tushunishiga qulay bo‘lishi; qiziqarli bo‘lmagan 
o‘rinlar, ortiqcha arabcha o‘xshatishlar va jimjimador ifodalarni qisqartirib, kitobning ommabop 
bo‘lishi uchundir. Ikkinchi tarjimon Muhammad ibn Zufar ibn Umar esa 1178—1179 yillarda 
«Buxoro tarixi» ni fors-tojik tiliga tarjima qilganda, uni yanada qisqartirdi va yana qayta 
ko‘chirish, ko‘paytirish uchun tayyorladi. Kitobning bu tarjima nusxasini o‘qir ekanmiz, 1178—
1179 yilda yuz bergan tarixiy voqealardangina emas, 1220 yilgacha bo‘lgan voqealardan ham 
xabardor bo‘lamiz 
!
. Gap shundaki, tarixchi A. Suxareva 
2
Eron olimi Muhammad Toqi Bahor 
3
larning ma’lumot-lariga qaraganda «Buxoro tarixi» biz yuqorida tilga olganimiz-dan boshqa ko‘p 
kishilar tomonidan qisqartirilgan, qo‘shimcha kiri-tiltan va izohlangan. Shunga qaramasdan, 
hamma tarjimon va sharhchilar kitobning asl muallifi Narshaxiy ekanligini bir ovozdan 
tasdiqlaydilar.
Bu asarning nomi haqida bir necha so‘z. O’z asariga Narshaxiy qanday nom bergani haqida 
ma’lumot yo‘q. Shuning uchun uning nomi turli yurt tarixshunoslik adabiyotlarida turli shakllarda 
ishlatiladi: «Tarixi Narshaxiy», «Narshaxiy tarixi», «Tarixi Buxoro» «Tahqiq ul-viloyat» 
(«Viloyat haqiqatini aniq-lash»), «Axbori Buxoro» («Buxoro haqida xabarlar») va hokazo
4
.
Shunga qaramay, u hozirgi tarix fanida «Tarixi Buxoro» bo‘lib qat’iy o‘rin oldi. VIII—XII asr 
Buxoro davlati tarixiga oid tarixshunoslik asosan «Buxoro tarixi» kitobidan olinganligini alohida 
ta’kidlash lozim. Bu asarga bo‘lgan katta qiziqish uning jahon xalqlari tillariga ko‘p marta tarjima 
qilinishiga va ketma-ket nashr etilishiga sabab bo‘ldi. Masalan, fransuz Sharqshunosi Ch. Shefer 
1892 yili Parijda «Buxoro tarixi»ni nashr etdi. Bu asarni Samarqand uezdining sobiq boshlig‘i, 
polkovnik N. Likoshin rus tiliga tarjima qilib, 1897 yili Toshkentda, o‘zbek ma’rifatchisi Mulla 
Sulton so‘zboshi bilan 1904 yili Buxoroda, Eron olimi, Mudaris Rizaviy 1939 yili Tehronda, 
Angliya Sharqshunosi R. Fray 1954. yili Kembrijda nashr etgan. Nihoyat, 1966 yili o‘zbek tilida 
Sodiq Mirzaev tarjimasida Toshkentda nashr etildi.
Shunday qilib, asl muallif Muhammad ibn Ja’far, uning tarjimoni va davomchisi Ahmad ibn 
Muhammad, shuningdek, keyingi mutarjim va sharhlovchi Muhammad ibn Zufar «Buxoro tar-
xi»da VIII—XII asrlarda yuz bergan tarixiy voqealarni bayoi qilarkan, musulmon tarixshunosligi 
nuqtai nazaridan kelib chiqib, islom asoslari va fiqhni himoya qiladilar. Shu tufayli xalqning 
ahvoli va arab bosqinchilariga qarshi harakat (masalan, Muqanna boshchiligidagi xalq harakati) 
qoralanadi. Hukmron sinflarning unga qarshi harakati ma’qullanadi. Ammo shun-ga qaramay, 
XII—XIII asr tarixiy voqealarining xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga ko‘taradi. 
Busiz Urta Osiyo xalqlarining arablar hukmronligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoliga, 
keng xalq ommasining bosqinchilarga qar-shi kurashiga baho berish mushkul. «Buxoro 
tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir.
Bu davr tarixshunoslikgi rivojida o’z hissani qo’shga yana bir qomusiy olim Abu Rayhon 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling