1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot
Download 148 Kb.
|
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar
MAMLAKAT OBODOISCHILIGI YO’LIDA
Amir Temur o’z davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi bo’lgan Movarounnahrning, ayniqsa, poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Uning har bir zafarli voqeani, sevinchli hodisani muhtasham me’moriy obida barpo etish bilan nishonlash odati bo’lgan. Shu maqsadda Hindistondan olib kelingan yuzlarcha mohir g’isht teruvchilar, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari qatorida mahalliy ustalar ham mamlakatda go’zal imorat-u inshootlar bino qiladilar. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag’dodda madrasa, Turkistonda mashhur Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirdi. Amir Temur Shahrisabzda otasi va o’g’li Jahongirning qabri ustiga maqbara qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi. Shahrisabzda dunyoga dong’i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko’tardi. Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasiga «Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq» degan xitobnoma bitilgan. Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan. Mo’g’ullar bosqini davomida butunlay vayron etilgan Samarqand shahri Amir Temur davrida o’zining qadimgi o’rnidan birmuncha janubroqda qayta quriladi. Shahar tevaragi Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam yangi qal’a devor bilan o’rab chiqiladi. Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar bino qilindi. Ko’ksaroy to’rt qavatli bo’lib, gumbazlar va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u shunday nom bilan shuhrat topadi. Ko’ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga o’tqizish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o’tqizadigan toshdan taxt kursi-Ko’ktosh qo’yilgan edi. Bulardan tashqari, arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog’lar yasaydigan ustaxona va aslahaxona, tangalar so’qiladigan zarbxona, qamoqxona kabi imoratlar joylashgan edi. Xuddi shu davrda Shohizinda me’moriy yodgorliklari majmuasidagi ba’zi ajoyib maqbaralar, hozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashhur bo’lgan Jome masjidi va boshqalar bino qilinadi. Amir Temur Samarqand atrofida ko’pgina go’zal bog’lar barpo qildi. Mohir me’mor, tajribali sohibkorlarning aql-zakovati, mehnati-yu mahorati bilan yaratilgan Beg’i Dilkusho, Bog’i Chinor, Bog’i Bihisht, Bog’i Baland, Davlatobod, Bog’i Nav, Bog’i Shamol, Bog’i Jahonnamo, Bog’i Maydon kabi chorbog’lar va ulardagi go’zal ko’shklar o’sha davr bog’dorchilik san’atining yuksak namunalaridandir. Tuzilishiga ko’ra bog’lar 2 turga bo’lingan. Birinchi turdagi bog’lar har tomoni taxminan 1 km masofadan cho’zilgan to’rtburchak shakldagi chorbog’lardir. Ikkinchi turdagisi, tabiiy daraxtzor va chakalakzorlardan iborat ovloqlardir. Bunday ovloqlar hukmdor shikor (ov) qilishi uchun mo’ljallangan. Shaharning sharq tomonida Bog’i Dilkusho joylashgan. Uning tashqi hovlisida hashamatli saroy bo’lib, unda qurollangan askarlar turgan, ichki hovlida esa tug’lar bilan bezatilgan olti fil haykallari safga terilgan. Uchinchi hovli Amir Temurning mehmonlarni qabul qiladigan oltin taxtli qarorgohi bo’lgan. Amir Temur Klavixoni ana shu bog’da qabul qilgan. Qolgan boglar ham o’ziga xos ajoyib usulda barpo etilgan edi. Bu davrda Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o’nlab sug’orish tarmoqlari qurilib, dehqonchilik maydonlari kengaytiriladi. Yangi-yangi qishloqlar barpo etiladi. Amir Temur o’z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ko’targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag’dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Chunki Samarqand kattaligi, go’zalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog’i lozim edi.
Download 148 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling