1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot


Download 148 Kb.
bet9/18
Sana05.01.2022
Hajmi148 Kb.
#211056
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar

Temur va Temuriylar davrida madaniy hayot.

Shahar obodonchiligi


Amir Temur o`z davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi bo`lgan Movarounnahrning, ayniqsa, poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Uning har bir zafarli voqeani,

sevinchli hodisani muhtasham me'morlik obidasini barpo etish bilan nishonlash odati bo`lgan. Shu maqsadda Hindistondan olib kelingan yuzlarcha mohir g`isht teruvchilar, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari qatorida mahalliy ustalar mamlakatda go`zal imorat-u inshootlar bino qiladilar. Amir Temur Tabrizda. masjid, Sherozda saroy, Bag`dodda madrasa, Turkistonda mashhur Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirdi.

Amir Temur o`zining saxovati va himmatini Shahrisabz va Samarqandda oliy imoratlar qurdirishda ko`rsatdi. o`zining ona-Vatani Shahrisabzda otasi va o`g`li Jahongirning qabri ustiga maqbara qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi. Shahrisabzda dunyoga dong`i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko`tardi. Bu muhtasham saroyning peshtoqi, toq-u ravoqlari va devorlari zangori va oltin rangdagi arabiy naqshli koshinlar, guldor o`ymakor parchinlar bilan ziynatlandi. Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasiga "Agcir hizning quvvut va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq" degan xitobnoma bitilgan. Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan.


Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling