1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirdaryo daryosi
- Zarafshon daryosidir
Herman Vamberi
1-Mavzu. Kirish. O‘zbekistonda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi(2-soat) REJA. 1. Dehqon tushunchasining paydo bo`lishi. Dehqonchilik madaniyati 2. Markaziy Osiyodagi qadimgi kanallar qurilishi va rivojlanish taraqqiyoti bosqichlari. Adabiyotlar 1.Avesto (Tarixiy badiiy yodgorlik) Forschadan Asqar Mahkam tarjimasi. – T., “G‘.G‘ulom,” 2015 yil. 2.Ahmedov M. O‘rta asrlar uzunlik o‘lchovlari. Moziydan sado. 2017 yil, 3-son, 15-18 b. 3. Darg‘om kanali. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2002yil, 3-jild. 210-211 b. 4.Isakov Z. Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining dehqonchilik bilan bog‘liq urf-odat va marosimlari. O‘zbekiston tarixi. 2011 yil, 1-son, 70-79 b. 5.Kanallar. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2002 yil, 4-jild, 430-431 b. 6.Kaipnazarov A.Izuchenie istorii risovodstva v Karakalpakstane. “Qoraqalpog‘istonning eng yangi tarixining dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjuman materiallari. - Nukus. 2014 yil, 63 - 65 b. 7.Mavlonov U.M, Sulaymonov S. Rol’ Amudar’inskogo vodnogo puti v sisteme kommunikatsiy regiona. “Qoraqalpog‘istonning eng yangi tarixining dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjuman materiallari. - Nukus. 2014 yil, 91-92 b. 8.Matyaqubov X.Qadimgi Xorazmda urbanistik jarayonlar va madaniy-xo‘jalik mikrovohalarining tashkil topishi va rivojlanishi. O‘zbekiston tarixi. 2011 yil, 1-son, 3-14 b. 9.Musamuhamedov B. Ismoil Somoniyning vaqf yerlari. Moziydan sado. 2017 yil, 1-son, 12 - 13 b. 10.Muhammadjonov A. Quyi Zarafshon vodiysining sug‘orilish tarixi (qadimgi davrdan yigirmanchi asrning boshlarigacha). - T., “Fan,” 1972 yil, 374 betlik. 11.Muxtasar (shariat qonunlariga qisqacha sharh). - T., “Cho‘lpon,” 1994, 237 - 239 b. 12.Norqobilov T. Surxon vohasida dehqonchilik madaniyatining vujudga kelishini davrlashtirish to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar evolyusiyasi. O‘zbekiston tarixi. 2013 yil, 1-son, 47-57 b. 13. Ochilov N, Selivanova T. Suv va mehnat tufayli. Fan va turmush, 1984 yil, 8-son, 8-9 b. 14.Ochilov N. «Darg‘om». Muloqot. 1999 yil, 4-son, 45-46 b. 15.Oltin sochuvchi daryo. Markaziy Osiyo madaniyati. 2000 iyun, 21-son. 16.Bahromov D. Buxoro hovuzlari. O‘zbekiston ovozi, 2005 yil, 1 mart. 17.Kobilov S, Kamolov S. Aran-Aron-Orol qay biri dengizning nomi. (O‘zbekiston ovozi) 2004 yil, 20 avgust. 18. Saidov B. O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha). - T., “Universitet,” 2001 yil. (O‘quv uslubiy qo‘llanma). 19.Sayxun nega ko‘zlaringda yosh. Sirdaryo daryosining siri o‘tmishi va bugungi muammolari haqida. (O‘zbekiston ovozi), 2004 yil, 18 may. 20.Sayxun, Jayxun seni jonday asraymiz. Amudaryo suv havzasining o‘tmishi, daryoning buguni va ertangi muammolari xususida. O‘zbekiston ovozi, 2005 yil, 11 yanvar 21.Suyunov S. Shimoli-g‘arbiy Ustrushonaning sug‘orilish tarixi. V-XV asrlar arxeologik materiallari asosida. T.f.n. diss. - Samarqand., 1999 yil. 22.Utepbergenov F, Maksetov F. Srednevekovыe orositel’nыe kanalы Mizdakxanskogo oazisa. “Qoraqalpog‘istonning eng yangi tarixining dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjuman materiallari. – Nukus. 2014 yil, 132 - 133 b. 23. Qadimgi bog‘lar qanday yaratilgan. - T., “Fan,” 2006 yil, 80 bet. 24.Qodirov A. O‘zbekiston irrigatsiyasi tarixidan lavhalar. - T., “A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,” 1998 yil, 141-b. 25.Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. - T., “Fan,” 1965 yil, 6-8 b. Dehqonlar ijtimoiy guruh, aholining asosiy kasbi dehqonchilik boʻlgan maxsus toifasidir. Dehqonlar mehnat faoliyati, turmush tarzi, manfaati va koʻnikmalariga koʻra jamiyatdagi boshqa sinf va ijtimoiy guruhlardan farq qiladi. Dehqonlar agrar sohada faoliyat koʻrsatadi, yer va boshqa resurslarga egalik qiladi, oʻz ishlab chiqarish vositalari va oila aʼzolari mehnati bilan yakka xoʻjalik yuritadi. Dehqonlarning paydo boʻlishi ibtidoiy jamoat tuzumining parchalanishi jarayonida qishloq xoʻjaligida ixtisoslashuv yuz berib, dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi va mayda oilaviy xoʻjaliklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoda va Eronda dastlab jamoadan ajralib chiqqan katta yer egalari, baʼzan qishloq oqsoqollari "dehqon" deyilgan (ular oʻzlarining devor bilan oʻralgan mustahkam qoʻrgʻonlariga ega boʻlganlar). Oʻrta asrlarga kelib Dehqonlar qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining asosiy tayanchini hosil etdi, natijada u aholining asosiy ijtimoiy qatlamiga aylandi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti va ijtimoiy meqnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida asosan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlgan Dehqonlar tovar-pul munosabatlari yuzaga keltiradigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tortildilar va astasekin ijtimoiy tabaqalanib mayda, oʻrtahol va yirik yer egalari boʻlgan Dehqonlar paydo boʻldi. Sanoat rivojlanishi bilan, birinchi navbatda, kambagʻal, mayda Dehqonlar hisobidan ishchilar shakllanadi va shu hisobiga Dehqonlar soni qisqardi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda Dehqonlar sonini kes-kin qisqartiradigan fermer xoʻjaliklarining oʻsishi bilan bir qatorda kooperatsiya ham yuzaga keldi. Hoz. rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining asosiy qismini tashkil qiladigan Dehqonlarning xoʻjalik ukladi rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy qolokligi taʼsirida yanada murakkablashib bormoqda. Sobiq SSSRda, Sharqiy Yevropa va Osiyodagi bir qator mamlakatlarda kuch ishlatib, qatagʻon yoʻli bilan amalga oshirilgan dehqon xoʻjaliklarini jadal kooperatsiyalash (jamoa xoʻjaliklariga aylantirish) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini juda pasaytirib, Dehqonlarga ham, jamiyatga ham zarar keltirdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda tomorqa yeri boʻlgan mayda Dehqonlar, shirkat aʼzosi boʻlgan Dehqonlar, dehqon xoʻjaligi egalari boʻlgan Dehqonlar va davlatdan yerni uzoq muddatga (10— 50 yil) ijaraga olgan yirik fermer xoʻjaligi sohiblari boʻlgan Dehqonlar faoliyat koʻrsatadi (yana qarang Dehqonchilik). O‘zbekiston Respublikasida juda qadimdan boshlab yer-suv munosabatlari eng ustuvor masala bo‘lib keldi va hozirgacha shunday bo‘lib qolmoqda. Chunki O‘zbekiston Respublikasi aholisining oltmish foizdan ortig‘i qishloqlarda yashaydi. O‘zbekistonda iste’mol qilinadigan suvning yigirma foizigina O‘zbekiston daryolaridan qolgan sakson foizi esa qo‘shni respublikalar hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishining o‘zi O‘zbekistonda yer - suv munosabatlarining respublikada qanchalik muhim ekanligini isbotlaydi. Respublikamizda har yili 53 milliard kub metr suv iste’mol qilinadi, bu hajmning 92 % i qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizda yiliga har gektar yerga o‘rtacha 10 ming metr kubgacha suv sarflanadi. Bu ba’zi rivojlangan davlatlardagiga qaraganda ancha ko‘pdir. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda xususan “Er to‘g‘risida” gi (1990 yil 20 iyun), 1993 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish” bo‘yicha qonuni “O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi” (1998 yil 30 aprel) va boshqa qonunlarda, Prezident farmonlarida qishloq xo‘jaligidagi tub islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi. Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish va olishga yo‘l qo‘ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbod foydalanishga berish masalalari bugungi kunda hal qilindi. O‘zbekistonda ko‘p ukladli iqtisodiyot vujudga keltirildi. O‘zbekistonda yer-suv munosabatlari fani mamlakatimizda o‘tmishda va hozirgi kunda yer-suv munosabatlarida olib borilgan va olib borilayotgan islohotlarni o‘rganish va bu sohada erishilgan yutuqlar, muammolarni magistrlarga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ota-bobolarimiz juda qadim zamonlardan boshlab dashtu-dalalarga cho‘llarga suv keltirib, ularni bog‘u-bo‘stonlarga aylantirish to‘g‘risida bosh qotirganlar. Buning uchun albatta birinchi navbatda suv keltirish zarurligini chuqur anglashgan. Turli zamonlarda Amudaryo Vahvi Dantiya (Avesto), Oks, Ob, Oksus, Obu, Omuya, O‘kuz, Araks, Arang, Jayxun, Termiz, Guy-Shuy, Vaxrud, Vaxsh daryolari (20 dan ortiq nomlar bilan) deb atalgan. Amudaryo faqat Markaziy Osiyodagina emas, jahondagi yirik daryolardan ham biri hisoblanadi. Amudaryo Hindiqush tog‘ining 4950 metr balandlikdagi Vrevskiy muzligi bo‘lgan Shimoliy yonbag‘ridan boshlanib, Pomirdaryoga kelib qo‘shilguncha Vaxandaryo deb ataladi. Zo‘rko‘ldan oqib chiqadigan Pomirdaryo Amudaryoning ikkinchi manbai hisoblanadi. Pomirdaryo boshlanishidan Vaxshga kelib quyilguncha Panj, yani besh daryo nomi bilan (Vahandaryo, Pomirdaryo, Gunt, Bartangdaryo va Vanch) ataladi. Amudaryoning uzunligi boshlanish qismi bilan birga hisoblaganda 2500 kilometrni tashkil qiladi. Surxondaryo va Qorasuv daryosi Amudaryoning oxirgi irmoqlari bo‘lib, keyingi 1400 kilometr masofada unga bitta ham irmoq qo‘shilmaydi. Daryo Qoraqum va Qizilqum cho‘llaridan o‘tib, suvini Orol dengiziga quyadi. Daryoning kema qatnaydigan qismi uzunligi 1400 kilometrdan oshadi. Amudaryo haqiqatan ham sersuv daryo; uning suvi Dnepr suvidan 1,2 marta, Don suvidan uch marta ko‘p, lekin mashhur Nil daryosidan bir oz kamroq. Ayrim manbalarga qaraganda, Amudaryo XIII asr boshlaridan toki XVI asrgacha yani uch yuz yil mobaynida o‘z suvini O‘zboy o‘zani orqali Kaspiy dengiziga quyib turgan. Xuddi shu davrda Termiz shahrining port sifatidagi ahamiyati ortgan. Qadimda Amudaryodagi eng qulay daryo kechuvi Termiz yaqinidagi Payg‘ambar oroli orqali amalga oshirilar edi. Shuning uchun ham V.F. Minorskiy o‘zining “Yunon kechuvi” nomli asarida Yorgoh (Yordagoh) kechuvi Termizning o‘ziga Aleksandr Makedonskiy tomonidan asos solinguncha ham bor edi”,-deb malumot beradi. Garchi Termiz shahrining kim tomonidan, qachon barpo etila boshlaganligi xususida V.F.Minorskiy fikriga qo‘shilmasakda, kechuv borasidagi fikri to‘g‘ri. Hofizu Abro‘ ham Termiz shahri yaqinidagi kechuv haqida to‘xtalgan; “Burdag‘o‘y-Jayxun qirg‘og‘ida Termiz mavzelariga tutash joydir. Burdag‘o‘y-yunoncha so‘z bo‘lib, mehmonxona degan manoni anglatadi. Qadimda kemalarning sardorlari turgan”,-deydi. Xullas, bu tarixchi hozirgi Fayoztepa yaqinidagi kechuv joyi haqida fikr yuritgan. Shunday qulay kechuv joyida zarurat orqasida qo‘nalg‘a, karvonsaroyning, keyinroq esa qishloq va shaharning vujudga kelishi tabiiy bir hol edi. Qadimgi zamonlarda o‘lkamizga tashrif buyurgan Di Chjan Syanning elchisi Amudaryoni Guy-Shuy degan nom bilan atab, uni kema yuradigan, savdogarlar mollarini uzoq masofalarga olib keta oladigan suv yo‘li sifatida tilga olgan. Polibiyning (Miloddan avvalgi 201-120 yillar) takidlashicha, “Oks (Amudaryo) katta va kema yuradigan bo‘lib, irmoqlari hisobiga Baqtriyaga kelganda, juda yiriklashib ketadi.” Sirdaryo daryosi qadimda Ranha (“Avesto”), Eftalitlar davrida Gulzarriyun, Yaksart, Qasart, Qonqa, Choch daryosi, Xasart, Yanji O‘g‘uz, Sayxon, Banokat, O‘zgan suvi, Axsi suvi, Farg‘ona daryosi, Xo‘jand suvi, Shosh daryosi deb yuritilgani ma’lum. Shu munosabat bilan yana bir toponomik faraz qilish mumkin: Sirdaryoning Turkiston daryosi, Qorachuq o‘kuz, O‘tror daryosi degan nomlari ham bo‘lgandir. Shunday daryolardan yana biri Zarafshon daryosidir. Eski tarixiy manbalarda bu daryo Politimet, Naxr ul-Buxoro, Daryoyi Kuxak shuningdek Xaromkom, Naxri bo‘y, Jirt, Jon, Nomiq, Obi kuhak, Sug‘d daryosi, Xo‘jand suyi, Daytiya kabi nomlar bilan tilga olingan. Tojikiston va O‘zbekiston hududlaridagi bu daryoning uzunligi 781 kilometr bulib, u Turkiston, Zarafshon va Oloy tizmalari birikkan joy Maschoh (Ko‘ksuv) tog‘ tugunidagi Zarafshon muzligidan (Tojikiston) Maschohdaryo nomi bilan boshlanadi. 200 kmgacha oqib borgach, unga Fonadaryo qo‘shilib, Zarafshon (oltin sochuvchi) nomini oladi. Yana 100 km oqib borgach, Rabotxo‘ja qishlog‘idagi to‘g‘on yaqinida Tojikiston hududidan chiqib, O‘zbekistonning Samarqand va Buxoro viloyatlari bo‘ylab oqadi. Tog‘li qismda Zarafshondan qizilqum cho‘llariga 70 dan ortiq irmoq qo‘shiladi(ularning ko‘pchiligi 10-15 km li ariqlardir). Yirik irmoqlari esa Fonadaryo, Kishtutdaryo, Mog‘iyondaryolardir. Samarqanddan bir oz sharqroqda, Cho‘ponota tepaligi yonida Zarafshon ikki tarmoq Okdaryo va Qoradaryoga bo‘linadi. Zarafshon qizilkum cho‘llariga kirib borgach, avval Buxoro, so‘ng Qorako‘l vohasi bo‘ylab oqadi. Qorako‘l qishlog‘idan uch km yuqorida qurilgan to‘g‘on oldida uning suvi kanallarga bo‘linib, tugab ketadi. Zarafshondan suv oladigan jami kanallarning uzunligi 2500 km ga boradi. Samarqand vohasidagi Darg‘om, Narpay, Buxorodagi Shoxrud va Vobkent kanallari shular jumlasidandir. Zarafshon asosan Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari yerlarini sug‘oradi. Lekin uning suvidan Jizzax vohasi (Eski Tuyatortar kanali orqali) va Qashqadaryo yerlari ham (eski Anhor kanali orqali) qisman bahramand bo‘ladi. Zarafshon suvidan mumkin qadar oqilona foydalanish maqsadida Kattaqo‘rg‘on, Buxoro vohasida Quyimozor suv omborlari qurilgan. Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Navoiy, Buxoro, Kogon kabi shaharlar Zarafshondan suv ichadi. Ba’zi paytlarda Zarafshon daryosi suvi Buxorogacha to‘liq yetib kelmagan. Qadimda Buxoro va Samarqand vohalarida Zarafshon suv taqsimoti muayyan tartibda davom etgan. Qadimgi miroblar suv sathining holatini ko‘p suvlik, o‘rta suvlik va kam suvlik paytlariga bo‘lishgan. Zarafshon suvi o‘rtacha bo‘lgan paytlarda yarim ariq usulida taqsimlangan. Daryo suvi oz bo‘lgan paytlarda ham suv Buxoroga tashlangan. Bu usul “suv tashlash” deb atalgan va faqat Buxoro shahrini suv bilan taminlash uchun qo‘llanilib, mavsumda ikki marta (mart oyining 2 chi yarmi va avgustning oxirida) amalga oshirilgan. Uning muddati ikki - to‘rt haftaga cho‘zilgan. Zarafshon suvi masalasida Buxoro Samarqandga qaram bo‘lgan. Shuning uchun ham Zarafshon daryosining yuqori qismi Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan so‘ng Samarqand mamuriyati bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi munosabatlarda suv masalasi alohida o‘rin tutgan. 1872 yilda esa har ikki tomon vakillari ishtirokida Samarqand va Buxoro suv taqsimoti kengashi tuzilgan. Ushbu kengash Buxoro va Samarqand o‘rtasidagi suv taqsimotining qadimiy tartiblarini muhokama qilgan. Shunga ko‘ra mavsumda Buxoro uchun ikki marta 15 apreldan 15 martgacha va 15 avgustdan 15 sentyabrgacha Zarafshon daryosining suvini «obpartav» yoki «nimjug‘» qilishga qaror qilishgan. Ana shu muddatlarda Buxorodagi hovuzlar bir yoki ikki marta suvga to‘ldirilgan. Bazi yillarda esa hovuzlar suvi almashtirilmay qolganligi sababli aholi o‘rtasida turli kasalliklar, ayniqsa rishta kasalligi keng tarqalgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha Buxoro shahrining eski shahar hududida 100 dan ortiq, uning atrofida esa 250 ga yaqin ana shunday hovuzlar bo‘lgan. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling