1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatimizda
- Orol dengizi
- 1500 tadan ortiq nasos stansiyalari
- 1694 ta Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi
Markaziy Osiyoda
- Bugungi kunda M.Osiyoda 3,5 mln. kv. km. maydonda 56 mln. (2009 y),70 million dan ortiq aholi istiqomat qilmoqda (2016 y). - Qirg‘iziston Respublikasi suv zahiralari bo‘yicha MDH davlatlari orasida (Rossiya va Tojikistondan keyin) uchinchi o‘rinda turadi (2013 y). Mamlakatimizda - O‘zbekiston Respublikasida suv zahiralarining asosiy istemolchisi sug‘orma dexqonchilik hisoblanadi. Bu jarayon ildizlari eramizdan avvalgi VII-VI ming yilliklarga borib tarqalsa-da, XX asrga kelib, nihoyatda rivojlandi. Asr boshida 2,3-3,5 million gektar yerda dehqonchilik qilingan bo‘lsa, 90-yillarga kelib sug‘orma ekinzorlar ko‘lami 7959,6 million gektar yerga yetdi. Umumiy suv zahiralari (116,7 milliard metr kub) ning 91,6 foiz istemolchisi ham sug‘orma dexqonchilikdir. - Sug‘orma dexqonchilik tufayli mintaqamiz, jumladan respublikamiz yer maydonlari suv ko‘p sarflanadigan obektga aylandi. Bu esa o‘z-o‘zidan muhitning keskin inqirozini yuzaga keltirdi. Jumladan, Amudaryo va Sirdaryo havzasi maydonlarida sug‘orishdan hosil bo‘lgan tashlandiq suvlar hosil qilayotgan ko‘llar miqdori 1990 yilga kelib 173 taga yetdi. Ulardagi suv hajmi 51 milliard metr kubdan oshib ketdi. Bu hozirgi Orol holatining oltidan bir qismi demakdir. Bugungi kunda tashlandiq ko‘lning eng yirigi Sariqamishda-28,5 milliard metr kub, Aydarko‘lda 11,6 milliard metr kub, Dengizko‘lda 3,0 milliard metr kub suv mavjud. - 1960 yilgacha Orol dengizi maydoni 68,9 ming kvadrat kilometrga teng bo‘lib, suv hajmi 1038 kub kilometrni tashkil etardi. Orol va Orolbo‘yi havzalarida 38 turdagi baliq bo‘lib, yiliga 30 ming tonnagacha baliq ovlangan. Bugun uning hajmi 13, maydoni 7 baravarga, suv sathi esa 26 metrga pasaydi. Suv sho‘rlanishi esa dengizning g‘arbiy qismida har metriga 120 gramm, sharqiy qismida esa 280 grammga yetdi. - Ayni paytda mamlakatimizda 55 ta suv ombori mavjud bo‘lib, ularning 18 tasi yirik hisoblanadi. Shundan 30 tasi Amudaryo, 25 tasi Sirdaryo havzasida joylashgan. Bu suv omborlarida 17,8 milliard kub metr suv yig‘iladi. Uning foydalanish hajmi esa 14,6 milliard kub metrdir. .(2016 y) - Keyingi uch-to‘rt yilda O‘zbekiston bo‘yicha suv sarflanishi 3-4 milliard kubometrga kamaydi. Ya’ni bundan 5-6 yil ilgari yiliga 60-62 milliard kubometr suv sarflangan bo‘lsa, hozir o‘rtacha 54-56 milliard kubometr atrofida suv sarflanmoqda. Zarafshon daryosining bir yillik oqimi 5 milliard kubometrni tashkil etishini hisobga olsak, bu bugungi kunda Zarafshondek bir daryo suvi tejaldi demakdir. - Har yili Respublikamiz qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 1,3 mln. tonnadan ortiq mineral o‘g‘itlarning ma’lum qismi u yoki bu sabab bilan ochiq suv havzalariga tushayotgani sir emas. ayrim manbalarga ko‘ra suvga har yili 90 ming tonna pestitsid oqib tushayotir. - Respublikamiz ochiq suv havzalarining bakterial va kimyoviy ifloslanish ko‘rsatkichlari tekshirilganda kimyoviy ko‘rsatgich 28 % ni, bakterial ko‘satkich esa 13 % ni tashkil etganligi aniqlangan. - O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 53,1 mlrd. m3 suv ishlatiladi. Asosiy manba-yer usti suvlaridir. Jami miqdorning 92 % i qishloq xo‘jaligi ekinlariga sarflanadi, bu esa mamlakatimiz hududining 4,3 mln. gektarini sug‘oradi deganidir. - O‘zbekiston hududidagi Amudaryo va Sirdaryo ham sersuv daryolar sirasidan hisoblanadi. - Kuzatishlarga qaraganda 2020 yilga borib iqlim o‘zgarishi global haroratning oshishi tufayli Amudaryo Sirdaryoni suv bilan ta’minlayotgan muzliklar zaxirasining 15-20 foizga kamayishi kutilmoqda. Iqlim o‘zgarishi tufayli mintaqamizda yoz fasliga xos davr cho‘ziladi. O‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish me’yori 2030 yilga borib 5 foizga, 2050 yilga borib 7-10 foizga va nihoyat 2080 yilga borib hozirgidan 10-12 foizga oshadi. - O‘zbekiston Respublikasi 2011 yili Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiyaning 79 yig‘ilishida ushbu tashkilot a’zoligiga qabul qilindi. (2014 y). - O‘zbekistonning bir yillik suvga bo‘lgan talabi-72 mlrd. metr kub bo‘lib, shuning 80 foizi qo‘shni Tojikiston va Kirg‘iziston respublikalaridan oqib keladigan manbalar hisobidan qoplanadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 97 foizi esa sug‘oriladigan yerlardan olinadi. - Mamlakatimizda yiliga har gektar yerga o‘rtacha 10 ming kub metrgacha suv sarflanadi (2007 y). - Mamlakatimizda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi daryolar aholi ehtiyojini suv bilan ta’minlaydi. - Respublikamizda bir kecha-kunduzda xar bir kishi uchun 320 litr suv me’yor kilib belgilangan. Bu ko‘rsatkich Arab mamlakatlarida 180, Yevropa mamlakatlarida 250 litrni tashkil etadi. (2006 y). - Suv iste’molchilarga katta xarajatlar evaziga yetkazib beriladi. Masalan, Isroil va Ispaniyada 1 metr kub suvni yetkazib berishga 40 sent (480 so‘m), AQShda 24 sent (290 so‘m) xarajat qilinadi. Respublikamizda bu raqam 4,2 so‘mni tashkil qiladi. Dunyo mamlakatlarida bu xarajatlarning 50 foizi davlat, qolgan 50 foizi suvdan foydalanuvchilar tomonidan qoplanadi. Farq shundaki, mamlakatimizda bu xarajatlarning hammasi davlat tomonidan qoplanmokda (2006 y). - 1 kg sholi yetishtirish uchun 3 tonna, 1 kg g‘alla yetishtirish uchun 1,4 tonna, 1 kg kartoshka yetishtirish uchun 100 litr, 1 kg mol go‘shti yetishtirish uchun 1.300 litr, sanoatda 1 tonna shakar ishlab chiqarish uchun 100 metr kub, 1 tonna qog‘oz ishlab chiqarish uchun esa 1.500 metr kub suv sarflanmokda (2015 y). - 1 kg paxta ekish uchun-14-16 ming litr suv sarflanadi (2015 y). - Mamlakatimizda-1500 tadan ortiq nasos stansiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda (2013 y). - Respublikamizda mavjud 4,3 mln. gektar sug‘oriladigan maydonlarning 49 foizidan ortig‘i turli darajada sho‘rlangan. Ushbu maydonlarni sug‘orish uchun 57 mln. metr kub suv olinmoqda (2016 yil aprel’). - Yerlarning meliorativ holatini yaxshilab borish va yer osti sizot suvlari satxini me’yor darajasida ushlab turish uchun 141 ming km. uzunlikdagi kolllektor-drenaj tarmoqlari hamda 3474 dona vertikal drenaj quduqlari va 123 dona meliorativ nasos stansiyalari xizmat ko‘rsatib kelmoqda (2013 y). - Mamlakatimiz miqyosida jami 1694 ta Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) mavjud (2012 y). - O‘zbekiston Respublikasida ayni paytda-55 ta sun’iy suv omborlari mavjud. - Dunyo resurslari instituti (WRI) tomonidan elon qilingan hisobotda O‘zbekiston suvning yuqori taqchilligi mavjud bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida 25-o‘rinda turibdi (2020 yil). Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling