1 -mavzu: Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixini o‘rganilishi O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/35
Sana18.01.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1098527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
1 mavzu

Yozma tarixiy manbalar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: 1) Oliy va mahalliy hukmdorlar 
mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar,farmonlar, inoyatnomalar va b.k.), moliyaviy 
hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar va 2) tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar. 
Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni o‘rganishda rasmiy hujjatlar, 
moliyaviy hisobot daftarlari va yozishmalarning ah amiyati benihoyat kattadir. Rasmiy hujjatlar
ijtimoiy-siyosiy hayotni ma’lum huquqiy ko‘rinishda bevosita va ko‘p hollarda aynan qayd etishi 
bilan qimmatlidir.
Yozuvning vujudga kelishi tarixiy bilimlar uchun mislsiz katta ahamiyatga egadir, chunki 
yozuv bo‘lib o‘tgan hodisa va voqealarni kelgusi avlodlarga etkazuvchi eng muhim vositadir. 
Chunonchi, Shumer va Akkad podsholarining yozuvlari, qadimgi Misr yilnomalari, davlat, 
ibodatxona arxislari va shaxsiy arxivlarining paydo bulishi ana shunday vositalardandir.
Biroq 
yozuv 
ancha 
kech, 
jamoadan 
sinfiy 
jamiyatga 
o’tilgandan 
keyin 
sivilizatsiya(madaniyat)davridagi kelib chiqqan. Binobarin, yozuv ancha so‘nggi davrlar tarixini 
yorita olgan. Shunday bo‘lsa ham. yozuv tarixiy bilimlarni to‘plashga kata imkoniyat bergan. 
Yozuv kitob ishi, shu jumladan tarixiy asarlarni yaratish ham mutlaqo hukmron sinflar qo‘lida 
bo‘lgan. undan mehnat ahllari bahramand bo‘la olmagan.
Jahonning eng qadimgi madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqlari eramizdan 
avvalgi birinchi ming yillik o’rtalaridayoq aramey, forsiy. mixxatdan keyin 
grek yozuvidan foydalanganlar. Apamey ezuvi zaminida vujudga kelgan Xorazm va so‘g‘di 
ezuvlari ancha uzoq umr ko‘rgan. so‘g‘di yozuvi yodgorliklari ichida so‘g‘d kalendari va 
Samarqandliklarning arab bosqinchilariga kurash uchun Farg‘onaliklardan madad so‘rab yozgan va 
”Mug‘ qalasi” dan topilgan 80 hujjat alohida ahamiyatga molikdir.
Eramizning V asrigacha bo’lgan davrda vujudga kelgan ”O‘rxun-Enisey” yoki” turkiy Run” 
yozuvi yodgorliklari muhim ahamiyatga ega. Ula r orasida ayniqsa xon Bilqa qon (784 y da vafot 
etgan) va uning ukasi Kulteginning (732 yilda vafot etgan) qabr toshlariga o’yib yozilgan xatlar 
ayniqsa xarakterlidir. Bu yozuvlar vaV-VIII asrlarga taaluqli boshqa bir qancha yozuvlar XIX 
asrning birinchi yarmidagina fanga malum bulgan. Mazkur yodgorliklar uzoq vaqt sirli bulib 
kelgani sababli”turkiy run” yozuvi deb atalgan. Bu yodgorliklarning siri 893 yilda daniyalik olim 
Velgelm Tomsen tomonidan ochilgan bo‘lib, g‘oyat ahamiyatga egadir. Ontin va Salenta daryosi 
atrofida, Avliyoota (Jambul) shahri yaqinida, Talas vodiysida topilgan V-VI asrlarga oid tosh 
edgorliklar ham shular jumlasidandir.
Tarixiy asarlarning yilnoma(tarixiy voqealarning yil sayin yozib borilgan), biografik(tarjimai 
xol) va avtobiografik(o‘z tarjimai xoli hikoya qilingan) asarlar kabi bir qancha turlari paydo 
bo‘lgan. Tarixiy asarlarning shakllari ham asta-sekin o‘zgara boshlagan. Chunonchi, voqealar va 
ularning bo‘lib vaqtlari ro’yxatidan iborat asarlar o‘rniga yilnoma, so‘ngroq esa voqealar 
sabablarini ham bayon qilib beruvchi yilnomalar paydo bulgan.



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling