Kamoliddin Behzod XV asr tasviriy sarfatining ulug` namoyandasidir.
U musavvirlikda "Hirot maktabi" deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo`ldi. Behzod ustoz san'atkor sifatida o`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o`lkalar tasviriy san'atining taraqqiyotiga samarali ta'sir etdi.
Behzodning ijodi xilma-xil mazmunga ega bo`lib, u tarixiy siymolar (Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta'sirli qilib bera olgan. Ayniqsa, Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostoniga bag`ishlangan uning lirik manzaralari yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniatyuralari nihoyatda jozibador va ta'sirchandir. Xullas, tasviriy san'at asarlari bilan badiiy adabiyotning o`zaro uzviy aloqada ravnaq topganligi, biri ikkinchisiga samarali ta'sir etganini ko`rsatadi.
Musiqa
XTV-XV asrlarda yangi kuy va qo`shiqlar, cholg`u asboblari va musiqa nazariyasiga doir
nodir asarlar yaratildi. Juda ko`p mahoratli sozandalar, mashshoqlar bastakorlar va holizlar yetishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli g`ijjakiy, Qosim Rabboniy va boshqalar shular jumlasidandir. Omilkor musiqachilar bilan bir qatorda Ulug`bek, Navoiy, Jomiy, Binoiy kabi mutafakkir va shoirlar ham musiqa san'ati bilan shug`ullanib, uning rivojiga ma'lum hissa qo`shadilar. Masalan, Ulug`bek "Bulujiy", "Shodiyona", "Axloqiy", "Tabriziy", "Usuli ravon" va "Usuli otlig`", Navoiy "hfahoniy" kuylarini ijod qiladi. Jomiy va Binoiylar musiqa nazariyasiga doir asar yaratadilar.
Musiqa san'ati san'atning boshqa turlari va poeziya bilan uzviy aloqada yangi taraqqiyot pog`onasiga ko`tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |