1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot
Jaloliddin Manguberdining jasorati
Download 148 Kb.
|
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar
Jaloliddin Manguberdining jasorati.Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo`g`ul jangarilarining bosqinchilik yurishi Amudaryodan janubga joylashgan yirik savdo va madaniyat markazlaridan hisoblangan Balx, Hirot, Marv va g`azna kabi shaharlarga yo`naltiriladi. Ammo bu viloyatda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Bu o`lkada u kuchli lashkar to`playdi. Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari g`azna, Bomiyon, Guch, Bust va Hindiston hududlarigacha bo`lgan yerlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu boisdan u g`azna tomon borardi. Yo`lda unga Xuroson noiblari o`z qo`shinlari bilan kelib qo`shilib bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahor shaharlari yonida mo'g`ul qo`shinlariga qaqshatqich zarbalar berib, g`aznaga yetib keldi. Uning qo`shinlari safiga yangi kuchlar qo`shildi. Jaloliddin Valiyon qal'asini qamal qilayotgan mo`g`ul qo`shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tor-mor etadi. Bu Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik g`alabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no`yonni 45 minglik qo`shin bilan jo`natadi. G`azna yaqinidagi Parvon tekisligida shiddatli jang boshlanadi. Sulton Jaloliddin dushmanga darg`azab arslondek goh o`ng, goh so'l qanotdan, ba'zan markazdan hujum qilib, uning tinkasini quritadi. Mo`g`ul qo`shinining eng atoqli lashkarboshilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g`alaba qozondi. Biroq g`alabadan keyin qo`lga kiritilgan o`ljalarni taqsimlashda Jaloliddinning lashkarboshilari o`rtasida o`zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda ba’zi lashkarboshilar qo`shindan ajralib ketadilar. Bu voqeadan so`ng Jaloliddinning harbiy kuchi ancha-muncha kuchsizlanib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon g`aznaga askar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg`oqlariga yaqinlashib boradi. Daryo bo`yida 1221-yilning 25-noyabrida ikki o`rtada qattiq jang bo`ladi. Jaloliddin Chingizxon qo`shinining ilg`orini yengadi. Jaloliddin taslim bo`lishni va o`z oilasining mo`g`ullar qo`liga tushishini va xorlartishini xohlamay (onasining oldindan qilgan vasiyatiga ko`ra) rafiqasi, onasi va bolalarini tik qirg`oqdan daryoga tashlashga amr etadi. O'zi esa otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg`oqqa suzib o`tadi. U bilan birga uning to`rt ming kishilik askari ham daryodan o`tib oladi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni "Ot sakrash", narigi tomoni "Ctio`li Jaloliy" deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon hatto uni ta'qib qilish fikridan ham qaytadi. Jaloliddin yana 12 yil davomida goh Eron, goh Ozarba'yjon hududlarida mo`g`ullarga qarshi kurashni davom ettiradi. Kivkazda kuchli davlat barpo etmoqchi bo`ladi. Ammo bu o`lkada ham mahalliy hokimlar o`rtasidagi nizolar uning bunday orzusining ro`yobga chiqishiga to`sqinlik qiladi. Shunday qilib, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdini va uning jangovar kuchini tashkil qilgan fidoyi safdoshlari, garchi Vatan taqdiri yo`lida o`z hayotlarini tikib, kuch jihatdan bir necha o`n barobar ortiq bo`lgan dushmanga qarshi yillar davomida qahramonona kurashsalar-da, ammo ona yurt ozodligini saqlab qolishning iloji bo`lmaydi. Chunki fursat boy berilgan edi. Eng so`nggi Xorazmshohning hukmdorligi 1231-yilda tugaydi. Shu bilan birga 140 yil hukmronlik qilgan Buyuk Xorazmshohlar davlati va uni boshqargan xonadon batamom halok bo`ladi. Sharqdagi bu ulkan davlat batamom barham topadi. Vatan ozodligi yo`lida jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil o`zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal o`rnatildi, yirik ko`cha va maydonlarga uning nomi qo`yildi, videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000-yil 30-avgustda "Jaloliddin Manguberdi" ordeni ta'sis etilgan. Chingizxon vafotidan soʻng moʻgʻil imperiyasining merosxoʻrlar oʻrtasidagi taqsimoti natijasida Movarounnahr Chingizxon oʻgʻli Chigʻatoy ulusi deb eʼtirof etiladi. Chigʻatoy saroyi uchun oʻlpon yigʻish vazifasi mahalliy savdogar Mahmud Yalvochga ishonib topshiriladi.
Download 148 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling