1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot
Download 148 Kb.
|
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch yillik (1386-1388)
AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI
Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O’rda va Oltin O’rda edi. Avval Amir Temur Oltin O’rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga harakat qiladi. Lekin u Jo’ji ulusini o’z davlatiga qo’shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O’rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o’z ta’siri ostiga olish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o’tadigan karvon yo’lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko’zlaydi. Amir Temur o’z maqsadini amalga oshirish uchun Jo’ji ulusidagi o’zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O’rdada toj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Sunday sharoitda ba’zi chingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To’xtamish Oq O’rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur unga izzat-hurmat ko’rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O’rda taxtini egalladi. Keyinchalik To’xtamish xoinlik yo’liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o’tadi. Natijada Amir Temur To’xtamishga qarshi uch marta qo’shin tortishga majbur bo’ladi. So’nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo’yida sodir bo’ldi. Shiddatli muhoraba (to’qnashuv, jang) uch kun davom etdi. Bu safar Amir Temur qo’shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o’qqa tutish usulini qo’lladi. O’q va qilich zarbiga chiday olmagan To’xtamish qo’shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To’xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan askarlardan bekindi. Rusiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Y. Yakubovskiylarning ta’kidlashicha, Amir Temurning To’xtamish ustidan qozongan g’alabasi faqat O’rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Amir Temur o’z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko’li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir Temur o’z ixtiyori bilan taslim bo’lib, moli omon to’lagan shaharlarga tegmagan, qo’shinlarni bunday shaharlarga kiritmagan. Erondagi muzaffariylar, jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko’tarilgan qo’zg’olonlar Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1398-1399 yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi. 1399-1404-yillarda Eron, Old va Kichik Osiyolarga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan. Keng ko’lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bo’lgan. Ziddiyatlami diplomatik yo’l bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o’rtasida to’rt marta xat almashish tashabbuskori bo’lgan. Sulton Boyazid esa har safar qaysarlik, manmanlik qilgani, hatto Amir Temur nomiga nomaqbul so’zlarni ham yozganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Boyazid qoraqo’yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo’llab-quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o’rtasida to’qnashuv bo’lishi muqarrar bo’lib qoldi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir bo’ladi. Bu jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo’lib 360 ming nafar, shu jumladan, Sohibqiron Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Uning bilan birga o’g’li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlarni ta’qib etib Bursa va O’rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salbchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Amir Temurga Misr ham o’z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va boshqa xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga to’lanadigan bo’ldi. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o’z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to’satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo’lgan mamlakatlami o’ziga bo’ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo’ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag’dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Karvon yo’llarida rabotlar, qal’alar, ko’priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog’-u bo’stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berdi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda «Sohibi jahon» hamda «Sohibi adl»-»Adolat sohibi» nomlari bilan ulug’lanadi. Xalqaro UNESKO tashkilotining tashabbusi bilan 1996-yilda Amir Temur tavallud kuni keng miqyosda nishonlandi va shu yili “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Download 148 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling