1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darg‘om kanalidan shaharga to‘rt ariq tortilgan
- 122 ta to‘g‘on
- Darg‘omni «ilon izi» qilib qazishgan.
Qashqadaryo daryosi qadimda Kashkmd, Keshrud, Turn va Dumo nomlari bilan atalgan.
2-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda yer egaligi munosabatlari. Reja IV-XI asrlarda O’rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari; Ilk o’rta asrlarda qurilgan kanalllar: Darg’om va Bo’zsuv Ahlining ijtimoiy-siyosiy ahvoli: Eftaliylar, Turl xoqonligi, Xalifalik va Somoniylar davri; Adabiyotlar1. Karimov I.A. “Dehqonchilik taraqqiyoti muvaffaqiyatlar garovi” Turkiston, 1994 yil, 19 fevral. 2. Karimov I.A. “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. - T., “O‘zbekiston,”1995 yil. 3. Ibn Battuta. Sayohatnoma. - T., “Shark,” 2012 y, 379 b. 4. Narshaxiy. Buxoro tarixi. - T., “Kamalak,” 1991 yil, 110-111 b. 5.Mahmud Qoshg‘ariy. Devoni lug‘otit turk. - T., “O‘zFa,” 1960 yil, 1-jild., 74,83, 91,93 va boshqa betlar. 6.Mahmud Qoshg‘ariy. Devoni lug‘oti-t-turk (Turkiy so‘zlar devoni). - T., “G‘.G‘ulom,” 2017 yil. 7.Musametov B. Ismoil Somoniyning vaqf yerlari. Moziydan sado. 2017 yil, 1 - son, 5 - 9 b. 8. Muhammadjonov A. ”O‘zbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari. - T., “O‘zbekiston,”1997 yil. 9. Muxtasar (shariat qonunlariga qisqachi sharh). – T., “Cho‘lpon,” 1994, 237 – 239 b. 10. Muhammadjonov A. Quyi Zarafshon vodiysining sug‘orilish tarixi (qadimgi davrdan yigirmanchi asrning boshlarigacha). - T., “Fan,” 1972 yil, 374 betlik. 11. Alimov U. “O‘rta asrlarda Movarounnahrda bog‘chilik xo‘jaligi tarixi” - T., «Fan», 1984 yil. 12.Saidov B. O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha). – T., “Universitet,” 2001 yil. (O‘quv uslubiy qo‘llanma). 13.Suyunov S. Shimoli-g‘arbiy Ustrushonaning sug‘orilish tarixi. V-XV asrlar arxeologik materiallari asosida. T.f.n. diss. - Samarqand., 1999 yil. 14.Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. - T., “Fan,” 1965 yil, 6 - 8 b. Dehqonchilikdagi yutuqlar Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan Qang’ (Kanguy) podsholigi va uning janubiy hududida Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi. Bu o‘zgarishlar albatta mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlarga olib keldi. Dehqonchilik vohalarida shaharlarning soni ko‘paydi. Shaharlar kengayib, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylandi. Vohalar bo‘ylab, ayniqsa sersuv azim daryo adoqlarida qator yirik sug’orish tarmoqlari qazilib, sug’orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig’ir va charxparraklar kabi o‘z davri uchun anchagina murakkab suv inshootlari kashf etildi. Oqar suv sathidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod etildi. Ziroatchilikda g’allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog’dorchilik maydonlari kengaydi. Ekinlarga ishlov berish sohasida orttirilgan ziroatkorlarning ekin maydonlarni sug'orish va ishlov berishdagi asriy tajribalari tufayli aholi dehqonchilikdan mo‘l hosil oladigan bo‘ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar Bu davrda shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunar-mandchilikning rivoj topishi, ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan shubhasiz, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib shaharlar, tevarak-atrofdagi qishloqlarning hududlari tobora kengayib bordi. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotida muntazam xomashyo yetkazuvchi sifatida qishloqlarning nufuzi ko‘tarilib, bir tomondan yerga, xususan ziroatkor maydonlarga bo‘lgan munosabat, ayniqsa ularga egalik qilish udumlari asta-sekin o‘zgara boshladi. Ikkinchi tomondan esa, o‘troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi. Mamlakatning dasht va tog’ oldi mintaqalarida yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troq hayotga o‘tishi kuchaydi. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo‘Igan muhtojlik tobora oshib bordi. Natijada qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarib katta-katta yer maydonlarini ochish ishlari jadallashdi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy hayotida kattagina nufuzga ega bo‘lgan mulkdor va quldor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari hamda urug’ va qabila boshliqlari ishboshi sifatida faol qatnashadilar. Qo‘riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma'lum bir ulushi o‘sha zamon udumi bo‘yicha, qonuniy ravishda sarkorlar qo‘liga o‘tadi va ularning vorisiy mulkiga aylanadi. El-yurtning ijtimoiy hayotidagi bunday xizmati tufayli omilkor sarkorlarning ziroatkor aholi o‘rtasida obro‘-e'tibori va ta'siri yanada kuchayadi. «Dehqon»lar va ular xo‘jaligidagi hayot Sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to‘g’on boshi atrofidan ajratib oladilar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olrb, qishloq aholisi ustidan o‘z tazyiqini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa ular qishloqlarda o‘z tazyiq doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. Shuning uchun ham ular ilk o‘rta asrlarda «dehqon», ya'ni «qishloq hokimi» nomi bilan shuhrat topadi. Dehqonlar o‘rta asrlarda endigina shakllana boshlagan yangi ijtimoiy munosabatlarning o‘rnatilishi oqibatida, qadimgi mulkdor tabaqa bag’rida dunyoga kelgan va yanada boyib feodallashib borayotgan quldor katta yer egalari edi. «Dehqon» lar odatda shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko‘shk va istehkomli qo‘rg’onlari, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo‘lardi. Qul, cho‘ri, yetim-yesirlardan iborat Ko‘pdan-ko‘p xizmatkorlar dehqonlarning ulkan patriar-xal xo‘jaligida qishin-yozin, kecha-yu kunduz beorom mashg’ul edi. Bulardan tashqari, har bir katta yer egasining mol-u jonini qo‘riqlab, uni ichki va tashqi yovlardan muhofaza qiladigan 30—40, 50—100 va ba'zan undan ortiq qurollangan harbiy yigitlari bo‘lgan. Ular «chokar» deb atalardi. Chokarlar baquwat va abjir hamda o‘z valine'matiga sadoqatli o‘spirinlardan tanlab olingan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, o‘sha davr udumi bo‘yicha, hojasi vafot etgan chokarlar hatto u bilan birga tiriklayin go‘rga ko‘milishi lozim bo‘lgan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarda dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashardi. Osoyishtalik zamonda esa chokarlarga suyanib, qishloqning ozod ziroatkor ahli ustidan o‘z hukmlarini yur-gizishga harakat qilardilar. Dastlabki dehqon (feodal) munosabatlar Avvalda o‘z qaramog’idagi xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar, keyinchalik turli yo‘llar bilan qishloq jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo‘ldilar. Dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan qishloqning mehnatkash ahli bu davrda «kadivar», ya'ni qishloq qo‘rg’onida yashovchilar nomi bilan yuritilgan. Shunday qilib, mamlakatda ilk o‘rta asrlar mulkchiligi munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari bo‘lmish dehqonlar bilan bir qatorda o‘z erkidan mahrum bo‘lgan, mutlaqo yersiz va mulksiz kambag’al ziroatchi tabaqa — kadivarlar paydo bo‘ladi. Ular ilk o‘rta asrlarning ijtimoiy hayotida dunyoga kelgan va yerdor dehqonlar tabaqasiga qaram bo‘lgan qishloq jamoasining, yangi mehnatkash, mazlum aholining vakillari edi. Mamlakatda yer-suv mulkchiligining xususiyligi ortib, feodal munosabatlarning mustahkamlanib borishi bilan qishloqning mulksiz va erksiz ziroatchi mazlum ahli — kadivarlarning soni ko‘payib, dehqonchilik xo‘jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining biriga aylanadi. V asming o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma'lum bir qismi mulkdor dehqonlar va majusiy ruhoniy — kohinlarning qo‘l ostidagi mulklardan iborat bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi. Ziroatchi jamoalaming oddiy mehnatkash a'zolari «kashovarz», ya'ni yerni haydovchi — yerni omoch bilan ag’daruvchi — «qo‘shchi» deb yuritilardi. Dehqonchilik mahsulotlarining deyarii asosiy qismi mana shu qo‘shchi-kashovarzlarning mashaqqatli mehnati bilan yetishtirilar edi. Shunday qilib, ilk feodal munosabatlarning tarkib topishi bilan mamlakatning ijtimoiy hayotida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Patriarxal qishloq jamoalari ijtimoiy jihatdan tabaqalanib, u yerli mulkdor dehqon va unga qaram bo‘lgan yersiz va erksiz mazlumdiydalarga ajralib ketdi. Shu bilan birga dehqonchilik vohalaridagi qishloq jamoalari yerlarida yashab kelgan hamda yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar — qo‘shchi-kashovarzlarning ma'lum bir qismi jamoa yerlaridan mahrum bo‘ldi. Ularning yerdor dehqonlarga qaram mazlum — kadivarlarga aylanish jarayoni kuchaydi. Ayrim dehqonchilik vohalarining katta yerlariga ega bo‘lgan dehqonlari o‘z viloyatlarida hatto mustaqil hokim bo‘lib oladilar. Xullas, milodning I ming yilligi o‘rtalarida qadimgi Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sodir boigan bunday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga boiinib ketishiga sabab bo’ladi. Boʻzsuv — Chirchiq daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Boʻzsuv Chirchiqning oʻng sohilidagi qadimgi terassalar boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon yoʻnalib, Toshkent viloyati Qibray, Zangiota va Yangiyoʻl tumanlari, Toshkent shahri hududi, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi yerlaridan oʻtib, Chinoz yaqinida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 159 km. Boshlanishi qismida suv sarfi 310 m³/sek, 10GESdan quyida 110 m³ (ortiqcha suv Chirchiq daryosiga tashlanadi). Boʻzsuvning oʻzani egribugri, kengligi 10–20 m. Quyi oqimida 30 m gacha chuqur dara hosil qilgan. Boʻzsuvdan har ikki tomonga suv sarfi 0,5 m³/s dan 35 m³/s gacha boʻlgan, irrigatsiya va sanoat uchun moʻljallangan kattakichik 23 kanal chiqarilgan. Eng yiriklari: oʻng sohil Qorasuv, Salor, Kaykovus, Anhor, Iskandar, Yuqori Toshkent, Joʻn, Kurkuldak, Niyozboshi, Shimoliy Toshkent kanallari, Boʻrjar tashlamasi. Salor, Kaykovus, Qorasuv va Anhor Toshkent shahridan oʻtib, shaharni suv bilan taʼminlaydi. Boʻzsuv va undan chiqarilgan kanallarning umumiy uz. 400 km dan oshadi. Boʻzsuv suvi bilan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl tumanlari va Qozogʻistonning Chimkent viloyatidagi 140 ming ga yer suv bilan taʼminlanadi. 1936-yilgacha Chirchikdan suvni Baytqoʻrgʻon qishlogʻidan yuqoridagi Yumaloqtepa suv boʻlgichidan olgan, suv sarfi 90 m³ boʻlib, taxminan 65 ming ga yerni sugʻorgan. 1940-yilda yangi GESlar qurilishi munosabati bilan Gʻazalkent yaqinida Chirchiq daryosiga bosh toʻgʻon qurildi va kanalga suv daryodan chiqarilgan derivatsion kanal orqali olinadigan boʻldi. 1926—54 yillarda Boʻzsuv kanalida 16 GES (Oqqovoq2, Oqqovoq3, Qodriya, Salor, Boʻzsuv, Shayxontohur, Boʻrjar, Oqtepa, Quyi Boʻzsuv va boshqalar)dan iborat Chirchiq-Boʻzsuv gidroenergetika kaskadi barpo qilingan. Oʻzbekistondagi birinchi GES — Boʻzsuv GES shu kanalda qurilib, ishga tushirilgan (1926). Kanalda GESlardan tashqari suv toʻsuvchi qurilmalar, nasos stansiyalari, suv oluvchi inshootlar, ostonali sharsharalar va boshqa muhandislik inshootlari qurilgan (kanal sxemasiga q.). Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin Boʻzsuvda, jumladan 1995—2000-yillarda uning Anhor tarmogʻida oqimni tartibga solish, qirgʻoqlarni mustahkamlash va sohil boʻylarini obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi. Turon zaminida eng birinchilardan bo‘lib qo‘lda qazilgan kanal Zarafshon daryosidan tortilgan Darg‘om kanalidir. Ushbu qadimiy kanal haqida o‘zbekiston ensiklopediyasining 3 - jildida quyidagilar yozilgan; Darg‘om Zarafshon daryosidan suv oladigan qadimiy kanal ariq, Rabotxo‘ja qishlog‘i yaqinida Varqsar to‘g‘onidan boshlab ulus cho‘liga boradi. Uzunligi 60 kmdan oshiqroq. Tarixiy manbalar ariqning miloddan avvalgi V-IV asrlarda qazilganidan xabar beradi. Klavdiy Ptolemey (mashhur astronom, matematik) tuzgan kartada Darg‘om - «Dargomoniy» deyilgan. Qadimda ariqning bosh to‘g‘oni bir necha marta xarob bo‘lgan. 1220 yilda Chingizxon tomonidan buzdirilgan XVIII asrdagi suv toshqinlari to‘g‘onni bir necha marta yuvib ketgan. Hozir kanalning maksimal suv sarfi 100 - 113 m2 sekund, kanalda issiq faslda suv ko‘payib, loyqalanib oqadi. Farg‘ona, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand va Pastdarg‘om tumanlaridagi qishlog‘lar suv ichadi. Darg‘omda Tallig‘ulon, Xishrov, Yerteshar gidroelektr stansiyalari qurilgan. Darg‘om kanali Zarafshon (zar, oltin sochuvchi) daryosining chap sohilidan, Samarqanddan 42 km janubiy - sharqda joylashgan Rabotxo‘ja qishlog‘idan boshlanadi. Darg‘omdan esa mil. avvalgi I asrda eski Angor kanali (qadimda bu kanal Manas kanali, eski Angor kanali deb ham yuritilgan), Eski Angordan esa 1971 - 1974 yillarda Qashqadaryo viloyati cho‘llarini o‘zlashtirish uchun Yangi o‘zan tortiladi. Zarafshon daryosi qadimda Ko‘hak, Xaromkom, Nahri Bo‘y nomlari bilan hamda tarixiy manbalarda Politimet, Nomiq, Rudi Masof, Rudi Sharg‘, Somjon, Nahr ul Buxoro, Daryoi Ko‘hak kabi nomlar bilan ham tilga olingan. Zarafshon daryosi XVIII asrdan boshlab Zarafshon deb atalib kelinmoqda. Samarqandlik qadimgi miroblar Darg‘om kanalini qazishdan oldin yerlarning past-balandliklarini, murakkab relefini mohirlik bilan hisobga olishgan. Samarqand janubidagi tog‘ va ariqlardan keladigan bahorgi sel suvlarining shaharni bosishining oldi olingan. Shuning uchun ham Darg‘om kanali hozirgi kunga qadar Zarafshon vodiysidagi eng yirik suv inshootlaridan biri sifatida xizmat qilib kelayapti. Zarafshon daryosidagi bosh to‘g‘on Varqsar (Rabotxo‘ja qishlog‘ining qadimgi nomi) Samarqand shahrini va uning tevaragidagi bog‘u-rog‘larni sug‘orishda katta ahamiyat kasb etgan. Darg‘om kanalidan shaharga to‘rt ariq tortilgan: Chokardiza, Muzaxim, Eski darg‘om va Sangin ariqlari. Bundan tashqari qadimiy shahar Afrosiyobga qo‘rg‘oshin quvurlarda (juyi oriz) vadoprovod tortilgan. Varqsar (bosh to‘g‘on) muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu yerda rabot qurilib, katta qo‘shin turgan, chunki suv ayirgich to‘g‘on buzilsa butun Samarqand shahri va uning tevaragidagi bog‘lar suvsiz qolishi mumkin edi. Qo‘rg‘oshin quvur Chingizxon bosqini vaqtida yer bilan yakson qilingan va qayta tiklanmagan. Darg‘om kanali Samarqand shahrini tashqi dushmandan himoya qilishda muhim vazifani bajargan, chunki suvdan kechib o‘tish hamisha har qanday urushda og‘ir kechgan. Samarqand bir tomondan Zarafshon daryosi bilan, boshqa tomondan Darg‘om bilan qariyb doira shaklida o‘rab olingan. Ya’ni e’tiborli jihati shundaki, Darg‘om kanali shaharni suv bilan ta’minlash bilan birga shahar ob-havosini yilning eng issik fasli saratonda ham ma’lum darajada salqin bo‘lishida katta ahamiyat kasb etgan. Buyuk sarkarda sohibqiron A.Temur Samarqandni o‘z imperiyasining poytaxti qilib tanlashida siyosiy jihatlar bilan birga shaharning iqlimi, himoyalanish jihatidan qulayligi, bog‘u-rog‘lar o‘stirish uchun sharoit mavjudligini ham e’tiborga olgan. Darg‘om kanalida 122 ta to‘g‘on bo‘lganligi tarixiy kitoblarda qayd etilgan. Qadimda toshlardan yog‘och shox-shabbalar, xashak, chimlar yordamida suv yo‘li to‘silgan. Vayron bo‘lgan to‘g‘onlarni qaytadan tiklashda xalq nihoyatda qiynalib ketgan, shuning uchun ham Darg‘om atamasi «dardu g‘am» so‘zlarining birikishidan kelib chiqqan degan taxmin ham mavjud. Qadimgi miroblar suvning toshqin kuchini hisobga olib, shuning uchun ham Darg‘omni «ilon izi» qilib qazishgan. Ana shundagina suvning kuchi pasaygan. Shu bilan birga kanal yoqalarida ham dehqonchilik qilishga imkon yaratilgan. Ota-bobolarimizning aqli-zakovati bilan miloddan avvalgi qazilgan Darg‘om kanali bugungi kunda ham yuzlab gektar paxtazorlarni, bog‘u-rog‘larni obi hayot bilan ta’minlab chamanga burkab oqmoqda. Kushon davlati davrida Amudaryo va Sirdaryo etaklaridagi qadimgi sug‘orma yerlarning umumiy maydoni 3,5-3,8 mln. gektardan iborat bo‘lgan. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling