1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
-mavzu: Rivojlangan o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida yer-suv munosabatlari; (2-soat)
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘luniylar sulolasiga asos soldi.
- Uchinchi iqlim
3-mavzu: Rivojlangan o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida yer-suv munosabatlari; (2-soat)
1. IX-X asrlarda Movarounnahrda Eloq va Parak viloyatlarining obod qilinishi 2. Somoniylar davrida yerdan foydalanishning turlari va ulardan ko‘zlangan maqsad. 3.Qoraxoniylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari. 4.Movarounnahr allomalarining yer-suv munosabatlari bo‘yicha ilmiy qarashlari 5.Xorazmshohlar va mo‘g‘ullar hukmronligi davrida yerga egalik turlarining saqlab qolinishi. Adabiyotlar1. Karimov I.A. “Dehqonchilik taraqqiyoti muvaffaqiyatlar garovi” Turkiston, 1994 yil, 19 fevral. 2. Karimov I.A. “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. - T., “O‘zbekiston,”1995 yil. 3. Ibn Battuta. Sayohatnoma. - T., “Shark,” 2012 y, 379 b. 4. Narshaxiy. Buxoro tarixi. - T., “Kamalak,” 1991 yil, 110-111 b. 5.Mahmud Qoshg‘ariy. Devoni lug‘otit turk. - T., “O‘zFa,” 1960 yil, 1-jild., 74,83, 91,93 va boshqa betlar. 6.Mahmud Qoshg‘ariy. Devoni lug‘oti-t-turk (Turkiy so‘zlar devoni). - T., “G‘.G‘ulom,” 2017 yil. 7.Musametov B. Ismoil Somoniyning vaqf yerlari. Moziydan sado. 2017 yil, 1 - son, 5 - 9 b. 8. Muhammadjonov A. ”O‘zbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari. - T., “O‘zbekiston,”1997 yil. 9. Muxtasar (shariat qonunlariga qisqachi sharh). – T., “Cho‘lpon,” 1994, 237 – 239 b. 10. Muhammadjonov A. Quyi Zarafshon vodiysining sug‘orilish tarixi (qadimgi davrdan yigirmanchi asrning boshlarigacha). - T., “Fan,” 1972 yil, 374 betlik. 11. Alimov U. “O‘rta asrlarda Movarounnahrda bog‘chilik xo‘jaligi tarixi” - T., «Fan», 1984 yil. 12.Saidov B. O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha). – T., “Universitet,” 2001 yil. (O‘quv uslubiy qo‘llanma). 13.Suyunov S. Shimoli-g‘arbiy Ustrushonaning sug‘orilish tarixi. V-XV asrlar arxeologik materiallari asosida. T.f.n. diss. - Samarqand., 1999 yil. 14.Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. - T., “Fan,” 1965 yil, 6 - 8 b. Sirdaryo havzasida ayniqsa Eloq (Ohangaron) va Parak (Chirchiq) vodiylari nihoyatda obod bo‘lib juda ko‘p shahar va qishloqlar joylashgan edi. Bunday obod dehqonchilik vohalari qishloq va shaharlarni suv bilan tamin etish ekin maydonlarini sug‘orish uchun daryolar bog‘lanib ulardan chiqarilgan turli xildagi sug‘orish tarmoqlari barpo etilgan. Bu sug‘orish tarmoqlarini ishlatishda ananaviy asriy tajriba va malakaga ega bo‘lgan omilkor miroblar yetishib chiqqan. Shu tariqa o‘rta asrlarning ishtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mos tartib qonun-qoidalarga asoslangan suv xo‘jaligi tashkil topadi. Masalan, bu davrda birgina Murg‘ob vodiysida suv xo‘jaligi bo‘yicha 10 mingga yaqin turli mansabdagi miroblar suv inshootlarining nazorati va suv taqsimoti bilan band bo‘lgan. Narshaxiyning yozishicha Buxoro vohasi suv xo‘jaligini davlat qozisi boshqargan. Somoniylar hokimiyati yirik yerdorlarining mulkdor va savdagorlarning manfaatini himoya qiluvchi feodal davlat edi. Mamlakatdagi mavjud yer va suvning kattagina qismi davlat va yuqori tabaqalarga tegishli mulk xisoblansa-da, ammo yerdan foydalanish va unga egalik qilishning bir nechta turlari mavjud edi. Davlat tasarrufidagi yerlar “mulki sultoniy” deb yuritilgan. Hukmron sulola vakillari mulkdor dehqon va aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta yer maydonlaridan tortib mehnatkash aholisiga tegishli mayda xususiy yerlar “mulk yerlari” hisoblangan. Masjid, madrasa, xonaqoh va maqbaralarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar “vaqf yerlari”deb atalgan. Bunday turlardagi yerlardan foydalanuvchilarning barchasi davlatga hosilning 1/3 hajmida xiroj to‘lar edi. Shu bilan oliy martabali ruhoniylar va saidlar qo‘l ostidagi yerlar davlat soliqlaridan qisman yoki tamomila ozod etilgan xususiy yerlar bo‘lgan. Bunday turdagi yerlar “mulki xos” deb yuritilgan. Bunday imtiyozga ega bo‘lgan mulkdorlar davlatga ko‘pincha hosilning 1/10 hisobida “ushur” solig‘i to‘lagan xolos. Shuningdek, hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan (soliqning bir qismi) mulkdor (viloyat, tuman yoki ayrim shahar va qishloqlar) iqto yoki tuman yerlari deb yuritilgan. Bulardan tashqari qishloq jamoalari tasarrufidagi ma’lum hajmdagi yer maydonlari saqlanib, ular jamoa yerlari hisoblanar edi. Bunday ko‘pchilikka qarashli jamoa mulklaridan lalmikor hamda korizlar vositasida sug‘oriladigan suvga tanqis tog‘ oldi mintaqalaridan keng foydalanilar edi. Bundan tashqari mehnatkash qishloq aholisi kadivar bo‘lib yoki yollanib ishlar edi. Yollanib qo‘shchilik qilganlar IX-X asrlarda “sherik” yoki “barzikor deb atalgan. Bu davrda katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko‘ra o‘z yerlarini barzikorlarga ijaraga berishni afzal ko‘rar edi. Agar barzikor o‘z urug‘i va qo‘shi bilan dexqonchilik qilsa, uning hissasi hosilning 1/3, 1/4, yoki 1/5 miqdorida belgilanar edi. Hech qanday narsaga ega bo‘lmagan va hammasini yer egasidan olib ishlatgan qo‘shchi hosilning 1/10 yoki 1/12 ulushiga ega bo‘lar edi. Davlat soliqlari (xiroj va ushur) yer egasidan ham qo‘shchilardan ham alohida-alohida olinar edi. Shunday qilib X asrga kelib tarix sahnasida ikkita yangi ijtimoiy tabaqa paydo bo‘ldi. Ular iqtodorlar va barzikor qo‘shchilar edi. Qoraxoniylar Movarounnahrni egallaganlaridan keyin bu yerga podalari bilan kirib kelgan ko‘chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydonlarini oyoq osti qildilar. Yerlarni anchagina qismi o‘tloq va yaylovlarga aylantirildi. Ekinzorlar Qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan turkiy qabilalarning asosiy mulkiga aylantirildi. XI asrda Movarounnahrda ayniqsa Zarafshon vodiysida ko‘pgina dalalar poliz va bog‘lar barbod bo‘ldi. Ekin maydonlari qisqarib ketdi. Bunday sharoitda mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko‘chmanchilar o‘rtasida ziddiyat kuchayib dehqonlarga qarshi kurash keskin tus oldi. Qoraxoniylarningg tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida o‘z yerlarini tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. Qoraxoniylar davrida nufuzli mulkdor dehqonlarga nisbatan zo‘rlik choralari ham qo‘llanilgan edi. Shunday qilib, XI-XIII asrlarda mulkdor dehqonlar yer-suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, katta yer egalari sifatida jamiyat hayotida o‘zining ahamiyatini butunlay yo‘qotdilar. Shundan keyin “dehqon” degan nom o‘zining “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asl manosini yo‘qotib,qishloq mehnatkashlari uchun umumiy nomga aylanib ketdi. XI asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto targ‘iboti keng yoyildi. Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari, oliy darajali harbiylar, davlat mamurlari va mahalliy zodagonlarga ham katta-katta yer maydonlari iqto tarzida hadya qilindi. Iqto tartibi Qoraxoniylar uchun bo‘ysundirilgan mamlakatlar aholisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli hisoblangan. Chunki iqto daromadlarini muttasil olib turishni taminlar, iqtodorni o‘z amlokida doimo muqim o‘tirishga majbur qilmas edi. Bu o‘z amlokida doimo muqim o‘tirishga majbur qilinmas edi. Bu davrda iqto tartibi shunchalik kengaydiki, u faqat ayrim qishloqlardagina emas, balki butun bir viloyat va yirik shaharlardan olinadigan daromadlar ham iqto’ tarzida in’om qilinib beriladigan bo‘ldi. Iqto’ tartibi keng qo‘llanilishi bois u vaqtinchalik inomdan umrbod foydalanishga bora-bora esa hatto avloddan-avlodga o‘tadigan merosiy mulkka aylana boshladi. Shunday qilib, XI-XII asrlarda Movoraunnahrda va Xurosonda mulkchilikning yangi turi iqto’ yerlari kengayib uning asosiy shakllaridan biriga aylandi. Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo‘lgan etiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sirini tobora ortib borishi bilan vaqf yerlari ham ancha ko‘paydi. Movarounnahrda mo‘g‘ullar hukmronligi o‘rnatilgach, XIV asrning birinchi yarmida Chig‘atoy ulusining yuqori tabaqasi ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka ko‘cha boshladi. Mo‘g‘ul harbiy ma’murlari mahalliy feodallar, yirik sardorlar, ruhoniylar va savdogarlardan iborat edi. Mamlakatdagi barcha mol-mulk, yer-suv ularning ixtiyorida bo‘lib, shahar va qishloqlarning mehnatkash ommasi ular hukronligi ostida kun kechirishar edi. Mamlakatda unumdor yerlarning asosiy qismi davlat va uning ma’murlari harbiy oq suyaklar qo‘lida edi. Yer va suvdan foydalanish ilgarigidek iqtodorlik davom etib kelar edi. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda yerga bo‘lgan egalikning to‘rt xili mavjud edi. 1.Mulki devon-davlat yerlari. 2.mulki injixon-noiblar va ularning tasarrufidagi yerlar. 3.mulki vaqf-masjid, madrasa, xonaqoh, mozor va maqbaralar ixtiyoridagi yerlar. 4.mulklar-xususiy yerlar. Mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar bo‘lib ular “iqto’” yoki “suyurg‘ol” deb yuritilar edi. Bunday yerlarga esa ega bo‘lgan yerdorlar “iqtodor” yoki “suyurg‘ol egalari” barcha soliq va to‘lovlardan etilar edi. Iqto’ va suyurg‘ol yerlari avloddan-avlodga meros tariqasida o‘tar edi. Yirik yerdorlar qo‘lidagi mulk yerlariga yersiz yoki kam yerli dehqonlarga biriktirilib ular bunday mulklarga hosilning 1/3 evaziga ijarachi bo‘lib ishlar edi. Yirik yerdorlar va ularning xo‘jaliklariga qaram bo‘lib qolgan dehqonlar “kadivarlar” deb yuritilar edi. Kadivarlar feodallar qo‘rg‘onlarida ular uchun bino qilingan maxsus turar joylarda yashar edilar. Davlatga soliq to‘lovchi asosiy mehnatkash dehqon ahli mayda yerdorlar bo‘lib, ular arabiy hujjatlarda “muzoriy”nomi bilan tilga olinadi. Muzoriy-ziroatkor dehqon polizkor ma’nosini anglatgan. Muzoriy va kadivarlardan tashqari mamlakatda qullar tabaqasi ham mavjud bo‘lib ulardan dexqonchilikda ayniqsa suv xo‘jaligi ishlariga: sug‘orish shoxobchalarida loyqadan tozalash to‘g‘onlar qurish kabi og‘ir jismoniy ishlarda foydalanilar edi. Ma’lumki, mo‘g‘ullar istilosi va qirg‘inlari oqibatida kadivar va muzoriylarning soni kamayib ketdi. Dexqonchilikning asta-sekin jonlanishi bilan davlatga soliq to‘lovchilarning asosiy qismini tashkil etgan. 4.Bizga ma’lumki Movarounnahr allomalari ham o‘z davrida yer-suv munosabatlari bo‘yicha asarlarida o‘zlarining ilmiy fikrlarini bayon etganlar. Masalan, O‘rta asrlarda (taxminan 797-865 yy) yashagan O‘rta Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al Farg‘oniy salmoqli o‘rin egallaydi. Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al Farg‘oniydir. Xalifa Xorun ar Rashid 809 yili Tusda vafot etadi. Uning vasiyatiga ko‘ra Bag‘dodda taxtga katta o‘g‘li Muhammad al Amin nomi bilan o‘tiradi. Saroydagi Xurosonlik a’yonlar esa Abdullohni taxtni qo‘lga olishga da’vat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh o‘rtasida taxt uchun olib borilgan kurash Abdullaohning g‘alabasi bilan tugaydi va Muhammad qatl qilinadi. O‘sha yili Abdulloh taxtga al Ma’mun nomi bilan taxtga o‘tiradi. Lekin u Bag‘dodga bormay 819 yilga qadar Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan 819 yilga qadar xalifalikning vaqtincha poytaxti bo‘lib turadi. 819 yili al Ma’mun butun saroy a’yonlari bilan birga Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida Ahmad Farg‘oniy ham bor edi. Al Ma’mun qo‘l ostida u tuzgan ilmiy markaz “Bayt ul-hikma”da ishlagan olimlar orasida al Farg‘oniyning nomi eslatilmaydi. Buning sababi, u davrda xalifalikda ikkita rasadxona faoliyat olib borar edi. Biri Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida edi va ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Bu rasadxonalarning har birida “Bayt ul-hikma” olimlarining ikkita doimiy guruhlari ishlar edi. Ana shu olimlarning o‘zi rasadxonalari hojatidan kelib chiqib, ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirar edilar va umumiy rahbarlik Bag‘doddan turib boshqarilar edi. Balki A.Farg‘oniy Damashqdagi olimlar guruhida bo‘lishi, al Ma’mun uni Bag‘dodga kelishi bilanoq, u yerga yuborgan bo‘lishi mumkin. A.R.Beruniyning bir xabari shunday taxminga asos beradi. Uning aytishiga ko‘ra, Bag‘dod rasadxonasining ishida Yahyo ibn Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik va al-Farg‘oniy bilan birga ikkinchi guruh olimlar ishlaganlar. U shuningdek, al Farg‘oniyning Suriya shimolida Sinjar sahrosida 832-833 yillar Tadmur va ar Raqqa oralig‘ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o‘lchashda ishtirok etganini ham aytgan. A.Farg‘oniy 861 yili Qohira yaqinidagi Ravza orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta’mirlagan. Agar Nil daryosida sug‘orish mavsumida suv sathi faqat 12 tirsakkacha ko‘tarilsa, dehqonchilikda hosil mutlaqo bo‘lmay, mamlakatda ocharchilik boshlangan. 13 tirsakda bug‘doy hosil bermagan, 14 tirsakda o‘rtacha hosil yetishtirilgan. 15 tirsakda ekinlar yaxshi hosilga kirgan, 16 tirsakda esa hosil nihoyatda ko‘p bo‘lib, mamlakatda ma’murchilik boshlangan. Biroq al Farg‘oniy qanday qilib va qanday sharoitda Misrga borib qolgani haqida ham aniq ma’lumot yo‘q. Ma’lumki, al Ma’mun Marvdan Bag‘dodga nafaqat olimlarni, balki g‘ulomlari bo‘lmish turk askarlarini ham olib kelgan edi. Bag‘dodga kelishi bilan u ma’lum ma’noda lashkarni turklashtirdi. Ana shu turk askarlaridan lashkarboshilar tayinladi. Turk g‘ulomlaridan biri Buxorolik To‘lunni xalifa Suriya, Falastin va Misrdagi lashkarlarning amiri etib tayinlaydi. Uning o‘g‘li Ahmad esa Suriya va misrni mustaqil deb e’lon qilib, To‘luniylar sulolasiga asos soldi. Al Xorazmiy xalifa al Ma’munning yaqin odami va maslahatchisi bo‘lgani kabi al-Farg‘oniy ham To‘lunning yaqin odami yoki uning saroy ahli doirasidagi kishilaridan biri bo‘lganligi taxmin qilinadi. Bu holda al-Farg‘oniyning Misrda paydo bo‘lganidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Ma’lumki o‘rta asrlarda arab tilida yozilgan geografik asarlarning eng birinchisi al-Xorazmiyning “Kitob suratul-arz” asari edi. Iqlimlarning al Farg‘oniy keltirgan tavsiflash usuli al-xorazmiynikidan farq qiladi. Al-Xorazmiy o‘zining tavsiflash usulida Ptolemey an’anasiga asoslanib, rub’i ma’murning tavsifini eng sharqiy chekkasidan boshlaydi. Uning iqlimlar tavsifi asosida 3,4,5,6 va 7 iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir. Chunki bularda M.Osiyo va unga tutash yerlarning shahar va viloyatlari tavsiflanadi. Shuning uchun quyida o‘sha tavsiflarni o‘z ichiga olgan parchani keltiramiz. “Uchinchi iqlim Sharqdan boshlanib, Xitoy mamlakatining shimolidan, so‘ng Hind mamlakatidan va so‘ngra Kobul va Kerman viloyatlaridan o‘tadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling